Kichik biznesni rivojlantirishda yagona soliq to’lovining ahamiyati



Download 110 Kb.
bet1/8
Sana20.06.2022
Hajmi110 Kb.
#681962
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kichik biznesni rivojlantirishda yagona soliq to’lovining ahamiyati

Kichik biznesni rivojlantirishda yagona soliq to’lovining ahamiyati


Reja:

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish


2. Pandemiya davridagi soliq imtiyozlari
3. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik holati va rivojlanishi haqida ma'lumot
4. Iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar
5. Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iqtsodiy faoliyatni o‘rni
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish
Soliqlar — davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy shaxs (alohida fuqaro va korxona)larning daromadi yoki molmulkidan undiriladigan va byudjetgan oʻtkaziladigan majburiy toʻlov. Soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai va davlat iqtisodiy siyosati vositalaridan biri. Soliqlarning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qad. tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760 yil muqaddam Bobil davlatida Xammurapi qonunlari bilan Soliqlarning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hoz. davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi Soliqlarning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi. Davlat daromadlari manbalari tarkibida Soliqlar salmoqli oʻrinni egallaydi. Mas, davlat byudjeti daromadlarining 70—90% S. hisobiga taʼminlanadi. Har qanday Soliqlarning asosiy unsurlari: soliq subyekti (yoki soliq toʻlovchi) — qonun yoʻli bilan shu soliqni toʻlash majburiyati yuklangan fuqarolar, korxona, tashkilotlar; soliq obyekti — undiriladigan soliq summasini hisoblab chiqarishga asos boʻladigan daromad yoki molmulk (ish haqi, sotish hajmi, korxona molmulki qiymati, yer, qazib olingan qazilma boyliklar hajmi va b.); soliq manbai — aniq bir soliqni toʻlashga manba boʻladigan daromad (daromad turi) (ish haqi, foyda, gonorar — ijod haqi) yoki daromad keltirishi mumkin boʻlgan molmulk (yer, imorat,. meros, hadya mulk va b.); soliq stavkasi.
Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri Soliqlarga boʻlinadi. Toʻgʻri Soliqlar molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va boshqalar. Egri soliqlar (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan S. Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, Soliqlar tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) Soliqlar va yigʻimlardan tashkil topadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Soliqlar tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-y. 24 aprelda qabul qilingan va 1998-y. 1 yanvardan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat Soliqlar i: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya soligʻi; suv resurelaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat Soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Mahalliy Soliqlar va yigʻimlar — molmulk soliq; yer soligʻi; reklama soligʻi, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdosotiq huquqi uchun yigʻim; obodonchilik ishlari uchun yigʻim va boshqalar. Mahalliy soliq va yigʻimlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.
Davlat tomonidan undirilgan Soliqlar byudjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq toʻlovchilarga sogʻliqni saqlash, maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, xuquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari orkli bilvosita yoʻllar bilan qaytadi.
Oʻzbekistonda soliq nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar «Soliq toʻlovchining jurnali»da (1995-y. dan oʻzbek va rus tillarida chiqadi) yoritiladi.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish