Kichik biznes



Download 0,78 Mb.
bet13/243
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271099
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   243
Bog'liq
ARM Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011 (1)

Birinclii yo·nalish ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu yo'nalishi menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o' zlashtirgan bo' lishi va zamonaviy menejer bo'lmog'i lozim.

Ishlab chiqarishni boshqarish tadbirkoming boshqa yo' nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat iste'molchilar uchun tashkil etadi. Shuning uchun ham tadbirkor faoliyatining ikkinchi yo'nalishi bozomi har tomonlama o' rganishdir. Bozorda bo'layotgan jarayonlami tahlil qilmay, tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish mushkul.

Sheriklar bilan bo'ladigan aloqalami yaxshi yo'lga qo'yish tadbirkorlik faoliyatining uchinchi yo·nalishidir. Bunda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo'lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko'tarish va eski munosabatlardan voz kechish maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida zikr etilgan ilmiy asoslar, tamoyillar O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga asos bo'ladi.




    1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari

O' zbekistonda keng ko' lamli bozor o' zgarishlarini amalga oshirish jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan

islohotlarning asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yo'nalishi O'zbekistonda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilgan barcha farmonu qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgandir. Bu vazifalarni hal etmasdan kutilgan natijaga,


hayotimizda, iqtisodiyotimizda istalgan

bo.1mayd"rn14.



·o zgarishlarga erishib

Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g'oyat muhim vazifa, avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bi Ian q·o llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bo'lgan mana shu ijtimoiy tur uning faoliyat sohalari shakllarini ·o rganishni nazariy ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zaruriyatni ham shart qilib qo'ymoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig' i, qishloq xo'jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga to'g'ri kelmoqda.

O'rta sinf davlatning asosi va jamiyatning eng barqaror qismidir. Bu sinfni vujudga keltirish vazifasini hal qilish, turmush darajasini oshirish va har bir insonning tadbirkorlik imkoniyatlarini ochish muammosini hal etib beradi. Ushbu masalaning iqtisodiy jihati shundan iboratki, mulkdorlar real, ularning faoliyati esa samarali bo'lishi kerak. Umuman, korxonaning barcha ishlovchilarini.a@sman aksiyadorlarga aylantirish uncha qiyin emas. Lekin ular haqiqatda boshqaruvda qatnashmasalar, dividendlar ola olmasalar va hatto, o' z aksiyalarini korxonadan tashqariga sota olmasalar, ulami real mulkdorlar deb b·o lmaydi.

Aholi shunday vaziyatni ko'rar ekan, bunday korxonaning aksiyalarini erkin bozordan ham sotib olmaydi, chunki korxona bilan bevosita bog'langan odamlar uning ishiga ta'sir ko'rsata olmasalar va qonunga muvofiq o' zlariga tegishli daromadni ola olmasalar, bu ish tashqaridagi mayda investorlar uchun yanada mushkul kechadi. Xulosa aniq: mulkdorlar huquqlarini amalga oshirish va ularni himoya qilishning real mexanizmlari bo'lmog'i kerak. Busiz mulk nomigagina mavjud bo'ladi. Bu mol-mulkning esa egasi bo'lmaydi. Bunday vaziyat iqtisodiyot uchun ham juda xavflidir. Chunki bu hozirgi paytda mol-mulkdan amalda foydalangan yoki hatto, undan foydalanish imkoniyatiga ega kishilarning noqonuniy ravishda boyishi uchun keng imkoniyat yaratib beradi.

" Karimov I.A Yangi'la fikrlash va ishlash dan talab1. 5-tom -T. 0 'zbekiston. 1997., 335-bet



Haqiqiy mulkdor o'z tabiatiga ko'ra, oqilona ish olib borishi va o'ziga qarashli mulkni ko'paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bo'lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi subyekt yo o'zini mulkdor deb hisoblamaydi yoki o'zining huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-mulk yangi egasiga saqlash va ko'paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan tekkan bo' ladi. Shu sababli, mulk huquqi qonun bilan himoyalangan bo'libgina qolmay, u jamiyatdagi barcha munosabatlar tizimi bilan amalda ta'minlangan bo'lishi kerak. Faoliyati o z1ga qarashli mulkni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va ana shu asosda yangi moddiy boyliklar yaratishga qaratilgan shaxslarni har tomonlama rag'batlantirish zarur. Mulkdorlar sinfi mavjud mol-mulk va daromadlar asosida, shujumladan:

-jamg'armalarni qimmatli qog'ozlarga solish, shuningdek xususiy shaxslarga qarashli ko' chmas mulk va boshqa mol-mulklardan foydalanish yo' Ii bilan;

-davlatga qarashli mol-mulkni (auksionlarda va tanlov asosida), shuningdek xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini sotib olish orqali mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida;

-yuridik shaxs tashkil etmagan holda va korxonalar ochmagan holda yakka tartibdagi mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali shakllantiriladi.

Mulkdorlar ixtiyoridagi barcha obyektlarni daromad olish maqsadida foydalanilmaydigan obyektlar va ishlab chiqarish resurslariga ajratish mumkin.

Ular jumlasiga quyidagilar kiraJi.



  1. moddiy aktivlar;

  2. moliyaviy aktivlar, shu jumladan: pul mablag'lari; qimmatli qog'ozlar;

v) nomoddiy aktivlar intellektual mulk obyektlari .

Ishlab chiqarish resurslaridan daromad olish va mulkni ko'paytirish uchun foydalaniladi. Biror- bir mol-mulkka ega shaxs mulkdordir.



Mulkdor moddiy va intellektual mulk obyektlariga ega, ularni tasarruf etish va ulardan o'z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad olish maqsadida foydalanish huquqiga ega jismoniy shaxsdir.

Mulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat:



  • daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydalanishga mo' ljallangan mol-mulkka ega mulkdorlar;

  • shaxsiy iste'molga mo' ljallangan mol-mulk bi Ian bir qatorda, qo'shimcha tadbirkorlik daromadi yoki kiritilgan sarmoyadan daromad olish uchun foydalaniladigan aktivlar (sarmoya)ga ega o'rta mulkdorlar;

-yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ulaming faoliyatidan katta daromad oladigan yirik mulkdorlar.

Ushbu guruhlaming shakllanishiga qanday omillar ta'sir etadi? Birinchi navbatda, psixologik xususiyatlar ta'sir ko'rsatadi. Odamni zo'rlab mulkdorga aylantirib bo'lmaydi. U bunga ruhan tayyor bo'lishi kerak. Bu esa juda qiyin narsa. Chunki odamlarga haddan tashqari uzoq vaqt mobaynida xususiy mulk va uning sohiblarini boshqalarga nisbatan tashabbuskor va tadbirkor bo'lganligi tufayli moddiy jihatdan yaxshiroq yashaganlami yomon ko'rish va ularga ishonmaslik hissi singdirib kelindi. Endi esa zamon o'zgardi, xususiy mulkka munosabat ham o'zgarmoqda, lekin eski tasavvurlar hali ham mavjud. Ko'pchilik davlatning g'amxo'rlik qilishiga umid bog'lab o'tirmasdan, o'z farovonligi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga hali tayyor emas. ljtimoiy



passivlik mulkdorlar sinfini shakllantirish yo' lidagi jiddiy to' siqdir.

Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo' llaridan biri tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakli rivojini ta'minlash katta ahamiyatga ega. Aksiyalashtirish keng aholi ommasini mulkka egalik qilishga jalb etishning eng samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon murakkab, ko' p qirrali bo' lib, u bozor iqtisodiyoti subyektlarining manfaatlariga daxldordir. Hozir respublika iqtisodiyotida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari keng yoyilgan.

Bu jamiyatlaming ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishtirok etuvchi ulushlar, odatda, quyidagicha taqsimlanadi:

-davlat ulushi;

-mehnat jamoasi ulushi;

-xorijiy sherik ulushi;

-fond birjalari va qimmatli qog'ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet elda ham erkin sotish uchun ajratilgan ulush.

Davlat va mehnat jamoalariga qarashli aksiya paketlari hajmini Davlat mulk qo'mitasi belgilaydi. Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki bepul olingan har qanday aksiyalar ulaming mulkdorlari tomonidan qonun doirasida hech bir cheklovsiz sotilishi mumkin. Aksiyalaming qo'shimcha (ikkilamchi) emissiyasi va ulami joylashtirish aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq olib boriladi.

Korxonani xususiylashtirishning yana bir shakli uni tanlov asosida yoki kimoshdi savdosida jismoniy yoki yuridik shaxslarga xususiy mulk qilib sotishdan iborat. Bunda xaridor sotib olingan obyektlarga nisbatan ma'lum talablami bajaradi. Tanlov shartlari O'zbekiston Respublikasi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasidagi tartiblariga muvofiq belgilanadi va u quyidagi majburiy bandlarga ega bo'ladi:

-aukuionda xususiylashtirilgan davlat korxonalarining mulkdorlariga aylangan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu korxonalar tasarrufida bo'lgan, sotib olingan mol-mulk tarkibiga kirmagan, davlatga qarashli binolar, inshootlar va qurilishlami ijaraga olish haqida uzoq muddatli (10 yilgacha) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Ijara shartlari ilgari tuzilgan shartnomalarga nisbatan (agar shartnomaning o'zida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa) faqat taraflaming kelishuviga muvofiq

·o zgartiriladi. Xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko'rsatish sohasi obyektlarining mulkdorlari shu korxonalar egallab turgan yer uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga ega;

-korxona va tashkilotlar, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxona va tashkilotlaming mol-mulki Respublika ko'chmas mulk birjasi va uning filiallarida aukuion savdoda Davlat mulk qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq sotiladi;

-davlatga qarashli ishlab turgan korxona tashkilotlaming mol-mulki (aktivlari) faqat Davlat mulk qo'mitasi ruxsati bilan belgilangan tartibda sotiladi.

Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish asta-sekin, biridan ikkinchisiga o'tiladig::m uch bosqichda amalga oshiriladi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashti rish borasida ijara korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, qo' shma korxonalar, fermer xo'jaliklari, kooperativlar va dehqon xo'jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllari tashkil topdi.

Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni talab qiladigan bir qancha muammolar ham mavjud:



  • birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur'atlari uning samaradorligini kamaytirmo qda. Jahon amaliyoti islohotlar bir vaqtda va muntazam amalga oshirilganida ijobiy samara berishini ko'rsatmoq da. Xususiylashtirish sustlashsa, odamlaming mos ravishda fikr yuritish jarayoni sekinlashadi, iqtisodiy xulq-atvoming eski stereotiplari uzoqroq saqlanib turadi;

  • ikkinchidan, bir tarmoq (yoki soha)da xususiylashtirish amalga oshirilib, u bilan bog'liq boshqa sohada davlat mulki yoki uning monopoliyasi saqlanib qolishi xususiylashtirilgan korxonalarning manfaatlarini kamsitadi. Bu hol, avvalo, turli tarmoqlardagi narxlarning pariteti buzilishida namoyon b·o ladi. Masaian, agrar sektorda nisbatan tez amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qishloq xo'jaligi manfaatlariga zarar keltiradi. Chunki qishloq xo'jaligiga texnika, o'g'itlar, elektr energiyasi, yoqilg'i yetkazib beruvchi korxonalar ancha kech xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki oligopolistlar) mavqeini saqlab qolib, o'z mahsulotlari narxini oshirdilar. Suning natijasida agrar sektor katta iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi;

-uchinchidan, xususiylashtirishning pulli b·o lishi xususiy- lashtirilayotgan obyektlar bozoriga munosib baholanishini taqozo etadi. Biroq mol-mulkni baholashning ilmiy usullari va islohotlarning dastlabki bosqichida tegishli mutaxassislaming bo'lmaganligi ko'pdan-ko'p tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Suning natijasida, mulk tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishni istagan va shug'ullana oladigan kishilar q·o liga emas, balki tasodifiy kishilar qo' liga o 'tib qoladi.

Umuman, keltirilgan muammolar murakkab bo'lishiga qaramay, O'zbekistonda mulkdorlar sinfini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Hozirgi vaqtda

jamiyatimiz tarkibida real mulkka ega, uni qadrlayotgan va ularni ·o z

moddiy farovonliklari uchun asos qilib olayotgan kishilarning katta guruhi shakllandi. Ushbu ijtimoiy qatlamni yanada mustahkamlash davlatning iqtisodiy qudrati oshishi, demokratik qadriyatlar qaror topishiga olib keladi.





    1. Download 0,78 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish