5 -расм. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi.
Davlat tomonidan beriladigan aniq manzilli ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirishda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yordamga muhtojlarga, xususan, ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 10 dekabrdagi “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan voyaga yetmagan (16 yoshgacha bolalari bo‘lgan, shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bolalari bo‘lgan) oilalarga nafaqa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun aholining ijtimoiy zaif guruhlari, avvalambor, talab qilinmagan mehnat salohiyatiga ega kam ta’minlangan oilalarning kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan mikromoliyalashtirish institutlarini kengaytirish maqsadga muvofiq. Bir so‘z bilan aytganda, halqimizning “Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik” degan maqoli zamirida mujassam bo‘lgan haqiqatni hayotimiz tarziga aylantirish yo‘lida kelgusida ham katta-katta ishlarni amalga oshirish zarur.
Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizidan ortig‘i aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e’tiborni yanada kuchaytirishni, jumladan, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni ko‘paytirish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishga zamin yaratish zarurligini taqozo etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”. 2008.
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. -T.: “O‘zbekiston”, 1996.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1996.
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1996.
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1996.
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. –T.: O‘zbekiston, 1997.
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan. 6-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1998.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1999.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2000.
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2001.Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2002
Do'stlaringiz bilan baham: |