2.2 Kichik biznes sohasi rivojlanishida “Kichik biznesni rivojlantirish davlat dasturlari”ning o’rni
O’zbekiston Respublikasida kichik biznesni rivojlantish davlat dasturi doirasida kichik biznes faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
- kichik biznesning huquqiy-me’yoriy va tashkiliy asoslarini iqtisodiyotda turli omillar ta’sirida ro’y berayotgan o’zgarishlarga mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mamlakatlar tajibasidagi yangi mexanizmlarni mavjud sharoitga moslashtirgan holda amaliyotda qo’llash;
- kichik biznesning innovatsiya negizida rivojlanishini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- kichik biznesni moliyaviy jihatdan ta’minlash mavjud mexanizmlar samaradorligini oshirish va moliyalashtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida qulay investitsiya muhitini yaratish;
- kichik biznesda ishlab chiqarishni tashkil etishning moddiy ta’minotini takomillashtirish;
- kichik biznesni tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish;
- kichik biznes sohasi uchun malakali raqobatdosh kadrlarni tayyorlash;
Kichik biznesda kooperatsiyani chuqurlashtirish.
Mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes subyektlarining ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida dasturda quyidagi yo’nalishlarda kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi:
tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va faoliyat yuritishning huquqiy
me’yoriy bazasini takomillashtirish. Bunda mansabdor shaxslar tomonidan buyruqbozlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish borasida ularning mas’ulligini oshirishga muhim e’tibor beriladi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining noqonuniy va asossiz aralashuvi holatlarini bartaraf etish;
yirik korxoalarni tarkibiy o’zgartirish natijasida bo’shab olgan noturarjoy binolar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini kichik korxonalarga berish;
yirik sanoat korxonalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun importga mo’ljallangan ehtiyot qismlar, detallar va kerakli uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturni amalga oshirish;
kichik biznes uchun mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish va sifatini oshirish.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash samarasini oshirish maqsadida dasturda quyidagilarni amalga oshirish lozim:
davlat organlari, tadbirkorlarning jamoat tashkilotlari va tijorat tuzilmalari bilan hamkorligini ta’minlovchi mexanizmni takomillashtirish;
raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishgamo’ljallangan investitsion loyihalarni amalga oshirish, eksport hajmini oshirish, mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanishni yaxshilash, qo’shimcha ishchi o’rinlarini tashkil etishga ko’maklashish;
doimiy faoliyat ko’rsatadigan ko’rgazma va texnologik uskunalar, mini texnologiyalar yarmarkalarini tashkil etish;
kichik biznes subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Kichik biznesni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida Dasturda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
- moliyalashtirish va sug’urta loyihalarini amalga oshirishni kengaytirish, kafolat berish va mexanizmni takomillashtirish;
- operatsiyalarni qo’llash;
- lizing;
- byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga imtiyozli kreditlash va mikrokreditlash;
- kichik biznes subyektlariga lizing asosida uskunalar sotib olishni mablag’lar bilan ta’minlash;
- tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish va aylanma mablag’larni to’ldirish, xizmatlar ko’rsatish hajmini oshirishga qaratilgan kreditlar berish mexanizmlarini takomillashtish;
- mahalliy xomashyodan chet el kredit liniyalari, shuningdek milliy valyutadagi mablag’larni jalb etgan holda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan miniuskunalar yaratish amaliyoti davom ettiriladi.14
XULOSA
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtiso-diy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi lozim. Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bo`lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshi-rishga ko`maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobi-liyati va mahoratini namoyon qilish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko`paytirishga va jahon integrastiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirishga va uning huquqiy bazasi-ni mustahkamlashga davlat tomonidan katta e`tibor berilmoqda. O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya va maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikning yakka tar-tibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat ko`rsatadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o`z ifodasini topa-di. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko`p. Ularni - xususiy firmalarga; - shirkat firmalariga; - davlat korxonalariga; - aralash firmalarga ajratish mumkin. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar kichik biznes sub`ektlari bo`lib hisoblanadilar. Ulardagi xodimlarning o`rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmasligi kerak. Kichik korxonalar fuqarolar, oila a`zolari va boshqa shaxslar tomonidan, davlat, ijara, jamoa, qo`shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, xo`jalik uyushmalari, jamoat tashkilotlari tomonidan yoki mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi asosida amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi. Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilovchi mezon-lar bo`lib, xodimlar soni, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, sotish hajmi va asosiy kapitalning balans qiymati hisoblanadi. O`zbekistonda esa kichik biznesni belgilovchi mezon bo`lib, unda ishlovchi xodimlarning o`rtacha soni hisoblanadi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini amalga oshirishning tashkil etish asoslari Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Tadbirkorlik shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o'z nomidan, o'z mulkiy ma’suliyati va yuridik shaxsning yuridik ma’suliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo'jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan shug'ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag' bilan bog'liq faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |