O’qitish metodlari
Dars berish metodi
|
O’rganish metodi
|
Axborot berish – bayon qilish
|
Ijro etish
|
Tushuntirish
|
Reproduktiv
|
Ko’rsatma berish – amaliy
|
Produktov – amaliy
|
Tushuntirish – ishontirish
|
Qisman ijodiy
|
Ishontirish
|
Ijodiy
|
O’qitishning polinar, ya’ni ko’pqirrali tasnifi bilimlar manbai, bilish faolligi darajasi, o’quv bilimlarining mantiqiy yo’llari va o’qitishning monologik, hamkorlik va dialogik metodlar yiindisidan tarkib topadi (2-jadval).
2-jadval
Monologik metodlar
|
Hamkorlik metodlari
|
Dialogik metodlar
|
Ma’ruza
|
Individual (o’zaro)
|
Suhbat
|
Hikoya
|
Guruhli
|
Munozara
|
Namoyish qilish
|
Frontal
|
Muzokara
|
|
Jamoa (kollektiv)
|
|
Pedagogik adabiyotlarda oliy ta’lim muassasalarida o’qitish metodlarining quyidagi uch guruhi mavjudligi bayon etilgan:
o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari ( -jadval);
o’quv-bilish. faoliyatini motivastiyalash va stimullash metodlari (-jadvach);
o’quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish ( 3-jadval).
3-jadval
O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari hamda asoslari
Ifodali, ko’rgazmali, amalii metodlar
|
Induktiv va deduktiv metodlar
|
Reproduktiv va muammoli- ijodii metodlar
|
O’qituvchi rahbarligida mustaqil ish metodlari
|
Manbalar
|
Mantiq
|
Tafakkur
|
Boshqaruv
|
4 -jadval
O’quv-bilish faoliyatini motivainyalash va stimullash metodlari
O’rganishga qiziqish uyotishni stimullash va motivastiyalash metodlari
|
O’rganishda burch va mas’uliyatni stimullash va motivastiyalash metodlari
|
5-jadval
O’quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o’z- o’zini nazorat qilish metodlari
Ogzaki nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari
|
Yozma nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari
|
O’z-o’zini nazorat qilishning laboratoriya-amaliy metodlari
|
Shunday qilib, kasbiy ta’lim didaktikasi tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilgan metodlar va alohida funkstional yondashuv metodlari tizimini yaratish uchun tegishli ta’lim muassasasidagi pedagogik faoliyat asos bo’lib xizmat qiladi. Unda qo’llaniladigan kasbiy ta’lim metodlari didaktik maqsadlarga erishishning nisbatan alohida yo’llari va metodlari sifatida namoyon bo’ladi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, nafaqat dars berish usullari va uslublarini birlashtiradi, balki ular bilimlarni o’zlashtirishning o’quv va ilmiy faoliyatga yo’naltirilgan tizimini ham anglatadi. Shunday savol tug’iladi: oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlari maktab, akademik listey va kasb-hunar kollejidagi o’qitish metodlaridan qay jihatlari bilan farqlanadi?
Maktab, akademik listey va kasb-hunar kollejida fan asoslari o’rganiladi. Oliy ta’lim muassasasida talaba zamonaviy fanni o’rganadi va ixtisoslik bo’yicha ta’lim oladi. Shuning uchun ham oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlari bilimlarni etkazish va anglashning usullarigina emas, balki fan taraqqiyoti jarayoniga tobora kirib borish, uning metodologik va g’oyaviy asosini ochish metodi hamdir.
Oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlarini asoslashda didaktika bilan shug’ullanuvchi olimlar oliy ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayonining o’ziga xos xususiyatlari va talabalarning bilish faoliyatini qamrab oladilar hamda talabalarning kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi masalalariga katta ahamiyat beradilar. Talabalarning faol ijodiy bilish faoliyati hamda ularning mustaqil ishlaridan iborat kasbiy ta’lim jarayoni ta’lim metodlarining o’qitish metodlari va o’rganish metodlaridan iborat ikki guruhini bir-biridan farqlashni taqozo qiladi:
O’qitish metodlari bilimlarni berish usullari sifatida qaraladi va talabalarning ilmiy bilish faoliyatiga rahbarlik qilishga qaratilgan bo’ladi hamda o’quv jarayonida pedagogning talabalarga ta’sir ko’rsatish usullarini shakllantiradi.
O’rganish metodlari bilim, malaka va ko’nikmalarni ijodiy egallashga hamda metodik va g’oyaviy-siyosiy e’tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim xususiyati o’quv jarayonini tashkil etishda namoyon bo’ladi. Bunda maktab, akademik listey, kasb-hunar kollejidagi ta’lim metodlarini belgilash va o’qitish shakllarini ham tashkil qilishni tavsiya etadi. Oliy ta’lim muassasalarida ushbu o’qitish metodlari va shakllari qo’shilib ketadi, ya’ni oliy ta’lim muassasalaridagi dars berish metodi ayni zamonda o’qitishniig tashkiliy shakli ham hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlari o’ziga qo’shimcha yuklama-mashg’ulotni tashkil etishni ham qamrab oladi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi O’qitish metodlari tasnifi masalasi o’zining dolzarbligini saqlab qoladi. Oliy ta’limdagi o’qitish metodlari tasnifiga didaktik yondashuvlar, umumdidaktik yondashuvlarga monelik qilmaydi, balki ularni rivojlantiradi. Ular oliy ta’lim tizimidagi o’quv jarayonining xususiyatlari, ularning didaktik vazifalari xarakteriga asoslanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish va o’rganish metodlari quyidagi keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi:
Bilimlarni berish, idrok etish va o’zlashtirish hamda e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Bu metodlarga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil ta’lim olish bo’yicha ishlari, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko’rsatma berish, ommaviy axborot vositalari, dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi.
Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish hamda e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari: Bunga seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o’quv xonalaridagi dasturlashtirilgan mashg’ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o’quv jarayonining reyting baholari, kollokviumlar, suhbat o’tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda davlat attestastiyasi natijalarini bah
Bu tasnif konkret metodlar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim sifatlar asosiga qurilgan. Bunda ushbu tasnif bo’yicha birinchi guruhdagi shunday sifatlarga bilimlarni idrok qilish va o’zlashtirish, ikkinchi guruhga – tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhga esa – attestastiya va bilimlarni aniqlash taalluqlidir.
Oliy ta’lim tizimidagi o’qitish metodlari tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi:
metodlar tizimi ta’limiy funkstiyaga ega bo’lishi lozim. Bu didaktik maqsadlar va o’qitish vazifalariga erishishning eng qulay usulidir;
metodlar tizimi tarbiyalash-rivojlantirish funkstiyasiga ega bo’lishi lozim. Bunda talabalarning mustaqil ishlari, vazifalari, ularning ishga ijodiy yondashuvi hal qilinadi, talabalarning shaxsiy sifatlari, bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashga bo’lgan extiyojlari shakllanadi hamda ularning diqqati, irodasi, hissiyoti, xotirasi, tafakkuri o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |