Kibernetika


-mavzu:Tilshunoslik va logopediya. Tovushlarning me'yoriy talaffuzi. Me'yoriy talaffuzga o‘rgatish



Download 0,84 Mb.
bet21/86
Sana22.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#401634
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86
Bog'liq
sirtqi yusupova majmua

3-mavzu:Tilshunoslik va logopediya. Tovushlarning me'yoriy talaffuzi. Me'yoriy talaffuzga o‘rgatish

  • Reja:

  • 1.Tilshunoslik va logopediya. Logopediya fanining maqsadi, vazifalari

  • 2.Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopediya fanining metodologik asoslari. Fan sifatida logopediyaning tamoyil va metodlari.

  • 3.Tovushlarning me'yoriy talaffuzi. Me'yoriy talaffuzga o‘rgatish

  • Tayanch tushunchalar: logopediya, sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishi, faoliyatli yondashuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish.

  • Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta'lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o‘rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o‘rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo‘shadilar.

  • «Logopediya» termini grekcha logos (so‘z, nutq), peydeo (tarbiyalayman, o‘qitaman) so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, tarjimada to‘g‘ri «nutqni tarbiyalash» ma'nosini anglatadi.

  • Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o‘qitish va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o‘rganish ob'ekti – nutq nuqsoniga ega bo‘lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasidan biroz bo‘lsa ham chetga chiqish – bu nutq nuqsoni deb hisoblanadi.

  • Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli, maktab bolalar logopediyasi, o‘smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo‘linadi.

  • Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni o‘qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, Shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani optimizm va chuqur insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgandir. U nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi.

  • I.P. Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o‘zaro ta'sir haqidagi, shartli reflektorlik aloqalarining shakllanish qoidalari haqidagi nazariyalari, P.K. Anoxinning funksional tizimlar haqidagi ta'limoti, ruhiy funksiyalarni dinamik tarzda cheklash haqidagi ta'limot (I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, A.R. Luriya) va nutq faoliyatining zamonaviy neyropsixolingvistik nazariyalari haqidagi ta'limot logopediyaning tabiiy-ilmiy, psixofiziologik asosidir.

  • I.P. Pavlov ta'limotiga muvofiq nuqt bosh miyaning murakkab psixologik funksiyasini, uning ikkinchi signal tizimini o‘zida namoyon etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Ikkinchi signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi. Ammo keyinchalik ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimiga tartibga soluvchi ta'siri namoyon bo‘ladi. So‘z alohida xususiyatning signali, umumlashtirish, mavhumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari orasidagi o‘zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o‘rnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi.

  • Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

    1. Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o‘rganish.

    2. Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash.

    3. Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o‘z-o‘zidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, Shuningdek, nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli ko‘rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, o‘zlarini tutishlariga ta'sirini aniqlash.

    4. Rivojlanishida turli xil farqlar bo‘lgan bolalarda (eshitish, ko‘rish, fikrlash qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o‘rganish.

    5. Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va alomatlarini aniqlash.

    6. Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab chiqish.

    7. Nutq buzilishlarini tartibga solish.

    8. Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish.

    9. Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish.

    10. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.

    11. Logopediyaning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yo‘nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni – nutq buzilishlarini o‘rganish, hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni – nutq buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bog‘langandir. Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

    1. fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni o‘rganuvchi ko‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilShunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish;

    2. nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi hamkorlikni ta'minlash;

    3. nutqning buzilishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini amalga oshirish;

    4. nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‘rtasida logopedik bilimlar targ‘ibotini olib borish. Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta'sir kuchini belgilaydi.

    5. Logopedik ta'sir etishning asosiy yo‘nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa, nutqqa ta'sir etuvchi harakatlarni bilish, ayniqsa, tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini rivojlan-tirish; Shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish; ijtimoiy muhitga ta'sir etish nazarda tutiladi.

    6. Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini to‘g‘rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta'sir qilishning muhim maqsadi bo‘lgan shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beradi.

    7. Logopediyaning ahamiyati. Logopediya fan sifatida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning nutqi, tafakkuri va butun ruhiy faoliyatning chambarchas bog‘liqligi bilan belgilanadi. Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o‘zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o‘xshash emas va ma'lum darajada bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo‘ladi.

    8. Nutqiy muomala qobiliyatini o‘zlashtirish o‘ziga xos insoniy, ijtimoiy aloqalar uchun zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shakllandi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.

    9. Bolaning nutqni o‘zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash, rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala faoliyatning turli shakllarini rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok etish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi.

    10. U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga bog‘liq holda) bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta'sir etadi, uning faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. Og‘ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga, ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta'sir etishi mumkin. Bu nutq va tafakkurning chambarchas bog‘liqligi, ijtimoiy, jumladan nutqiy aloqalarning cheklanganligi bilan bog‘langandir. Bu jarayonda bolaning atrof-muhitni idrok etishi amalga oshadi.

    11. Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi, aslida bo‘lmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-irodaviy sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi salbiy fazilatlar (tortinchoqlik, qat'iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nomukammallik tuyg‘usi)ning rivojlanishi uchun yo‘l ochib berishi mumkin.

    12. Bularning barchasi savodxonlikni egallashga, umuman o‘zlashtirishga, kasb tanlashga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Demak, logopediya fanining ahamiyati bolaning nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har tomonlama rivojlanishini ta'minlashdan iboratdir.


    13. Download 0,84 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish