5-jadval
2012 yilda ishga tushirilgan va 2013 yilda amalga oshirilishi
kutilayotgan yirik loyihalar
№
|
Лойиҳа номи
|
Лойиҳа
қуввати
|
Умумий қиймати
(млн. долл.)
|
2012 йилда якунланган йирик лойиҳалар
|
“Ўзбекнефтгаз” миллий холдинг компанияси
|
1
|
“Шўртаннефть-газ” негизида пропан-бутан аралашмаси қурилмасини барпо этиш (5-навбати)
|
50,0 минг тонна
|
74,2
|
“Ўзбекэнерго” давлат-акциядорлик компанияси
|
2
|
Навоий ИЭС негизида буғ-газ қурилмасини барпо этиш
|
478 МВт
|
529,78
|
“Ўзкимёсаноат” давлат-акциядорлик компанияси
|
3
|
Навоий вилоятида техник кремнийни ишлаб чиқаришни ташкил қилиш (1-босқич)
|
12,0 минг тонна
|
19,04
|
“Ўзавтосаноат” компанияси
|
4
|
Самарқанд вилоятида юк автомобиллари ва компонентларини ишлаб чиқарувчи янги комплексни барпо этиш (2-босқич)
|
3,0 минг дона
|
29,38
|
2013 йилда якунланиши мўлжалланган йирик лойиҳалар
|
“Ўзбекнефтгаз” миллий холдинг компанияси
|
1
|
Мавжуд ДКС -1,2,3,4 ўрнига Газли сиқувчи компрессор станциясини барпо этиш
|
16 дан 25 МВтгача ошириш
|
261,13
|
“Ўзбекэнерго” давлат-акциядорлик компанияси
|
2
|
“Тошкент ИЭС” ОАЖ негизида когенерацион буғ-газ технологиясини жорий этиш
|
27 МВт
|
62,99
|
“Ўзкимёсаноат” давлат-акциядорлик компанияси
|
3
|
Дехқонобод калийли ўғит заводини ишлаб чиқариш қувватларини кенгайтириш (2-босқич)
|
200,0 минг тоннадан 600,0 минг тоннагача ошириш
|
254,8
|
“Ўзбекистон темир йўллари” давлат-акциядорлик компанияси
|
4
|
Жиззах-Янгиер икки йўналишли электрификация қилинган темир йўл линиясини барпо этиш (1-босқич)
|
187 км
|
320,74
|
Ushbu korxonada jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan yuqori texnologik ishlab chiqarish tashkil etildi. Aytish kerakki, katta hajmdagi yuklarni tashiydigan eng zamonaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan mazkur korxona nafaqat mamlakatimiz ehtiyojini qoplaydi, balki bu mashinalarni eksport qilishni ham ta’minlaydi.
Mustaqillik yillarida neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoatining yaratilishi mamlakatimizning energetik xavfsizligini ta’minladi. Neft va gaz kondensati qazib olish 1990 yilga nisbatan 1,4 barobar o‘sdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish sur’ati 1990 – 2012 yillar davomida 1,6 barobardan ortiq ko‘paydi, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 15,2 barobardan oshdi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodida 258 ming tonna suyultirilgan gaz va 125 ming tonna kondensat ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan zavodning birinchi navbati foydalanishga topshirildi, “SHo‘rtanneftgaz” korxonasida esa propan-butan qorishmasi asosida 50 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqaradigan qurilma o‘rnatildi.
Yana bir yirik loyiha – umumiy qiymati 250 million dollardan ortiq bo‘lgan Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodining ikkinchi navbatini qurish ishlari davom ettirilmoqda. Bu boradagi ishlar yakuniga yetgach, korxonada yiliga 600 ming tonnagacha kaliyli o‘g‘it ishlab chiqarish imkoni paydo bo‘ladi va bu mahsulotning 350 ming tonnadan ko‘prog‘i eksport qilinadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2012 yilda Surg‘il koni bazasida hatto dunyo mezonlari bo‘yicha ham noyob bo‘lgan, qiymati 25 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshlab yuborildi. Mazkur obyektning qurilishi 2016 yilda nihoyasiga yetkaziladi va bu korxona 4 milliard 500 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish imkonini beradi. Ushbu loyiha texnologik jihatdan dunyodagi ilg‘or loyihalardan biri bo‘lib, eng yuksak darajadagi gaz-kimyo texnologiyalarini joriy etishni ko‘zda tutadi. Bu, o‘z navbatida, tabiiy gazdan 97 %gacha etan, propan va boshqa qimmatbaho komponentlarni ajratib olishni ta’minlaydi. Mazkur loyihada yetakchi xorijiy banklar konsorsiumi, davlat kafolatlarini jalb etmagan holda loyihalarni moliyalashtirish prinsiplari asosida ishtirok etmoqda.
2012 yilda Janubiy Afrikaning “Sasol” kompaniyasi va Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi bilan hamkorlikda qiymati 4 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan, tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha katta istiqbolga ega bo‘lgan yirik loyihani amalga oshirish boshlandi. Ushbu loyiha asosida barpo etiladigan zavod dunyodagi sanoqli korxonalardan biri bo‘lib, u sintetik suyuq yoqilg‘i – suyultirilgan gaz, aviakerosin va “premium klass” toifasidagi, ya’ni Yevro-4 standartidan kam bo‘lmagan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqaradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston temir yo‘llari tizimida amalga oshirilgan ishlar tahsinga sazovordir. Xususan, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan hamkorlikda uzunligi 223 kilometr bo‘lgan, dengiz sathidan 1500 metr balandlikdagi dovon orqali o‘tadigan, Afg‘onistonning shimoliy hududlariga chiqish imkonini beradigan Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘li barpo etildi. Navoiy – Uchquduq – Sulton Uvaystog‘ – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha Amudaryo uzra barpo etilgan temir yo‘l va avtomobil yo‘llari o‘tadigan ko‘prikni o‘z ichiga olgan yangi temir yo‘l uchastkalari foydalanishga topshirildi.
Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning boshqa tumanlari bilan birlashtiradigan, xalqaro andozalarga javob beruvchi Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan mukammal avtomobil yo‘li – tunnel (yer osti yo‘li) foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 2009 yili Angren shahrida yurtimizning barcha hududlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarini yil davomida transport aloqasi bilan ishonchli bog‘laydigan Xalqaro logistika markazi qurilishi yakuniga yetkazildi va ishga tushirildi.
Shuningdek, 2013 yilda “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan mavjud DKS -1,2,3,4 o‘rniga Gazli siquvchi kompressor stansiyasini barpo etish uchun 261,13 million AQSH dollari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan Jizzax-Yangiyer ikki yo‘nalishli elektrifikatsiya qilingan temir yo‘l liniyasini barpo etish (1 bosqich) uchun 320,74 million AQSH dollari qiymatiga teng bo‘lgan investitsiya mablag‘lari sarflanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingunga qadar jismoniy shaxslarni o‘z tarkibiga biriktirib faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni 314 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ularning soni 2057 taga (7,6 martaga) oshdi va 2371 tani tashkil etgani diqqatga sazovor.
Do'stlaringiz bilan baham: |