Ishlab chiqarish faoliyati natijasi. Mahsulotni sotish, biror- bir ishni bajarish, xaridorga, iste'molchiga xizmat ko'rsatish va ma'lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir.
Tadbirkor foydasi yalpi va sof foydaga bo' linadi. Ishlab chiqarish va sotishga ketgan xarajatlardan keyin qolgan tushum yalpi foyda deyiladi. Yalpi foydadan soliqlar to'lanadi. Yalpi foyda hisobidan soliqlar, jarima va boshqa to' lovlar to' langandan keyin qolgan pul sof foyda hisoblanadi. Tadbirkoming umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko'rsatkichi belgilaydi. U sof foydaning jami xarajatlarga nisbati shaklida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |