^ Bozorga moslashuvning tarkibi. Bozorga moslashish kompaniyalar doimo iste’molchilar, raqobatchilar va bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘adilar va ushbu ma’lumotlarni biznesning strategik istiqbolini hisobga olgan holda tahlil qiladilar, iste’molchilik qiymatini taklif qilish bo‘yicha qaror qabul qiladilar va buni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadilar (20.2 rasm). Shunday qilib, bozorga moslashish diqqat e’tiborni iste’molchiga qaratish, raqobatchilar faoliyatini kuzatish va kompaniya ichida funksional hamjihatlikni nazarda tutadi.
^ 21.3.Kichik biznes korxonasi marketing bo‘limlari tashkiliy strukturasining turlari
Kompaniyalarda marketing bo‘limlari strukturasi funksional, tovar, bozor va matritsa ko‘rinishida tashkil qilinadi. Bunday strukturalar mohiyati marketing haqidagi adabiyotlarda atroflicha yoritilgan uchun bu yerda to‘xtalmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |