Kiber-jinoyatlar yangi zamon, yangi muammo mart 26, 2010



Download 28 Kb.
Sana28.01.2022
Hajmi28 Kb.
#414631
Bog'liq
Kiber-jinoyatla


Kiber-jinoyatlar - yangi zamon, yangi muammo
mart 26, 2010
Kiber-jinoyatchilik nisbatan yangi tushuncha bo'lsada, ko'plab davlatlar iqtisodiyotiga qimmatga tushayotgan muammo.

Jinoyat quroli – internet va eng so’nggi raqamli texnologiyalar. Mamlakatning harbiy, strategik tarmoqlarini ishdan chiqarish salohiyatiga ega.

Buzg’unchi-xakerlarni topib jazolash esa oson ish emas, chunki ular davlatdan doimo bir qadam oldinda.

Bugungi hayotni zamonaviy texnologiyasiz tasavvur qilish qiyin. Uyali aloqa va internet dunyosidagi so’nggi kashfiyotlar uzoqni yaqin, og’irni yengil, biznes imkoniyatlarni esa kengaytirgan.

Biroq bu qulayliklar boshqa bir sohaga e’tibor qaratmoqda. Kiber-xavfsizlik har bir davlat uchun strategik masala. Avval asosan davlat sirlari va yuqori texnologiyalar nishonga olingan bo’lsa, hozir jinoyatchilar mo’ljalni kengroq olmoqda, deydi AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FBR) rahbari Robert Myuller.

“Google qidiruv tizimiga bo’lgan hujumlardan bilamizki, nafaqat hukumatlar, balki xususiy kompaniyalar ham bu tahdid oldida ojiz. Global iqtisodiy integratsiya bizga ko’p eshiklarni ochib berdi, jinoyatchilarga esa yangi imkoniyatlarni”, - deydi Myuller.

Ustunlik buzg'unchi-jinoyatchilar tomonida

Qidiruv tizimi bilan mashhur Google korporatsiyasi yaqinda u yuritadigan sistemalar nishonga olingani haqida xabar topdi. Jinoyat Xitoydan turib amalga oshirilgan.

Gap intellektual mulk, mualliflik huquqi va uni o’zlashtirishga urinish haqida ketmoqda. Google qatorida Yahoo, Dow Chemical va Northrop Grumman kabi 20 dan oshiq boshqa yirik kompaniyalar ham xurujlardan shikoyat qiladi.

Internetda biznes yuritish xavfli bo’lib qolgan, deydi mutaxassislar.

“Masalani qay jihatidan olib qaramang, ustunlik buzg’unchi-jinoyatchilar tomonida”, - deydi ekspert Larri Klinton. “Qonunlar sust. Sohani yaxshi biladigan mutaxassislar kam. Xurujlarni uyushtirish oson va arzon. Qo’lidan kelgan odam katta mukofot oladi”.

Buning ustiga, o’tgan yillar ichida himoya texnologiyalari bobida uncha yangilik bo’lgani yo’q. Internet - xakerlar uchun cheksiz imkoniyatlar dunyosi.

“Vaziyat juda murakkab. Hisoblarga ko’ra o’tgan yili Amerika bizneslari qariyb bir trillion dollarga teng intellektual mulkidan ayrilgan. Internet sekinligi, eski texnologiyalar ham katta muammo”.

Himoya mexanizmlari

Rendi Vikers AQSh Ichki xavfsizligi vazirligida shu masala bilan shug’ullanadi. Uning aytishicha, xuruj qayerda rejalanib, uni kim amalga oshirmoqda, buni aniqlash mushkul vazifa.

“Zarur resurslar bo’lmasa, qidiruv somon ichidan nina qidirish bilan barobar. Hukumat buyurtmasi asosida ishlayotgan maxsus xizmat bo’lishi mumkin, yoki zimdan ish yuritayotgan boshqa bir idora. Birovni devorga taqash qiyin”.

Jumboq kaliti, deydi Vikers, jinoyatlarni bir-biriga qiyoslashda.

“Ma’lumotni bir joyga to’plab, tahlil qilib, jinoyatchini izidan axtarib boramiz. Juda mayda ish, tinimsiz surishtiruv talab qiladi. Bu ishda maqsadni aniqlash juda muhim. Bu bir guruh faollarmi yo hukumat? Yoki uyidan turib, mohirligini namoyish etayotgan bir talaba bo’lsachi?”

Prezident Barak Obama nazarida kiber-xavfsizlik XXI asrning eng dolzarb muammolaridan biri. Yadro va ommaviy qirg’in qurollaridan qolishmaydi.

Amerikadek, odamlar hayotini kompyutersiz tasavvur qila olmaydigan jamiyatda, internet xavfsizligi ham birinchi o’rinda. Obama ma’muriyati o’tgan yili yangi idora ochib, bu vazifani unga yuklagan.

“Mustahkam tizim butun jamiyatga foyda, chunki internet texnologiyalar kirib bormagan soha-sanoatning o’zi yo’q”, - deydi internet xavfsizligi bo’yicha ekspert Larri Klinton. “Buzg’unchi virus-programmalar bir kompyuterdan ikkinchisiga ko’chib yurishi sir emas. Demak himoya tizimi barchani qamrab olishi kerak”.

Qo'shma Shtatlar internetdagi jinoyatlarga qarshi kurashga zo'r bermoqda, ammo bir paytning o'zida global tarmoqda erkinlikni ham targ'ib qilmoqda.

Internet erkinligi - inson erkinligi

Har bir shaxs undan axborot olish huquqiga ega. Oqni qoradan ajratish xalqning o'ziga havola, ammo hamma uchun internetga kirish imkoniyati yaratib berilishi kerak, degan siyosat olg'a surilmoqda.

Axborot chegara tanlamaydi, virtual to’siqlarni tan olmaydi. O’tgan yili Eronda hukumatga qarshi namoyishlarda yosh ayolning otib o’ldirilishi butun dunyoni larzaga soldi. Qo’l telefoniga yozilgan fojia bir zumda internetga yo’l topgan.

Birmada 2007 yilgi ommaviy qo’zg’olon … uni bostirishga safarbar etilgan harbiylar namoyishchilarga qarata o’t ochgani hech kimga sir emas. Tasvirlar internetda fosh etildi.

Bugungi kun axborot tizimlari, deydi Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton, kurrai zaminni bamisoli nerv sistemasi harakatlantirib turadi.

“Hatto avtoritar jamiyatlarda ma’lumotni xalqdan yashirishga qanchalik harakat qilishmasin, kerakli axborotni baribir topib olishyapti”, - deydi Xillari Klinton.

Global miqyosda so’z erkinligi uchun kurashib kelayotgan xalqaro tashkilotlar Barak Obama ma’muriyati masalaga shunchalik ahamiyat qaratayotganini olqishlaydi.

“Tarixda bunaqasi hali bo’lmagan. Internetga kirib, ma’lumot olish har bir shaxsning uzviy huquqi deb tan olinyapti. Amerika tashqi siyosatida belgilab qo’ygan qator vazifalarni, huquq himoyasi bo’ladimi yoki iqtisodiy taraqqiyot, internet erkinligisiz ularni amalga oshirish qiyin”, - deydi Demokratiya va Texnologiya markazi tadqiqotchisi Sintiya Vong.

Eng mustahkam qulflar ham buziladi

Amerikaning yirik internet kompaniyasi Google va Xitoy hukumati o’rtasida kechayotgan bahslar mavzusi ham shu. Kompaniya senzura va kiber-xurujlardan shikoyat qilib, Xitoydagi idorasini yopishga qaror qilgan. Har bir kompaniya, deydi Xitoy rasmiylari, mahalliy qonunlarga bo’ysunishi shart.

Rasmiy Pekin nazarida Amerika hukumati ham butun dunyoga erkinlik haqida jar solib, o’z qarashlarini boshqalarga o’tkazish harakatida. Lekin osiyoshunos olima Rebekka Makkinnon tahlil qilishicha:

“Internetda xitoyliklar orasida bo’layotgan suhbatlarni kuzatsangiz, aniq bir xulosaga kelasiz: Internetdan foydalanuvchilar Google bilan juda yaxshi tanish. Kompaniya AQShda joylashganini hamma biladi. Xitoyda Amerika tashqi siyosatini tanqid qiladiganlar ko’p, lekin internetga kirib-chiqib yurganlar Google-dan har kuni foydalanadi, kompaniyaning hurmati bor”.

Google Xitoy bozorida yuzlashayotgan muammolar sabab, deydi tahlilchi Stiven Yeyts, internet erkinlikligi yuzasidan bahs-munozara qizimoqda.

“Xitoyda huquq oyoq osti bo’layotgani, hukumat fuqarolar hayotini to’la nazorat qilishga urinishi yangilik emas. Masala boshqa bir jihati bilan muhim. Hukumat buni tushunib, bila turib, qilayotgani yanada ayonlashdi. Rasmiy Pekin buni istamagan edi”, - deydi Yeyts.

Tahlilchilar fikricha, Amerika bosimi ostida avtoritar rejimlar internet eshiklarini qattiqroq yopsa ajabmas. Lekin, deydi Rebekka Makkinon, har narsaning chegarasi bor. Eng mustahkam qulflar ham buziladi.

“Qator boshqa jamiyatlar qatorida Xitoy ham internetga filtr qo’yib, undagi ma’lumotni cheklab, ichki iste’mol uchun moslashtirib olgan. Lekin, to’g’risi, global sahnada yetakchi bo’laman degan davlatga bu yarashmaydigan ish”. Internet qanchalik bosim ostiga olinmasin, yopiq jamiyatlar uchun dunyoga darvoza. To’siqlarni yorib o’tish kuchiga ega. Shu bois Amerika internet kompaniyalariga Kuba, Sudan va Eronga internet orqali xizmat ko’rsatishga ruxsat berilgan. Bu davlatlar bilan savdoning boshqa turlari cheklov ostida.



Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton nazarida, iqtisod nuqtai nazaridan siyosiy va tijoriy senzura jamiyatga birdek ziyon. Mahalliy bizneslar global muhitdan xabardor bo’lsagina chet el kompaniyalari bilan raqobatlasha oladi.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish