13-mavzu. Tilshunoslikning tabiiy fanlarga ta'siri
Tabiiy fanlar. Atamalar tizimi. Ilmiy-texnik atamalar. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida atama hosil qilish. Chetdan so‘z olish orqali atama hosil qilish.
IV.Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” tanlov fanining mohiyati, uning asosiy tushunchalari, yo‘nalishlari, onomastik birliklarning turlari, ularning matndagi qo‘llanish xususiyatlari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab ishlab chiqiladi. Unda bakalavr talabalar o‘zbek onomastikasi bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tahlil orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va qo‘llanmalar asosida bakalavr talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, matn ustida ishlash, mavzular illyustrativ materiallar, test savollari tuzish tavsiya etiladi.
Amaliy mashg‘ulot uchun tavsiya etiladigan mavzular quyidagicha:
1.Fan va uning paydo bo'lishi. Fan tushunchasi. Fanlar sistemasi. Bilish va uning turlari.
2.Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o‘rni. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Tilshunoslik va falsafa. Dialektal kategoriyalar va tilshunoslik. 4.Tilshunoslikning mantiq bilan munosabati.Mantiqiy va grammatik kategotiyalarning o‘xshash va farqli jihatlari.
5.Tilshunoslikning sotsiologiya bilan munosabati.
6.Sotsiolinvistika. Sotsiolingvistikaning o‘rganish obyekti, maqsad va vazifalari.
7.Nutq tovushining biologik aspekti. Nutq organlari fiziologiyasi. Nutq organlari anatomiyasi. Nutq organlarining ijro kechimi
8.Logopediyaning o‘rganish ob'yekti. Tovushlarning me'yoriy talaffuzi. Me'yoriy talaffuzga o‘rgatish.
9.Afaziya va uning turlari. Markaziy nerv sistemasi. Chegara nerv sistemasi.
10.Tilshunoslikning kimyo bilan munosabati.Atom-molekulyar ta'limot va tilshunoslik.
11.Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. Verbosentrik nazariya. Birikish xususiyati.Faol va nofaol valentlik.
12.Akustika va tilshunoslik.
13.Tilshunoslikda maydon nazariyasi.
14. Matematik tavsiflash usullarini o‘rganish. Bevosita ishtirokchilar grammatikasi, tobelik grammatikasi, firmal grammatika.
15.Belgi va uning turlari: tabiiy va sun'iy, sanam, indeks belgilar va kommunikativ belgilar va hk.Til belgilar tizimi ekanligi. Lingvistik belgilar. Semasiologiya.
16.Tilshunoslik va geografiya. Izoglassa va til landshafti.
Izoh: Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |