Agar so‘ralayotgan axborot maxfiy bo‘lsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetishi mumkin bo‘lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin. So‘ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar so‘rov bilan murojaat etgan shaxsga so‘rov olingan sanadan e’tiboran besh kunlik muddat ichida yuboriladi. Rad etish to‘g‘risidagi xabarda so‘ralayotgan axborotni berish mumkin emasligi sababi ko‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |