To’rtinchi bosqichda biznes-rejaning har bir bo’limini ishlab chiqish uchun zaruriy axborotlarni to’plash amalga oshiriladi. Bu rejalashtirishning eng muhim sermehnat qismi hisoblanadi. Axborotlar manbai sifatida tarmoqning maxsus axborotnomalaridan, loyiha tashkilotlari me’yorlaridan, tahlil bilan shug’ullanuvchi maxsus firma xizmatlaridan, statistika idoralari materiallaridan, maxsus tadqiqotlar va kuzatishlardan, yuqori malakali iqtisodchilardan, maslahatchilardan hamda korxonaning ichki muhiti va o’z ishini yaxshi biladigan korxona xodimlaridan foydalanish mumkin.
Rejalashtirishning beshinchi bosqichi - bevosita biznes-reja bo’limlarini ishlab chiqish va uni yagona xujjat sifatida rasmiylashtirish
7.3. Biznes rejaning asosiy bo‘limlari
Faoliyat korsatayotgan kichik biznes korxonalari faoliyat turi, yo‘nalishi, maqsadi, faoliyat hajmi bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes-rejani ishlab chiqish bo’yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo’q. Shunday bo’lsada, zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo’lib, quyida uning ayrim variantlari keltirilgan 5(7.2-jadval).
Keltirilgan variantlardan ko’rinib turibdiki, biznes-rejaning qat’iy tartibga solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo’limlar mavjud bo’lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) kontseptsiyasi, taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o’ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta’minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan har bir biznes-reja tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni nimadan yoki qanday boshlash kerak, ishlab chiqarishni qay tarzda samarali tashkil qilish mumkin, ilk daromad (foyda) qachon olinadi, investorlar va kreditorlar bilan qanchalik tez hisob-kitob qilish mumkin, tavakkalchilik darajasi va uni kamaytirish imkoniyatlari qanday.
Biznes-rejaning har bir bo’limi o’z mazmuniga, ko’rsatkichlar tizimi va ularni hisob-kitob qilish usullariga ega bo’ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to’liqligiga putur etkazmaydi. Barcha bo’limlar o’zaro bog’liq bo’lishi hamda korxonaning potentsial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning ayrim bo’limlarini alohida ko’rib chiqamiz.
Potensial biznes hamkor biznes-rejaning berilishi bilan qisqacha tanishishi kerak, chunki u turli xil ishbilarmonlik tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi. Biznes-rejaning kirish qismida qisqacha tushuntiruv yozuvi bo‘lishi kerak.
7.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |