Kibernetika


Yadro-periferiya tushunchasi. Atomistik ta'limotning mohiyati



Download 0,84 Mb.
bet80/86
Sana22.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#401634
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86
Bog'liq
sirtqi yusupova majmua

1.Yadro-periferiya tushunchasi. Atomistik ta'limotning mohiyati. Ma'lumki, moddiy va ideal dunyodagi obyektlar, tushunchalar va tasavvurlarning barchasi «yadro» (markaz) va «periferiya» (chekka) qismlardan iborat va har qanday substantning (zot) yadro va periferiya qismlari o‘rtasida doimiy va ko‘p tomonlama aloqalar mavjuddir15.

  • Tilshunoslikda til birliklari va sathlarida markaziy va quyi, chekka qismlar (sohalar) mavjudligi haqidagi qarashlarning shakllanishiga tabiiy fanlar, jumladan, kimyo va fizikadagi mavjud atomistik ta'limot turtki bo‘lgan edi. Atomistik ta'limotning ildizi qadimgi Yunoniston tamadduniga borib taqalsa-da, bu xususdagi qarashlarning rivojiga Turkistondan chiqqan buyuk mutafakkirlar Farobiy, ibn Sino, Beruniylar katta hissa qo‘shdilar16.

  • Atomistik ta'limot borliqdagi narsalarning tuzilishi va xossalarini tushuntirib berish muammosi bilan bog‘liq ravishda qadimgi Gretsiya va Rimda falsafiy muammo sifatida shakllangani va keyinchalik tabiiy fanlarga joriy etilgani ma'lum. Atomistlar («atomistik ta'limot» tarafdorlarining nomi) materiyaning parchalar va donachalardan tuzilgani va pog‘onali shaklda ekanligini da'vo qilar edilar. Jumladan, Demokrit faqat atomizmgina materiyaning xossalarini to‘la ifodalash mumkin, degan xulosaga kelgan edi. Quyidagi tamoyillar atomistik ta'limotning mohiyatini ifodalaydi:

  • 1.Yo‘q narsadan hech narsaning kelib chiqishi mumkin emas. Mavjud bo‘lgan hech narsa yo‘qolib ketmaydi, ularning doimiy o‘zgarishi bo‘linish va birlashish jarayonlaridan iborat;

  • 2.Hamma narsa atomlar va bo‘shliqdan iborat; atom va bo‘shliqdan boshqa narsalar quruq gap, aslo mavjudiyat emas;

  • 3.Atomlar miqdori va shakliga ko‘ra cheksizdir, ular o‘zlarining harakati, to‘qnashuvlari bilan ko‘rinib turgan dunyoni shakllantiradi;

  • 4. Narsalar o‘rtasidagi farq ular tashkil topgan atomlarning soni, shakli, joylashish tartibidan kelib chiqadi.

  • 5.Ruh mayda, dumaloq, silliq va birmuncha yengil va har yerda mavjud atomlardan iborat, ularning harakati esa hayotni tashkil etadi;

  • 6.Hayot va o‘lim o‘rtasidagi barcha farqlar tanadagi dumaloq atomlarning miqdori bilan bog‘liqdir17.

  • 19-asrning oxiri va 20- asr boshida atom yadrosining kashf etilishi va uning parchalanuvchan ekanligi; atomlar yadro va uning chekka qismlari –elektron, neytron, proton kabi zarralardan iboratligi, bu unsurlar yadroning musbat va zarralarning manfiy zaryadlangani tufayli dialektik birlikda ekani, yadroning parchalanishi uning bilan bog‘liq unsurlarda katta miqdordagi energiyaning ajralib chiqishi va kataklizmlarga olib kelishi kashf qilinganidan keyin boshqa fanlarda ham, shu jumladan, tilshunoslikda ham tabiiy fanlarga qiyosan «atomistik ta'limot» shakllandi, ya'ni turli til birliklarida va sathlarida asos (yadro) va chekka unsurlarni qidirish, til birliklarini atomistik ta'limotning boshqa tamoyillariga ko‘ra tahlil qilish an'anasi vujudga kela boshladi.

  • Jumladan, 1911-yilda mashhur ingliz fizik-olimi Ernest Rezenford (1871-1937) atom yadrosining planetar modelini taklif qildi. Olimning fikricha, olamning eng kichik zarrasi bo‘lgan atomning markazida musbat zaryadlangan yadro mavjud bo‘lib, u atomdan hajm jihatidan juda kichik, ammo og‘irligi jihatidan yadro atomning aksariy massasini o‘zida ifodalaydi. Shu jihatdan atom va uning yadrosi xuddi Quyosh sistemasiga o‘xshaydi, ya'ni o‘zakda bu sistemaning aksar massasini o‘zida ifodalovchi quyosh turadi va uning atrofida elektronlar (planetalar) aylanadi (keyingi betdagi rasmga qarang). Qisqasi, olimning tajriba va farazlari orqali atomning tuzilishi xususidagi ilmiy tasavvurlar shakllandi va ular quyidagi postulatlarda ifodalangan:

  • 1. Hap qanaqa modda kichik ayrim zarrachalardan tashkil topgan;

  • 2. Moddalar orasidagi farq ularni tashkil qiluvchi zarrachalar orasidagi farqqa bog‘liq;

  • 4. Bir moddani zarrachalari ham bir xil, har xil moddalarning zarrachalari esa har xil bo‘ladi;

  • 4. Har qanaqa sharoitda ham moddalarning zarrachalari harakatda bo‘ladi;

  • 5. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, ularning(zarrachalarning) harakati ham shuncha tez bo‘ladi;

  • 6. Ko‘pchilik moddalar uchun zarracha rolini – atom va uning yadrosi o‘ynaydi18.

  • Demak, yadro va periferiya ikki o‘zaro bog‘liq tushuncha bo‘lib, ular zotga xos bo‘lgan sifatlarni ifodalash nuqtai nazaridan farqlanadi, ya'ni yadro zotning asosiy xususiyatlarini ifodalaydi va u ko‘psonlidir, periferiya esa zotning kam sonli belgilarini ifodalaydi. Bu hol aslida materiyaning mavjud bo‘lishining dialektikasidir, chunki materiya (zot) bir xil xususiyatlarga ega bo‘lmagan va bir-biri bilan chambarchas bog‘langan qismlardan iborat bo‘lganidagina u hukm suradi va yashab



  • Quyosh tizimidagi yadro va periferiyani ifodalagan tizim Yer kurrasining ichki tuzilishida ham takrorlanadi: Yer ham atmosfera, gidrosfera, biosfera, litosfera, mantiya, yadro kabi qismlardan iborat ekanligi ma'lum (rasmga va manbaga qarang

  • https://slayd.arxiv.uz/index.php?do=files&op=download&fileid=61612(August, 2018)

  • Bugungi kunda fanning barcha soha va yo‘nalishlarida o‘z o‘rganish obyektlarida yadro va periferiya qismlarini aniqlash hamda bir-biriga muqoyasa etgan holda o‘rganish avj olmoqda, o‘z boshlang‘ichini tabiiy fanlardan oluvchi bu yondashuv keyingi o‘n yilliklarda asta-sekin ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasiga yoyildi. Jumladan, sotsiologiya fanida (jamiyat yoki sinflarning yadrosi va periferial qismlari), iqtisodiyot nazariyasida (iqtisod sohasining yadrosi va periferial qismlari), geoekonomikada (dunyo iqtisodining markazi bo‘lgan davlatlar va periferial davlatlar) va geopolitikada (dunyoning super kuchlari bo‘lgan rivojlangan davlatlar (yadro) va rivojlanayotgan mamlakatlar (periferiya)) tushunchalari tadqiqotlarning asosiga qo‘yilmoqda19 .

  • Albatta, tilshunoslik ham bu oqimdan chetda qolgani yo‘q. 20-asr tilshunosligi tarixiga birrov nazar tashlansa, dunyo lingvistikasi ham yadro-periferiya tamoyillarini tilni tadqiq etish ishiga tadbiq etishga ulgurgandir20 .

  • Ma'lumki, tilshunoslikdagi yadro-periferiya munosabatlariga doir qarashlar tabiiy fanlardagi «atomistik ta'limot» qiyosan shakllandi, ya'ni turli til birliklarida va sathlarida asos (yadro) va chekka unsurlarni qidirish, til birliklarini atomistik ta'limotning boshqa tamoyillariga ko‘ra tahlil qilish an'anasi vujudga kela boshladi.

  • Ko‘rinib turibdiki, atomizm tarafdorlarining manifestida atomlar borliq, hayot va hatto ruh va jonning asosiga qo‘yilmoqda va bu fikrlar bundan 2000 yil ilgari bayon qilingan. Shunday bo‘lsa-da, 19-asr oxiri va 20-asrda va bugungi kunlarda fizika, kimyo va boshqa fanlarda yuz bergan kashfiyotlar atomistlarning barcha materialist ta'limotlar kabi ilmiy haqiqatga ancha yaqin ekanligini dalili bo‘ldi. Hozirda materiyaning atomdan ham kichik, eng mayda birliklari (neytron, neytrino, kvant..) kashf etildi va ular moddiy dunyoning asosida turishi isbotlandi.

  • Rus tadqiqotchi V.G.Lisenkoning ta'biri bilan aytganda, atomistik ta'limot dunyoda mavjud bo‘lgan quyidagi oppozitiv (bir-biriga qarshi) kategorial tushunchalarni izohlab berishning kaliti sifatida shakllangan: diskretlik va muntazamlikni; butunlik va bo‘linuvchanlikni; butun va bo‘lakni; sabab va oqibatni, birlik va kokni; cheklilik va cheksizlikni; abadiylik va o‘tkinchilikni; bo‘shlik va to‘lalikni, mavjud bo‘lish va bo‘lmaslikni, paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishni. Shu bilan birga substansiya (zot), uning sifatlari va harakatlarini izohlab berish ham atomistik ta'limotga tayanadi21. Xullas, atomistik ta'limot falsafada va fanda, shu jumladan tilshunoslikda tadqiqot obyekti bo‘lgan materiya, tushuncha yoki vosita (til)ning mohiyatini teranroq yoritib berish ehtiyoji tufayli shakllangan. Tilshunoslikka atomistik ta'limotning tamoyillarini tatbiq qilish aslo tabiiy fanlar yoki falsafadagi tamoyillarni tilshunoslikka mexanik “ko‘chirish” emas, balki tilning struktur-semantik qurilishini ushbu yondashuv yordamida tekshirish va uning yangi qirralarini ta'riflab berishga urinish deb baholash mumkin.


  • Download 0,84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish