5- ВАРИАНТ
81. Aylanma mablag’larni aylanish koeffitsienti harakterlaydi
a) 1 sumlik ishlab chiqarish fondlariga to’g’ri keladigan realizatsiya qilingan mahsulot miqdori
b) Ishlab chiqarish fondlari aylanishining o’rtacha davomiyligi
c) Ma’lum bir davrda aylanma mablag’larni aylanish soni
d) Mablag’larni aylanishidan olinadigan foyda
82. Mahsulotning material sig’imi belgilaydi
a) Materiallardan samarali foydalanishi
b) Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallarning umumiy og’irligini
c) Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallar normasini
d) Tayyorlangan mahsulotlarning toza og’irligini
83. Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi quyidagilar orqali belgilanadi...
a) Aylanma mablag’larning qaytimi darajasi bilan
b) Aylanma koeffitsienti, bir aylanish o’rtacha davomiyligi bilan
c) Material sig’imi, fond sig’imi, fond qaytimi koeffitsientlari orqali
d) Aylanma mablag’larni belgilangan normativlar ramkasiga keltirish bilan
84. Mahsulot ishlab chiqarish harajatlari quyidagilardan iborat...
A )Pul formasida ifodalangan mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun sarflangan harajatlardan
b) Xom ashyo, materiallar, asosiy fondlarning amartizatsiyasi va nomoddiy aktivlar, ish xaqi, ijtimoiy sug’urtalash uchun ajratmalar va boshqa ishlab chiqarish harakteridagi harajatlar
c) Ishlab chiqarish harakteriga ega bo’lgan kundalik va kapital harajatlar
d) Boshqaruv va mahsulotni sotish bilan bog’liq, ishlab chiqarish harajatlari va chikimlari
85. Iqtisodiy elementlar bo’yicha ishlab chiqarish harajatlarining tasnifi quyidagi maqsadlar uchun zarur
a) Ma’lum bir turdagi aniq mahsulot turli harajatlarini xisoblash uchun
b Ishlab chiqarish bo’yicha harajatlar smetasini tuzish uchun
c) Mahsulot narxini asoslash uchun
d) Ish xaqi uchun harajatlarini aniqlash uchun
86. Kalьkulyatsiya moddalari bo’yicha harajatlar tasnifi zarur.
a) To’g’ri va egri harajatlarni aniqlash uchun.
b) Ma’lum bir turdagi aniq mahsulotni ishlab chiqarish.
c) Ishlab chiqarish harajatlari tizimini tuzish uchun.
d) Marjinalь foydani aniqlash uchun harajatlari.
87. Davr harajatlari o’z ichiga quyidagilarni oladi.
a) Sotuv va boshqaruv harajatlarini.
b) Ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik tadqiqotlar, ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqaruv tizimi uchun harajatlarni va boshqa operatsion o’z ichiga oladi harajatlari.
c) Tijorat chiqimlari.
d Umumxujalik chiqimlari.
88. O’zgaruvchan harajatlar o’z ichiga .....
a) Moddiy harajatlar va xodimlarni ish haqi uchun harajatlar.
b) Mahsulot realizatsiyasi uchun harajatlarini.
c) Amortizatsiya harajatlarini.
d) Ishlab chiqarishni modernizatsiyasi uchun harajatlarini.
89. Harajatlarni doimiy va o’zgaruvchan harajatlar bo’lishdan maqsad:
a) Mahsulotni bahosini aniqlash.
b) Ishlab chiqarish hajmini prognozlash.
c) Foydali va zararsiz ishlashni bashorat qilish.
d) Korxonani daromad va harajat balansini tuzish uchun.
90. Korxona harajatlarini minimizatsiya qilishdagi manfaatdor. Uquyidagi shartlarga rioya qilsagina unga erishishi mumkin
a) Ishlab chiqarish omillarini raqobatli bozorrda sotib olsa
b) Omillarni texnik joylashtirishning normalari bilan u omillar bahosi o’rtasidagi tenglikni saqlasa
c) Doimiy va uzgaruvchan harajatlar harajatlar o’rtasidagi tenglikni qo’llab-kuvvatlasa
d) Ishlab chiqarish xajmini kamaytirish va tejamkorlik tartibi ta’minlansa
91. Zararsizlik nuqtasi aniqlashga yordam beradi.
a) Harajatlar tushum bilan qoplangandagi mahsulot hajmini.
b) Korxona foyda olgan vaqtdagi mahsulot hajmini.
c) Domiy harajatlar o’zgaruvchan harajatlarga teng bo’lgandagi mahsulot
d) Doimiy harajatlar o’zgaruvchan harajatlarga teng bo’lgandagi mahsulot xajmi.
92. Marjinal foyda bu ...
a) Mahsulot sotishdan tushgan tushumdan korxonani doimiy harajatlarini ayirmasi.
b) Sotishdan tushgan tushumlardan, korxonaning o’zgaruvchan harajatlarini ayirmasi.
c) Sotishdan tushgan tushumlardan korxonaning xamma harajatlari
d) O’zgaruvchan harajatlardan doimiy harajatlar ayirmasi.
93.Asosiy faoliyat natijasidan foyda - bu ...
a) Mahsulotni sotishdan tushgan daromatdir, realizatsiya qilingan mahsulotning tannarxini tanlash.
b) Mahsulot sotishdan tushgan yalpi daromatdan korxonaning hamma harajatlarini chegirib tashlashdan.
c) Mahsulot sotishdan tushgan yalpi foydadan davr harajatlarini ayirmasi.
d) Davr harajatlari minus moliyaviy harajatlar.
94. Rentabelliylik ko’rsatkichlari.....
a) Sof foyda bilan korxona aktivlarinining nisbati.
b Debitorlik qarzlari aylanuvchanligini
c)Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti
d) Yalpi foydaning sotishdan olingan tushumdan aktivlarini chegirib tashlangan qismiga nisbati
95. Realizatsiya qilingan mahsulotni rentabelligini aniqlash.
a) Balans foydani realizatsiya qilingan mahsulot xajmiga nisbati
b) Sof foydani korxona mulkini o’rtacha qiymatiga nisbati
c) Sof foydani realizatsiyadan tushgan tushumga nisbati
d) Balans foydani asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalarning o’rtacha qiymatiga nisbati.
96. Korxonani tijorat siri bu ...
a) Davlat siri bo’lmagan xolda, korxonani ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatiga zarar keltirishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar.
b) Bu boshqaruv elementi bo’lib, korxona undan o’zini manfaatlarini himoya qilish uchun, davlat va bozor sub’ektlari orasidagi munosabatlarni o’rnatish uchun foydalaniladi.
c) Korxonada foydalanadigan texnologiyalar haqidagi ma’lumot korxona rahbari tomonidan tijorat siri deb belgilangan korxona
d Tijorat siri haqidagi har qanday ma’lumot.
97. Davlat korxonasini o’zgartirishda aktsiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to’g’risida qaror kim tomonidan qabul qilinadi?
a) Aktsiyadorlik jamiyati muassislari — uni tuzish to’g’risida ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar
b) Aktsiyalashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasi
c) Davlat mulkini tasarruf etishga vakolati bo’lgan organ
d) AJni investitsiyalashga rozi bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar
98. Aktsiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kim kafolatlaydi?
a) Davlat
b) Aktsiyadorlik jamiyatini boshqarish organlari
c) Davlat mulkini tasarruf qilishga vakolatli bo’lgan davlat organlari
d) Xo’jalik sudi
99. Dividend deb hisoblanadi:
a) Aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanishi kerak bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatining sof foydasi
b) Qayta investitsiyalashdan keyin aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanishi kerak bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatining sof foydasi
c) Aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanishi kerak bo’lgan aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi
d) Byudjetga soliqlar to’langanidan keyin daromadning bir qismi
100. Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) tarmoqning eskirish koeffitsienti.
b) tarmoq rivojining sur’ati;
c) yengil sanoat tarmoqining soni;
d) tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmog’i;
101. Ixtisoslashtirish:
a) turli tarmoqlarga mansub bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishni yoki jarayonlarni bir korxona miqyosida mujassamlashtirishdir.
b) ma’lum turdagi mahsulotni hamkorlikda tayyorlash bo’yicha korxona (firma)larning birgalikda faoliyat ko’rsatishidir.
c) bu alohida ishlab chiqarish uchastkalari, tsexlar, korxonalar, tarmoqlarni konstruktiv va texnologik jihatdan o’xshash bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoki jarayonlarni bajarishga mujassamlashtirishdir.
d) bu bir xil, o’xshash mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni yiriklashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |