Korxona (firma)ning rivojlanish bosqichlari. Faoliyatining dastlabki bosqichlarida ishbilarmon qator muammolarga duch keladi. Shulardan biri o'z xo'jalik yuritish maqomiga ega bo'lishidir. Shu bilan birga ishbilarmon bozor holati, talab va taklifni o'rganishi lozim. Bundan tashqari, oldida qanday to·siq va chegaralar uchrashi, qanday imtiyozlar olishi mumkinligini bilishi zarur. Shu tariqa investitsiya kiritishning umumiy shartlari belgilanadi.
Bunday ma'lumotlar ochiq va ular matbuotda, statistik axborotlarda, qonunchilik hujjatlarida mavjuddir. Mutasaddi shaxslardan ham bunday ma'lumotlarni olish mumkin.
Ishbilarmon xo'jalik yuritish yo·nalishini aniqlab olgach, ·o z
korxonasining ixtisoslanishini belgilaydi. Buning uchun bo' lajak iste'molchilarning imkoniyatini aniqlash, raqobatchilar haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim.
Faoliyat shakli, ya'ni individual yoki jamoa ishbilarmonligidan birini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Individual shakl tanlaganda ishbilarmon ixtiyoriy ravishda tavakkalga qo'l uradi. Ish muvaffaqiyatsiz tugaganda mulkdor korxona majburiyati uchun o'zi javob beradi va o'z mulki hisobidan zarami qoplaydi.
Jamoa shakli tanlanganda ishbilarmon mas'uliyatni korxonaning boshqa ishtirokchilari bi Ian b·o lishadi. Ushbu shakl qo' llanganda tavakkal kamayadi, bundan tashqari, qo'shimcha resurslarni jalb etish mumkin bo'ladi.
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbilarmon ishlab chiqarish va omborxona, asbob-uskunalami ijaraga olishi, xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlarini sotib olishi, ishchi kuchini jalb etishi kerak. Korxona asbob-uskunalami ishlab chiqaruvchilar, xomashyo va materiallar ta'minotchilari, vositachi firmalar bilan munosabat o'rnatadi. Kerakli ishchilami mehnat birjalari, e'lonlar yordamidajalb etishi mumkin.
Moliyaviy vositalarni jalb qilish muhim bosqichlardan hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki paytlarida ishbilarmonning ishni boshlashi uchun
moddiy mablag' lari yetarlicha b·o lmaydi. Pu! mabla·g lari kamchiligini aksiyalarni chiqarish, ya'ni korxona kapitali va daromadiga huquqni qisman boshqalarga berish, tijorat banklaridan qarzlar olish yo'Ii bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona aksiya yoki qarz majburiyatlarini
sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, tijorat banklari bilan ·o zaro
aloqa qila boshlaydi. J3ank kreditlari qisqa muddatli, o'rta muddatli va uzoq muddatli b·o lishi mumkin. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida banklar tomonidan qisqa muddatli kredit berish shakli keng qo'llanilmo qda.
Banklarning korxonalarga kredit berishi turli sug'urta operatsiyalari bilan bog'liqdir. Inshoot, moddiy zahiralar va korxonaga qarashli boshqa mulklar sug'urta qilinishi mumkin. Bu hollarda korxonalar sug'urta kompaniyalar bilan munosabat o'rnatadi.
Aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbah o qog'ozlarni sotib olish yoki ularni sotishda korxonalar jamg'arma bozori, ya'ni qimmatbah o qog'ozlar bozoriga murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar soni juda k·o p b·o ladi. Ular ichida turli xii fond birjalari, kredit-moliya institutlari, investitsion jamg'armalar, individual investorlar yetakchi o'rinni egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |