III BOB Gen injeneriyasi sohasidagi ma’lumotlardan o’qitish jarayonida foydalanish Gen injenerligi uslubi yordamida o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning yangi turlarini yaratib ulardan xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng maqsadda qo’llanilishi haqida yaratilgan yangiliklarni botanika, zoologiya va inson salomatligi haqidagi fanlarni o’qitishda maktab o’quvchilariga tushuntirish zarurdir. O’qitish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’lgan genning qidirib topilishi va uning ajratib olinishi (klonlanish) hamda tuzilishini organish haqidagi ma’lumotlar, ajratib olingan gen xromosoma DNK si bilan rekombinasiyalanuvchi biror plasmid bilan biriktirilib vector konstruksiyasiga kiritilishi, uning hujayraga kiritilishi va transgen hujayra olinishi haqidagi haqidagi ma’lumotlar ketma-ketlik asosida tushuntiriladi.
Gen injeneriyasi usuli bilan haq qanday genni xoxlagancaha ko’paytirish va bu genlar ishtirokida hujayra har qanday oqsil moddasini sintez qilishi mumkin. Qand kasalligini davolashda oshqozon osti bezining garmoni insulin gen injineriyasi usuli bilan sintez qilinib olinmoqda va tibbiyot sohasida ishlatilmoqda.
O’simliklar irsiyatini o’zgartirishi sohasida ham gen injenerligidan foydalanilgan. Takomillashtirilayotgan o’simlik navi hujayrasiga qimmatbaho sifatli gen kiritiladi va bu hujayradan yetuk o’simlik olinadi.
Tuproqda yashovchi agrobakterium o’simlik hujayrasini kasallantirib unda ishni hosil qiladi.
Shishni Ti plasmid genomining T DNK (shish hosil (DNK)) bo’lagi hosil qiladi. t DNK ning bu xususisyatidan gen injinerligida keng foydalaniladi. Genetik transformasiya qilingan o’simlik hujayrasidan transgen o’simlik olinadi. Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo’lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga transformasiya deb ataladi. Gen injenerligi usuli bilan organizmning irsiyatini o’zgartirishida transformasiya keng qo’llaniladi. Transformasiya qilingan o’simlik hujayrasi bo’lishi natijasida ma’lum bir programma bo’yicha rivojlanmaydigan hujayralar to’plami hosil bo’ladi. Bunday to’qimalar kallus to’qima deb ataladi. Kallus to’qima hujayralaridan ayrimlari o’simlik rogmoni va boshqa regulyator moddalar ta’sirida ma’lum yo’nalish bo’yicha bo’lina boshlaydi. Natijada bunday hujayralardan bosqichma-bosqich o’simlik embrion to’qimasi va barcha jihatdan normal, voyaga yetgan transgen o’simlik olinadi.
Gen injeneriyasini qo’llab ko’sak qurtiga chidamli g’o’za va koloroda qo’ng’iziga chidamli kartoshka o’simligi yetishtirilgan.
Gen injeneriyasining mohiyati haqidagi yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlardan o’qitish jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir.