J.M.Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u birinchi bo’lib makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni bayon qilib berdi, bunda u hukumron bo’lgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. Firmaning (mikroiqtisod) rivojlaanishi sharoiti bir butun milliy iqtisodiyotning (makroiqtisodiy) rivojlanish sharoitini belgilab berolmasligini ko’rsatib berdi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o’z ichiga oladi: birinchidan, o’z-o’zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida bo’ladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi. J.M.Keyns klassiklarning iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblash mexanizmini tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal qilmasligini, iqtisodiyotni davlat yordamida tartiblash mumkinligini ko’rsatib, «davlat iste’molga bo’lgan moyillikka o’zining rahbarlik ta’sirini qisman muvofiq ravishdagi soliq tizimi, qisman foiz normasini belgilash yo’li bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan o’tkazishi lozim bo’ladi», deb yozadi. J.M.Keyns fikriga ko’ra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalari yordamida vositalarni qidirishga, aholining to’la ish bilan bandligiga erishishga, foiz normasini pasaytirish va belgilashga bog’liq. - J.M.Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u birinchi bo’lib makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni bayon qilib berdi, bunda u hukumron bo’lgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. Firmaning (mikroiqtisod) rivojlaanishi sharoiti bir butun milliy iqtisodiyotning (makroiqtisodiy) rivojlanish sharoitini belgilab berolmasligini ko’rsatib berdi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o’z ichiga oladi: birinchidan, o’z-o’zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida bo’ladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi. J.M.Keyns klassiklarning iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblash mexanizmini tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal qilmasligini, iqtisodiyotni davlat yordamida tartiblash mumkinligini ko’rsatib, «davlat iste’molga bo’lgan moyillikka o’zining rahbarlik ta’sirini qisman muvofiq ravishdagi soliq tizimi, qisman foiz normasini belgilash yo’li bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan o’tkazishi lozim bo’ladi», deb yozadi. J.M.Keyns fikriga ko’ra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalari yordamida vositalarni qidirishga, aholining to’la ish bilan bandligiga erishishga, foiz normasini pasaytirish va belgilashga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |