Venchur va innovatsiya tuzilmalari loyixaviy (dasturiy-maqsadli) tashkiliy tuzilmalarining zamonaviy ko‘rinishi hisoblanadi. Biznesda tavakkal ish innovatsiyalar, ya’ni yangi texnologiyalar, tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda qo‘llaniladi. - Loyixaviy tuzilma - bu aniq vazifani hal etish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik tashkilotdir. U funksional bo‘linma ichida tashkil etiladi. Matritsali tuzilma loyixaviy tuzilmalarining rivoji (takomili) hisoblanadi. U taqsimlashning ikki turi: vazifalar bo‘yicha va mahsulot bo‘yicha taqsimlashning uyg‘unlashuvidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |