Uy – joylar qurilishi. Istiqlol arafasida, hali mustabid tuzum
hukmronlik qilib turgan bir paytda, Birinchi Prezident Islom
Karimov yuksak jasorat bilan aholini uy-joyli qilish masalasining
yechimini topdi. Natijada 1989–1990-yillarda bir yarim milliondan
ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa
yerlari berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan boshlangan qishloq
infratuzilmasini yangilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bugun qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy arxitektura
asosida tubdan o‘zgartirishga xizmat qilyapti. Xususan, 2009–2016-
yillarda qishloq joylarda 69.557 ta shinam namunaviy uy-joy bunyod
etildi. Pirovardida 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi «2017–2021-yillarda
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori mazkur yo‘nalishdagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy Namunaviy uy-joylar. Arzon uy-joylar.
Ko‘p qavatli uy-loylar.
davomi bo‘lib, qishloq qurilishida yangi bosqichni boshlab berdi. Ayni
paytda qishloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga o‘sib borayotgan
ehtiyojlaridan kelib chiqib, imtiyozli kredit berishning yuqori darajadagi
shartlari joriy etildi. Shuningdek, energiyani tejaydigan materiallar
va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada
kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishi hamda
aholining barcha qatlamlari uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat
qildi. Qarorga ko‘ra, qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga
qo‘shimcha ravishda xo‘jalik imoratlari va obod hovlilari bo‘lgan ikki, uch
qavatli ko‘p kvartirali (2, 3 xonali) hamda aholi zich joylashgan tumanlarda
hovlidagi imoratlari bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer
uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali, shu bilan birga,
maydoni 0,04 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki
qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uylarning yangi namunalari joriy etildi.
Bundan tashqari, 2017-yildan boshlab mamlakat poytaxti va viloyatlarda
uy-joyga ega bo‘lmaganlar, harbiy xizmatchilar, yosh olimlar va ichki ishlar
xodimlari uchun arzon turarjoylar qurilib, egalariga topshirilmoqda.
Savol va topshiriqlar:
1. «Bolalarni asraylik» tashkiloti reytingida O‘zbekiston qanday o‘ringa ega
bo‘ldi?
2. Internet ma’lumotlaridan foydalangan holda, bugungi kunda turarjoylarning
qanday turlari mavjudligini ayting.
3. Keksalarni qadrlash borasida 2017-yilning o‘zida amalga oshirilgan 3 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |