Ijara korxona mol-mulkni yollash bo'yicha mulk egasi bilan tadbirkor o'rtasidagi iqtisodiy munosabat. ljara shartnomasiga asosan bir tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) ma'lum to'lov evaziga va ma'lum shartga ko'ra mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi.
Ijara haqi mulk egasi mol-mulkining qiymati va keltiradigan daromadga bog'liq bo'lib, o'zaro kelishuv bilan belgilanadi. Yer, uy-joy,
savdo-sanoat binolari, sanoat va savdo korxonalari, mashina va uskunalami ijaraga berish va olish jahondagi ko'pgina mamlakatlar uchun xosdir.
Bugungi kunda sanoat va boshqa sohalarda ijara korxonalari paydo b·o la boshladi va mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning bir ko' rinishi bo'lib, ijara muddati davrida korxona jamoasi shu korxona mulkining egasi bo' lib qoladi.
Konsalting ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko' rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalaming o'z mijozlariga maslahat xizmati ko'rsatish va texnik loyihalar ni ekspertiza qilish bilan bog'liq iqtisodiy faoliyatdir.
Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash;
maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishi va xorijiy investitsiyalami jalb etishga k·o maklashish;
yagona axborot-so'rovnoma fondini yaratish va yagona reklama strategiyasi (yo'nalishi)ni amalga oshirish yo'li bilan ulaming a'zolari faoliyatini umummaqsadlar yo' Iida jam lash va hokazo.
Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan maslahat xizmatlari quyidagilardan iborat:
barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro'yxatga olish uchun ta'sis hujjatlami tayyorlash bo'yicha maslahatlar berish;
-marketing bo'yicha izlanishlar ·o tkazish;
-xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
-tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha maslahat berish;
-reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini tayyorlash va ulami tarqatish;
-huquq, moliya va boshqaruv masalalari bo'yicha maslahatlar berish;
-intellektual mulkni himoya qilish masalasi bo'yicha maslahatlar berish;
-ishchi xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish;
tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlami o'tkazish;
-firma ish uslubini ishlab chiqish;
xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyat, atrof- muhitni himoya qilish masalalari bo'yicha maslahatlar berish;
-investitsiyalami jalb qilish, imtiyozli kredit olish, zaruriy resurs va kapitallarni sotib olish bo'yicha maslahatlar berish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |