7.2.3-rasm. Mahsulot tannarxini hisoblash ketma-ketligi
-ekinlar, chorva mollari va ishlab chiqarish vositalarini majburiy su·g urtalash xarajatlari;
-yong'inga qarshi, ekinzorlar, asosiy vositalarni qo'riqlash xarajatlari;
-ishchilarga bepul beriladigan maxsus kiyim - bosh (xalat, kurtka,
etik, fartuk va boshqa), oziq - ovqat xarajatlari;
-mollaming tagini quruqlashga sepiladigan somon, qirindi va boshqa material xarajatlari;
-fermalar atrofini devor bi Ian o 'rash, chorva mollari uchun yozgi soyabon va otarlar qurish xarajatlari;
-ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.
Qishloq xo'jaligida yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash bilan birga, avtotransport, traktorlar va ishchi hayvonlar tomonidan bajarilgan ishlar tannarxi ham hisoblanadi. Bunda avtotransport bajargan ish tonna - kilometrda, haydov traktorlari bajargan ish shartli etalon - gektarda, otlamiki ot - kunida hisobga olinadi. Shuningdek, bir gektar erdagi bir mahsulot turini ishlab chiqarish tannarxi, bir bosh chorva molini parvarishlash tannarxi ham hisoblanishi mumkin.
Har bir korxona uchun mahsulot tannarxm1 pasaytirish imkoniyatlarini izlab topish iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Chunki, mahsulot tannarxi qanchalik arzon bo' Isa, shunchalik korxona oladigan foyda miqdori oshib boradi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilinadigan resurslar hamda xizmat ko'rsatish korxonalari ish va xizmatlari narxlarining tez sur'atlar bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining ham qimmatlashib ketishiga sabab b·o lmoqda. Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik korxonalari etishtirayotgan mahsulotlarni zarar bilan sotishiga sabab b·o ladi. Shuning uchun kuchli raqobatga asoslangan munosabatlar sharoitida kichik tadbirkorlik korxonalari oldida mahsulot tannarxini har tomonlama pasaytirish yo' llarini izlab topish vazifasi turadi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish yo·llari quyidagilardan iborat b·o lishi mumkin:
ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish vositalarini joriy etish;
asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish;
ishlab chiqarishning material sig' imini kamaytirish va tejamkorlikka erishish;
mashina va texnikalaming kunlik va yillik ish unumini ko'tarish;
resurslami tejovchi va chiqitsiz texnologiyalardan keng foydalanish;
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilg'or shakllaridan foydalanish;
mehnat unumdorligini oshirish;
mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo' qotishlarga yo'I qo'ymaslik;
qishloq xo'jaligida ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligin i oshirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |