1.Logistik tizim. Logistik tizim u yoki bu logistik funksiyalami citnalga oshiruvchi, teskari aloqaga ega boigan oddiy tizimdan iborat. U, asosan, bir nechta tizim ostilardan tashkil topadi va la.shqi muhit bilan rivojlangan aloqalarga ega bo‘ladi.
Logistik tizimlar mikro, mezo va makrologistik tizimlarga bo'linadi.
Makrologistik tizim — bu mamlakatning har xil mintaqalarida voki har xil mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari va tashki- lotlarini, turli xil sohalarda ish yurituvchi vositachi, savdo va Iransport tashkilotlarini qamrab oluvchi moddiy oqimlami bosh- qarish tizimidir. Makrologistik tizim mintaqa, mamlakat yoki inamlakatlar guruhi iqtisodiyotining infrastrukturasini tashkil etadi.
Makrologistika darajasida logistik tizimlarning uchta turi ajratiladi:
to‘g‘ri aloqali - moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib berish to‘g‘ri xo'jalik aloqalari asosida amalga oshiriladi;
eshelonlashtirilgan — bunday tizimlarda moddiy oqim ishlab chiqamvchidan iste’molchiga yetib borgunicha kamida bitta vositachi korxonadan o'tadi.
egiluvchan — bunday hollarda moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib berish ham to‘g‘ri aloqalar, ham vositachi korxo- nalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, ehtiyot qismlari bilan ta’minlash: kam talab etiladigan qismlar to‘g'ridan-to‘g‘ri markaziy omborxonadan qabul qiluvchiga borib tushuriladi, standart qismlar esa vositachi korxonalar omboridan tushuriladi.
Mezologistika — tannoqning bir necha korxonasini bir tizimga integratsiya qilish sohasi.
Mikrologistik tizimlar makrologistik tizimiarning strukturaviy tashkil etuvchilari, ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimiarning sinflaridir, ulaming tarkibiga bir butun infrastruktura bilan birlash- tirilgan ishlab chiqarishning texnologik bog‘lovchilari kiradi (ishlab chiqarish va savdo korxonalari, territorial (hududiy) ishlab chiqaruvchi komplekslar).
Mikrologistika — lokal masalalarni alohida bo‘g‘in va logistika elementlari darajasida, moddiy va axborot oqimlarini ichki ishlab chiqarish darajasida hal etadi. Bu korxona ichida amalga oshiriladi.
2. Logistikaning asosiy maqsadi iste’molchiga kelishilgan vaqtga kerakli mahsulot (tovar)ni, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni minimal xarajat qilgan holda yetkazib berishdan iborat.
Material, xomashyo, tayyor mahsulotni aniq, o‘z muddatida yetkazib berish butun bir iqtisodiy tizimning ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, moddiy zaxiralar, ularni shakllantirish va saqlash bo‘yicha xarajatlar, ishlab chiqarish va muomala xarajatiarini qis- qartirishga imkon tug‘diradi.
Logistika ham marketing kabi iste’molchi manfaatidan kelib chiqib, quyidagi oltita shart bajarilganda logistika t'aoliyatining maqsadiga erishildi, deb hisoblanadi:
zarur tovar;
talabga muvofiq sifatli;
zaruriy miqdorda yetkazib berilgan;
kelishilgan vaqtda;
zaairiy joyga;
()) minima] xarajatlar bilan.
Logistikaning global maqsadi — siklni qisqarlirish, zaxiralami Limaytirish bo‘lib, bunga ishlab chiqarish bosqichida jarayonlarni smxronlashtirish hisobiga, moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, o‘z-o‘zini boshqarish hisobiga (ishlab chiqarish biron- lhi mahsulotga bo‘lgan talabga muvofiq ishlaydi) erishiladi. laqsimot boshqaruvini tashkii etish, moddiy oqimning o‘tib horishini tezlashtirish va sotilishini ta’minlash tashkiliy yo‘nalishga kiradi.
Shunday qilib, tashkiliy yo'nalish logistikaning funksional ■.ohasi bo‘lib, moddiy oqimlarning harakatini olib boradi va
minot hamda sotuvni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |