Kichik maktab yoshi davri bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 37,5 Kb.
Sana20.07.2021
Hajmi37,5 Kb.
#124450
Bog'liq
Kichik maktab y-WPS Office


Kichik maktab yoshi davri bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari

Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan.

1. Ona qornidaga rivojlanish davri. Ushbu davr, homila ovqatlanish, nafas olish, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to'liq bog'liqdir. Bu davrda homilaning o'sishi va rivojlanishi tez sodir bo'ladi.

2. Yangi tug'ilgan davri. Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug'ilish momentidan boshlanib, to 2,5-3,5 haftagacha davom etadi va organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi tug'ilgan bolada ilk bor o'pka orqali nafas olish sodir bo'ladi va o'pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o'rniga bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti funksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda homilaning oziqlanishini ta'minlaydigan tizimning o’zilib tushishi va kindik yarasining to’zalishi sodir bo'ladi, tana og'irligini oldin kamayishi so'ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi.

3. Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana o’zunligi 1,5 barobar kattalashadi va o'rtacha 75 sm ga yetadi, og'irligi uch barobar ortadi va 9-10 kg atrofida bo'ladi, asosiy almashinuv ortadi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so'z boyligi kam bo'ladi, ya'ni atagi 10 tacha so'zni tashkil qiladi.

4. Yasli yosh davri. Bu davrda 1 yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o'sish va tana og'irligining ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so'z nutqi ko'nikmalariga ega bo'lishi oqibatida, ularning atrof-muhit bilan muloqot qilish sohasi kengayadi. Bolada o'zini o'zga odamlardan farqlay olish qobilyati paydo bo'ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo'lini beradi va h.k). A'zolarning to’zilishi va funksiyalari takomillashadi.

5. Maktabgacha yosh davri. Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda bilish jarayonlari (xotira, tafakkur, ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelet suyaklarining qotishi va suyak-mushak tizimining mustahkamlanishi jadal sodir bo'ladi, bolaning harakatlari ancha turli-tuman va koordinatsiyalangan holda sodir bo'ladi, yangi tug'ilgan davrdagiga nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi va yurak faoliyati sezilarli darajada yaxshilanadi, miyasining og'irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250 grammni tashkil qiladi, shartli reflektorli aloqalar ko'p sonli bo'ladi, shartli tormozlanish rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bo'yiga bir tekisda o'smaydi. Avvaliga yiliga 4-6 sm, 6-7 yoshda 7-10 sm gacha o'sadi va buni bo'yining birinchi fiziologik cho'zilish davri deb ataladi. Bolalarning vazni ham bir xilda ko'paymaydi. 4 yoshli bolaning og'irligi qariyb 1,6 kg ga ko'payadi, 5 yoshda 2 kg ga yaqin, 6 yoshga borib 2,5 kg, ya'ni o'rtacha hisobda yiliga 2 kg ga ko'payadi. 6-7 yoshga borib, bolaning og'irligi 1 yasharligidagiga nisbatan 2 baravar oshishi kerak. Bu yoshda teri tobora qalinlashadi, elastiklashadi, unda qon-tomirlar soni kamayadi, u mexanik ta'sirlarga anchagina chidamli bo'lib qoladi. 6-7 yoshgacha bo'lgan bolalar terisining sirti 1 kg vaznga nisbatan hisoblanganda kattalarnikiga qaraganda ko'proq bo'ladi, shu sababli ular saiga issiqlab ketishi yoki sovuq qotishi mumkin.

6. Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o'sish va skelet suyaklarining qotishi davom etadi, oyoqlarning o'sishi hisobiga tana proporsiyalari o'zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po'stlog'ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar, o'pka, yurak va boshqa a'zolar hamda to'qimalarning strukturaviy va funksional differensiyalashuvi yakuniga yetadi. Timus bezini qayta rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimon bez va gipofizning funksiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal ta'siri boshlanadi.

7. O'rta maktab yosh davri. Bu davr 12 yoshdan to 15 yoshgacha davom etadi. Bu davr jadal o'sish va tana vaznining ortishi bilan tavsiflanadi. Tana proporsiyalari sekin-asta voyaga yetgan inson ko'rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga yetish (o'g'il bolada 13-14, qiz bolada 11-12 yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining ta'sirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funksiyalari kuchayadi, timus qayta rivojlanishga (involyutsiyaga) uchraydi. Bosh miya katta yarim sharlarining qobig'i «organizmning barcha funksiyalarini bosh boshqaruvchisi va taqsimlovchisi» sifatida faoliyat ko'rsatadi. Qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi, farqlash va umumlashtirish funksiyalari, ayniqsa, ikkinchi signal tizimining rivojlanishi tufayli murakkablashadi.

8. Yuqori maktab yoki o'spirinlik yosh davri. Bu davr qiz bolada 13 yoshdan to 18 yoshgacha, o'g'il bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar funksiyasining kuchayishi, ikkilamchi jinsiy yakunlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa, gipofiz va qalqonsimon bezning funksiyalari ham kuchayadi. Barcha a'zolar va tizimlar funksiyasi, o’zluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli darajada takomillashadi. Iqlim va iqtisodiy sharoitga qarab qizlarda jinsiy yetilish taxminan 12-14 yoshdan boshlanib, 16-18 yoshlarda tugaydi, o'g'il bollalarda 13-15 yoshdan boshlanib, 18-20 yoshlargacha davom etadi. итьбюEng avvalo jinsiy belgilar paydo bo'ladi: qovg'a va qo'ltiqdan jun chiqa boshlaydi, qizlarda sut bezlari kattalashadi, o'g'il bolalar ovozi do'rillab qoladi. Jinsiy bezlarning yetilganlik alomati: qizlarda hayz ko'rish, o'g'il bolalarda ixtilom boshlanadi.

1. Yangi tug'ilgan davr - birinchi 10 kun;

2. Go'daklik yosh davri - 1 yoshgacha;

3. Ilk bolalik davri - 1-3 yosh;

4. Birinchi bolalik davri - 4-7 yosh;

5. Ikkinchi bolalik davri - o'g'il bolalar 8-12 yosh, qiz bolalar 8-11 yosh;

6. O'spirinlik davri - o'g'il bolalar 13-16 yosh, qiz bolalar 12-15 yosh;

7. Navqironlik davri - o'g'il bolalar 17-21 yosh, qiz bolalar 16-20 yosh;

8. Yetuklikning birinchi davri: erkaklar 35 yoshgacha, ayollar 21-35; ikkinchi davr: erkaklar 36-60 yosh, ayollar 36-55 yosh;

9. Qarilik yoshi-erkaklar 61-71 yosh, ayollar 56-74 yosh;

10. Keksalik yoshi-erkaklar va ayollar 90 yoshgacha;

11. O’zoq umr ko'ruvchilar - erkaklar va ayollar 90 yosh va undan yuqori.

Bolalarning kichik maktab yoshidagi davri 7 yoshidan 11 yoshgacha boshlang’ich sinflarda o’qishi yillariga to’g’ri keladi. Bog’cha yoshidagi bolalik davri tugadi. Maktabga kelish oldidin bola quyidagiga ko’ra o’z hayotini eng muhim davriga ya’ni maktab davriga tomonida qo’yiladigan turli tuman talablarni bajarishga boshqacha qilib aytganda ta’lim olishga xali jismoniy ham psixologik jihatidan tayyor bo’ladi. Bola rasm chizish mashg’ulotlarida melg’ yoki plastinkadan narsa yasash ishlarida va eng oddiy ko’rish yasash mashg’ulotlarida yaqqol namayon bo’ladi. Bola o’z diqqatini boshqarishda o’z diqqatini mustaqil tashkil qilishida bir muncha tajriba xosil qilgan bo’ladi. 7 yosh bolaning so’z xonasi ham yetarli darajada boy va mavhum tushunchalar miqdori ancha yuksak bo’ladi. Bola eshitganlarini yetarli darajda keng tushunadi. Mutaxxassislarning tadqiqogtlaridan ma’lum bo’lishicha yaxshi tashkil qilingan ta’lim 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar tafakkurini rivojlantiradi. Ular sodda mashqlar va masalalarni tuza oladigan hamda yecha oladigan bo’ladilar. Ularda burch hissi va javobgarlik hissi endigina namayon bo’la boshlaydi. 7 yoshli bola o’z hissiyotlarini boshqarish tajribasini ega bo’larningt hammasi maktab ta’limiga tayyorgarligi muhim shartlaridan biri yuqorida aytganlarining hammasi bolaning maktab psixologiyasi jihatidan tayyor ekanligi obhektiv tamoyillarga maquldir. Boshlang’ich sinflarda pedagog ishlarni tashqil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik fiziologik hususiyatlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini ham hisobga olish lozim.

D.N. Levitov to’g’ri qayd qilib o’tganidek xech bir maktab yoshida salomatlik xolatiga va ijtimoy taraqqiyotiga kichik maktab yoshidagi maxkam bog’liq bo’lmaydi. Bola 7 yoshdan 11 yoshgacha jismoniy jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Bo’yi va og’irligi organizmning tiniqligi o’pkasining hayotiy xajmi ancha tekis va propalg’tsional rivojlanadi

Psixolog L.S.Slavinaning ko’rsatishicha boshlangich sinfda bilish faolligi yetarli darajada bo’lmagan bolalar uchrashi mumkin.

Bunday bolalar intiluvchan jihatidan normal rivojlangan bo’ladilar. Bu rivojlanish ularning o’yin va amaliy faoliyatlarida namayon bo’ladi. Faol fikr qilish ular uchun harakterlidir. Bunday o’quvchilariga o’qituvchida aloxida diqqat bilan qarashi kerak. Ularning fikr qilishi faoliyatiga odatlantirib ularni yutuqlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashi dastlabki paytlarda o’quv vazifalarini bajarishni o’yin va amaliy faoliyatni bilan bog’lab olib borish kerak.

Muammoli savol: Kichik maktab yoshidagi bolalarning faoliyati yetakchi faoliyati nimadan iborat?:

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyati qaxtiiy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o’quvchilar o’qish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta xajmda bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaningsh bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarininng taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nixoyat o’qishga bo’lgan yo’nalish o’qishga nisbatan maxsuliyatli munosabat o’qishni yuksak omillarini topishi kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlarini va ularning faoliyatida taraqqiy etishini harakterlab beramiz.

Idrok. Kichik maktab yoshidagi bolalar idrokining o’tkirligi sofligi bilan farq qiladilar. O’quvchilarning idroki o’ziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan farq qiladi.

Diqqat. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqatining asosiy hususiyatlari ixtiyoriy zaifligidadir. Kichik maktab yoshida diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo’ladi.

Xotira. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira ta’limining ta’siri bilan ikki yo’nalishda rivojlanadi. So’z mantiq xotirasining va mahnosiga tushunib esda olib qolishning rolg’g’i va uning salmog’i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo’ladi.

Birinchi signal sistemasining faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma’lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladigan va xotiralarida mustahkam saqlaydilar.

Hayol. Hayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Hayolning faoliyatsiz o’qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda ko’rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, xech qanday o’quv predmetni chinakkam o’zlashtirishi mumkin emas. Muammoli savol; Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsining rivojlanishi nimalarga bog’liq bo’ladi?.



Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal qiluvchi siljishlar davri bo’lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o’smirlik davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli yuz beradi. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti hisoblanadi. Kattalar (o’qituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bolaga butun bir jamoaviylar sistemasiga (umum maktab, sinf) qo’shiladi. O’qituvchi o’z oldiga bir qator jiddiy talablarni qo’ygan o’qishga yangi faoliyat turiga qo’shilish o’quvchining o’z hayotini qatxiy tarzda tashqil qilishga, qoida va rejimga bo’ysunishga majbur qiladi. Bo’larning barchasi tevarak-atrofdagi voqeylikka, boshqa kishilarga, jamoaviyga ta’limga va uning bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlarga nisbatan yangi munosabatlar sistemasining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qatxiy ravishda ta’sir qiladi harakterni irodani tarkib toptiradi. qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi.
Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish