Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni so‘rayotgan shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to‘g‘risida xabardor etishi shart. - Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslaningdek o‘z so‘roviga haqqoniy bo‘lmagan axborot olgan shaxslar o‘zlariga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi huquqiga ega.
Kiberjinoyatchilikka qarshi yurtimizda olib borilayotgan ishlar. Shu kabi jinoyatlar, qotillik va o’zini o ldirishga undovchi harakatlarga qarshi kurashish borasida respublikada eng avvalo bularning asosi bo’lgan axborot tarmoqlari, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha normativ-huquqiy bazalar yaratilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 29-moddasida “Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni targatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir”, deb belgilab qo’yilgani bu sohada tashlangan ilk muhim qadam bo’ldi. - 2003-yil 11-dekabrda “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi va 2007-yil 27-dekabrdagi “Ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunga muvofiq Jinoyat kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlar bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi.
Bundan tashqari, 2018-yil 23-iyul kuni Toshkent shahrida 5 ta avtotransport vositasi davlat ragamlari o’g’irlanib, jabrlanuvchilardan davlat raqamlarini qaytarish evaziga Internet tarmog’idagi QIWI va WEB money elektron tizimlari orqali pul talab qilgan. Ko’rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi 19 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlanib, qo’lga olindi. Bundan tashqari, 2018-yil 23-iyul kuni Toshkent shahrida 5 ta avtotransport vositasi davlat ragamlari o’g’irlanib, jabrlanuvchilardan davlat raqamlarini qaytarish evaziga Internet tarmog’idagi QIWI va WEB money elektron tizimlari orqali pul talab qilgan. Ko’rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi 19 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlanib, qo’lga olindi. - Shuningdek, bo’linma faoliyati davomida axborot texnologiya vositalarini virus va zararli dasturlar targatish orqali shikastlash holati ham aniqlangan. Jumladan, 2018-yilning 4-oktabr kuni Internet tarmog’idagi Telegram mesendjeridagi “Bollar Va Qizlar” nomli 374 mingdan ortiq a’zolari bo’lgan kanaldan telefon va kompyuter vositalariga zarar keltiruvchi dasturlar targatilgan. Ko’rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg’ona viloyatida yashovchi M.V. Sodir etganligi aniqlanib, qolga olindi.
Xulosa - Xulosa qilib aytganda, tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida bu kabi xurujlar, kiberjinoyatlardan saqlanish, ularga qarshi kurashish uchun har bir shaxsning hushyor va ogoh bo’lishini davrning o’zi tagozo etmoqda. Shuningdek, hozirgi kunda qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyati to’g’risida yoshlar orasida profilaktika-tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Etiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |