Navoiy davlat pedagigika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 2 B guruh talabasi Majidova Nargizaning Pedagogika va psixologiya fanidan MUSTAQIL ISHI Kichik maktab yoshida xotira borasidagi tadqiqotlar Xotira bu idrok etilgan narsaning o`tmishdagi tajribada aks etishidir: sezgi organizmlariga bevosita bevosita nimalar ta`sir qilgan bo`lsa, o`shalarning aks etishi saqlanishi va shundan keying bilib olinishi hamda esga tushurilishi , eshitilgan o`qilgan narsalar va hissiy ravishda boshdan kechirilgan narsalarning aks etishidir O`quvchilarning xotirasini o`rganganda uning rivojlanish darajasini aniqlash ayniqsa muhimdir.Bunda avvalo eslab qolishning anglanishi darajasi ko`rsatkich bo`lib xizmat qiladi, o`quvchining uni esda saqlab qolishida buyumlar va hodisalarning ichki bog`lanishini aks ettiruvchi mantiqiy taxayyullarga suyanish suyanmasligini ya`ni uning tafakkuri eslab qolish jarayonini tashkil etishnianiqlash asosida bilib olish munkin. Buning aksi quriq yodlab olishdir Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xotirasining eng muhim xususiyatlaridan biri so`z mantiq xotirasi va ma`noga tushunib eslab qolish salmog`ining ortishidir. O`quvchi o`z xotirasini ongli boshqarish, eslab qolish, esga tushurish, esda saqlash jarayonlari faoliyatining maqsadga muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Birinchi signal tuzulmasi ikkinchi signal tuzilmasidan birmuncha ustinligi tufayli o`quvchilarda mantiqiy xotiradan ko`ra ko`rgazmali-harakatli xotira muhimroq rol o`ynaydi.Shuning uchun ular nazariy qonun va qoidalardan,mavhum tushunchalardan ko`ra yaqqol ma`lumotlar,axborotlar, voqea va hodisalarni,obrazlar va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq muddat esda saqlaydilar. Birinchi va ikkinchi sinf o`quvcholari ta`limiy materiallarining ichki bog`lanishlariga ahamiyat bermay, ma`nosiga tushunmay quruq eslab qoladilar. O`rganilayotgan materialni mantiqiy tahlil qilmay yodaki o`zlashtiradilar.Buning sabablari:
1
- Ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda durustroq rivojlangan ma`lumotlar aynan, o`zgarishsiz eslab qolish imkonini beradi
2
- O`quvchilar o`qituvchi qo`ygan vazifani anglab yetmaydilar, natijada to`g`ri tushuntirib ber, degan tabiatini so`zma-so`z takrorlash deb bildiradi
3
- Ularning nutq boyligi yetishmasligi materialni ijodiy to`ldirish, unga qo`shimcha qilish imkoniyati yo`qligi uni so`zma-soz qaytarishni osonlashtiradi
4
- O`quvchilar matinni to`gri usullar yordamida eslab qolishni bilmaydilar
Ta`lim jarayonida o`quv materialining manosini , mohiyatini, turli mulohazalarni, ilmiy asoslarni eslab qolish va esga tushurish orqali o`quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi.Aqliy mehnat mustaqillikni vujudga keltirmay bilishga intilish qobiliyatini o`stirish munkin emas. Shuning uchun bolalarga izohli o`qish, masalaning shartini sharhlash muomoli vaziyatni yaratish va hal qilishni o`rgatish muhim ahamiyatga ega Ixtiyoriy eslab qolish va ixtiyoriy esga tushurishning mahsuldorligi ko`p jihatdan o`quvchilar aqliydarajasiga bog`liq. Aqliy faoliyat darajasi ularning eslab qolishni tashkil qilish va boshqarish usullarini egallashga uzviy bog`liqdir. Mnemik usullarga ta`rif yoki qoidani so`zma –so`z eslab qolish o`z so`zi bilan aytib bersa bo`ladigan materialning mohiyatini eslab qolish, birlamchi va ikkilamchi qismlarga ajratish raqamlarni bir joyga to`plash eng zarur tushunchalarga alohida e`tibor berish kiradi.Eslab qolish,esda saqlash , ,esga tiushurishning samaradorligi maqsadni anglash va unga intilish negizida vujudga keladi. Xotiraning samaradorligi o`qish motivlariga bog`liqdir.
A.A Simyonova eslab qolishning to`g`ri usuli sifatida matndagi manodosh so`zlarni guruhlarga ajratish , tayanch nuqtani topish, so`zlab berish uchun reja tuzish va o`tilgan mavzularni idrok etgan holda yangi mavzuni takrorlashni tavsiya qiladi
T.N Balarich o`z tajribasida bir guruh o`quvchilarga o`quv matnini bundan keyin sira kerak bo`lmaydi, ikkinchi guruhga undan tez kunda foydalanishni aytib o`zlashtirishni tavsiya qilgan.Natijaga ko`ra birinchi guruh faoliyatida qo`llash ustanovka kam,ikkinchi guruhda yuqori samara bergan matn tez eslab qolingan va uzoq vaqt esda saqlangan
L.V Zankovning tadqiqotlarida ham eslab qolishga intishning roli o`rganilgan, uzoq vaqt eslab qolishga intilish ham yaxshi samara berishi isbotlangan.Shunga asoslanib psixologiya faniga uzoq vaqt eslab qolish , hamma vaqt esda saqlash iboralarini kiritgan
Maktab o`quvchilari o`rganilgan narsani qayta esga tushurish va javob berishga tayyorlik qobiliyati bilan ajralib turadilar birovlar bilimlari bir xil bo`lgani holda savolni eshitishlari bilan yodlab olingan narsalarni darxol esga tushura oladilar, boshqalarning esa fikrlarni to`plab olishlari uchun bir muncha vaqt talab qilinadi. Xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta`lim jarayonida o`zini o`zi nazorat qilish, materialni takrorlashda tekshirish, esga tushurish,mashq qilishdan unumli foydalanish zarur. Agar kichik maktab yoshidagi o`quvchilarga eslab qolish usullar o`rgatilmasa ular materialni bevosita takrorlashda uzoq vaqt to`xtalib qoladilar . Shuning uchun eslash qiyin mehnat hisoblanadi(K.D Ushinskiy) Lekin o`quvchilar materialni eslashni xush ko`rmaydilar.Materialni eslab qolish, esda saqlash,esga tushurish va eslash usullarini o`rgatish mantiqiy xotira o`sishining garovidir. Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |