Kichik oilaning katta orzusi Ertak



Download 1,16 Mb.
Sana22.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#400947
Bog'liq
Kichik oilaning katta orzusi Gap bo\'laklari bolalarga

DARS ISHLANMASI

  • 37-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi O’ktamov Nuriddinning AKTdan foydalanish bo’yicha
  • bir soatlik namunaviy

Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Bir ajoib oila bo’lgan ekan. Oila a’zolari 5 kishidan iborat bo’lib, ota-ona va 3 nafar farzandlari bo’lgan ekan.

  • Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Bir ajoib oila bo’lgan ekan. Oila a’zolari 5 kishidan iborat bo’lib, ota-ona va 3 nafar farzandlari bo’lgan ekan.
  • Mehribon onaning ismi esa EGA ekan
  • OILANING KATTASI OTA BO’LIB UNING ISMI KESIM EKAN
  • Farzandlarining 2 nafari o'g'il va bittasi qiz EKAN
  • KATTA O'G'LINING
  • ISMI
  • TO'LDIRUVCHI
  • O'RTANCHA
  • O'G'LINING ISMI
  • ANIQLOVCHI
  • KENJA FARZANDI
  • QIZ BO'LIB UNING ISMI
  • HOL EKAN
  • Hamma oila a'zolarining uyda o'z vazifalari bor ekan. KESIM ota esa ularni doimo nazorat qilar, doimo savollar berib, turmush o'rtog'iga, farzandlariga murojaat etib turar ekan. Bir kuni u ishdan horib, charchab kelibdi. Farzandlarining salomiga alik olarkan:
  • -Onasi, Nima ovqat qilgansan? - deya ishtaha bilan so'rabdi KESIM.
  • - OSH, DADASI, - debdi EGA.
  • Kesim aslida oiladagilardan eng avval Egaga murojaat qilar, EGA ham Kesimning
  • KIM?,NIMA?,
  • QAYER?
  • savollariga erinmay javob qaytarar ekan.
  • Ovqatlanib olgach ,
  • TO'LDIRUVCHIGA:
  • - Nima qilyapsan?-deb so'rabdi.
  • - Ekinni sug'oryapman -deb javob beribdi.Bu javobni eshitmay qolgan ota yana:
  • - Nimani ?-desa ,TO'LDIRUVCHI :
  • - Ekkinni,otajon,-deb javob qilibdi.
  • Otasi bundan juda xursand bo'libdi. TO'LDIRUVCHI ANIQLOVCHI va HOLDAN ko'ra KESIMNING
  • kimni?, nimani? kimga?, nimaga?, kimda?, nimada?, kimdan?, nimadan?, kim bilan?, nima bilan?
  • so'roqlariga aniq javob berar ekan.
  • Kesim hovlinig burchagida oynab o'tirgan qizalog‘iga qarab kulib qo'yibdi-da, so'rabdi:
  • - Ona qizim nima qilyapti?
  • - Mazza qilib oynayapman,- erkalanib javob beribdi Hol.
  • - Qanday qilib oynayapsan?- atayin yana so'radi Kesim.
  • - Mazza qilib,- boshini bir tomonga egib, maqtanganday javob berar ekan, otasini o'pib olibdi va oshxonaga sakrab-sakrab ketibdi. Hol doimo otasiga erkalanar, otasi Kesimning
  • qanday?, qanaqa? qancha?
  • nechta? qayerga? qachon?
  • savollariga shunday javob berar ekan.
  • -Onasi, Aniqlovchi nima qilyapti?- so'rabdi Egadan. Aniqlovchi juda qiziquvchan bola bo'lib, goh musaffo osmonni,goh yam-yashil bog'larni kuzatar,tabiatning beqiyos boyligidan hayratlanar ekan. Hovliga qolida sochiqqa o'ralgan narsa bilan chopqillab Aniqlovchi kiribdi. Ega:
  • - U nima?- so'rabdi Aniqlovchidan .
  • - Jizzali non- javob beribdi uni onasiga uzatarkan Aniqlovchi.
  • - Kimning noni?- yana so'rabdi onasi.
  • - Qo'shnimizning,
  • Aniqlovchining qiziquvchanligidan foydalanib Kesim ham, Ega ham, To'ldiruvchi va hatto Hol ham unga qanday?, qanaqa?, kimning?, nimaning? kabi savollarini kanda qilishmas, Aniqlovchi ham bilganlari bo'yicha javob berar ekan .
  • Oilada ezmalikni hech kim yoqtirmas, har kim o'ziga berilgan savolga lo'nda va aniq qilib javob qaytarishga odatlanishgan,bir-birlarini darrov tushunib olishga o'rganishgan ekan. KESIM OILADA DOIMO YAKUNLOVCHI FIKRNI BILDIRAR EKAN. Hamma uning fikrini va oxirgi gapini hurmat qilishga o’rgangan ekan. Ba’zan KESIM faqat o’zi bir gap bilan fikr bildirib turar, oila a’zolari bunga e’tiroz bildirmas ekanlar.
  • Kesim ota sifatida oila a'zolarining do'stlarini kim ekanini surishtirib turar ekan.
  • Xotini EGANING: OT va OLMOSH, SIFAT va SON,
  • TO'LDIRUVCHINING: FE'L,
  • HOLNING ham FE'L,
  • ANIQLOVCHINING SIFAT kabi oilalardan do'stlari bor ekan
  • KESIMNING o'zi ham FE'L degan oila bilan do'stligi
  • bor ekan.
  • Bu oilaning ibratli jihatlari ko'p bo'lib,unda otaning orni kattaligini sezgan bo'lsangiz kerak? Kesimning katta orzu- niyati bor bo'lib, u ham bo'lsa, oilasini hamma tanishini, Vatanga, insonlarga sidqidildan xizmatda bo'lishini istar ekan. Ularni Gapda so'roqlaridan topishingizni istab, oilasida an’anaga aylanib qolgan imzo bilan topganlaringizni ajratib ko'rsatishingizni xohlashar ekan.
  • Kesim ikki chiziqdan
  • Ega bir chiziqdan
  • To'ldiruvchi uzuq chiziqlardan
  • Aniqlovchi to'lqinli
  • Hol esa hali kichkina va imzo qo’yishni bilmagani uchun
  • nuqtalardan iborat chiziqdan foydalanar ekan.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish