III - BOB BO’YICHA XULOSA
1.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining umumiy
faoliyatiga ko’ra, moddiy rag’batlantirishning turli usullari mavjudligini ko’rsatadi,
ammo bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi
va mehnatga haq to’lash tizimining barqarorlashtirish va rag’batlantirish
funksiyalarini ta’minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona
aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning
daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganligi muhim
ahamiyatga ega.
2.
Kichik biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
jadallashtirish muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonini
oilaviy biznes sohasida qo’llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish
imkoniyati yuzaga keladi. Shunga bog’liq holda sohada mehnat unumdorligining
80
o’sishi, oilaviy biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o’zgarishlar,
sohaning modernizasiyalashda qo’l mehnatining sezilarli kamayishi va inson
omiliga yangicha yondashuv masalalarini o’z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni
oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur.
3. Tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlikni ta’minlashda bandlikka
ko’maklashish markazlari faoliyatini tahlil qilish orqali, talab va taklifni o’rganib,
mehnat resurslarini o’sish ko’rsatkichlari, aholi sonini o’zgarish darajalari tahlil
qilindi va shunga asosan tavsiyalar ishlab chiqildi. Bandlikni ta’minlashda asosiy
e’tiborni kollejni bitiruvchilari va yoshlarni ish bilan bandligiga e’tibor qaratildi.
81
XULOSA
Mazkur dissertasiya bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar yuzasidan quyidagi
xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Iqtisodiy rivojlanish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
mehnatni to'g'ri tashkil etish personallar mehnatini samaradorlik darajasini
oshishiga qarab ularga to'lanadigan mehnat haq, ya'ni mehnatga qarab taqsimlash
yildan-yilga tobora ko'proq ob'ektivlashtiriladi. Bu esa, ish haqi fondi ishlatilishini
chuqurlashtirishga va tahlil etishga hamda ishchilarning mehnat natijalariga
bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Ish haqi korxona personallarning asosiy
daromad manbai sifatida istiqbolda ham unumdorlikni oshirishning qudratli
rag'batlantiruvchi kuchi bo'lib qolaveradi.
2. Korxona mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang’ich omillarini tahlil
qilish: ishlab chiqarish tipini, uning texnologik jarayonlar, mashina va asbob-
uskunalarning o’ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizasiyalash, sexlar,
uchastkalar ish o’rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat.
Ishchilar mehnatining murakkabiligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga
qo’yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi: xodim
kasb ixtisosini kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat
faoliyatini o’zgartirish imkoniyatlaridir.
3 Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan
biri makroiqtisodiyotga taaluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi
kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida ishchi kuchidan
samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlarning ayrim
ijrochilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishga, ya’ni ularning malakasiga, tajribasiga va
zukkoligiga yarasha ish bilan bad-barobar ta’min etilishiga bog’liqdir.
4. Kichik biznes sohasida mehnatning xarakteriga ko’ra, mehnat jarayonida
ko’l mehnatini kamaytirish uni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish darajasi
bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy
mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko’proq qismini qamrab
82
oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o’sib borgan sari
jonli mexnatning o’sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va xizmat
ko’rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi.
Bizningcha, tadbirkorlik faoliyati sohasida mehnatni tashkil etishda vaqt
birligi ichida sarflangan mehnat harajatlari bilan birga uning tuzilishiniham
hisobga olish zarur.
5. Tadbirkorlikni yuritish uchun to’sqinlik qilayotgan omillardan eng
asosiysi moliyaviy omildir. So’ralgan tadbirkorlarning ko’pchiligi buning uchun
yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O’z biznesini
boshlamoqchi bo’lgan tadbirkor uchun ma’lum miqdorida mablag’ kerak bo’ladi.
Demak, tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini
oshirish talab etiladi.
6. Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada
mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi
va u tubdan o’zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko’maklashish
markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish
o’rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida faol dasturlarni
ishlab chiqishi va amalga oshirishlari zarur.
7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining umumiy faoliyatiga
ko’ra, moddiy rag’batlantirishning turli usullari mavjudligini ko’rsatadi, ammo
bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va
mehnatga
haq
to’lash tizimining barqarorlashtirish va rag’batlantirish
funksiyalarini ta’minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona
aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning
daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganligi muhim
ahamiyatga ega.
8. Kichik biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish
muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonini oilaviy biznes
sohasida qo’llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga
keladi. Shunga bog’liq holda sohada mehnat unumdorligining o’sishi, oilaviy
83
biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o’zgarishlar, sohaning
modernizasiyalashda qo’l mehnatining sezilarli kamayishi va inson omiliga
yangicha yondashuv masalalarini o’z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni
oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |