Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli


Moliya genezisi (taraqqiyoti)



Download 274,5 Kb.
bet5/5
Sana18.07.2022
Hajmi274,5 Kb.
#819602
1   2   3   4   5
Bog'liq
Молиядан (2)

4. Moliya genezisi (taraqqiyoti)
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar (tuzumlar) bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari bilan farqlanadi. O’z navbatida, yangi ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Alohida olingan davlatda o’zgarishlar yuqoridagidek ketma-ketlikda va bog’liqlikda sodir bo’lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy qonuniyat xususiy holatlarga bog’liq bo’lmaydi. Har bir ijtimoiy formatsiya va shunga muvofiq ravishda, shu formatsiyadagi (tuzumdagi) davlatga ma’lum bir moliyaviy tuzilma javob beradi (mos keladi). Turli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda (tuzumlarda) moliyaning farq-lanishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi:

  • har qanday ijtimoiy formatsiyaga (tuzumga) jamiyatning o’z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;

  • har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada (tuzumda) moliya hukmron sinfning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bo’ysunadi;

  • ishlab chiqarishning yangi usuli xo’jalik munosabat-larining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodal formatsiyalarda (tuzumlarda) natural munosabatlar xos bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo’jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllan-tirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;

  • agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi;

  • XX asr tajribasi ogohlantiradi (o’qitadi, ta’lim beradi, tarbiyalaydi):

- aniq sinflarga bo’lingan davlat mavjud bo’lmaydi;
- turli ijtimoiy tuzilmaga ega bo’lgan davlatlar bir tarixiy davrda bo’lishi mumkin;
- bir ijtimoiy-tarixiy formatsiyadan (tuzumdan) ikkin-chisiga o’tish asrlar davomida sodir bo’lishi mumkin;
- faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalarning emas, balki moliyaning ham eksport qilinish ehtimoli mavjud.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan mamlakatlarda ham pul o’zining barcha funktsiyalarini bajaraolmagan. Shunga mos ravishda pul munosabatlarining tizimi sifatida moliya ham eng umumiylik kasb etaolmagan. Ibtidoiy-jamoa tuzumining xo’jalik tuzilmasi to’g’risida aniq ma’lumotlar mavjud bo’lmaganligi uchun gumon (taxmin) qilish mumkinki, doimiy davlat apparati yo’q bo’lganligi uchun ana shunday davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish ham bo’lmagan. Davlat apparatining shakllanishi, unga tegishli bo’lgan funktsiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qo’shinlarga asos solinishi, yo’l qurilishining jorish etilishi bilan moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining asosiy manbalari kontribu-tsiyalar, harbiy o’ljalar, natural soliqlar va boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr mobaynida aholining qandaydir guruhlari pul ko’rinishidagi soliqlarni to’lagan bo’lishi mumkin. Shunday bo’lishiga qaramasdan, quldorlik formatsiyatsiyasida (tuzumida) pul ko’rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik xarakteriga ega edi. Xuddi shuningdek, natural xo’jalik yuritishga asoslangan feodalizmda ham pullik soliqlar ustuvorlik kasb qilishi mumkin emas edi.
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qo’lida katta miqdordagi pul resurslarining to’planishga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi mulkdorlariga, burjuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va preferentsiyalari, to’siqli bojxona bojlari va soliq immunitetlari kapitalning jamg’arilishiga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamg’a-rilgan kapital endigina tug’ilib kelayotgan sanoat sari yo’l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Va nihoyat, hukumat, uzluksiz feodal urushlarini olib borib, qurol-yaroq, harbiy inshootlar, flotni qurishning buyurtmachisi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq tizimi orqali qayta taqsimlab kapitalning sanoatda to’planishiga (jamg’arilishiga) olib keldi (imkon berdi). Kapitalning jamg’arilishiga sanoatning rivojlanishini rag’batlantirgan, burjuaziyaning mustahkamlanishiga sharoit yaratib bergan mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam berdi.
Moliyaga bag’ishlangan ishning birinchi evropalik muallifi Ksenofont (eramizdan avvalgi 430-355 yillar) hisoblanadi. Uning shu xususdagi asari “Afina respubli-kasining daromadlari to’g’risida” deb nomlangan. Aristo-telda (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) moliya sohasidagi qarashlar uning “Afina davlat tuzilmasi” deb nomlangan asarida bayon qilingan. Eramizning 948 yilida soliqlar to’g’risida asar yozgan Qadam ismli arab olimining nomi ham fanda ma’lum. Moliya muammolari bilan shug’ullangan evropalik olimlarning uzoq ro’yxatini F.Akvinskiy (1225-1274 yillar) boshlab beradi. U ilk marta qirolning soliqlarni undirish borasidagi huquqini asoslashga uringan.
Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga F.Petrarka, D.Karaf, Bernardo, F.Gvichchardini, Dj.Botero, N.Makiaveli va boshqa italiyaliklarni kiritish mumkin.
XVII asrda moliya nazariyasining rivjlanishiga ingliz iqtisodchilari katta hissa qo’shgan. Ularning orasidan T.Men, Dj.Lokk, T.Gobbs, P.Gautonlarni alohida ajratib ko’rsatish kerak.
L. fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.Yusti va I.Zonnenfels kabi nemis olimlari XVII-XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar. Ular adabiyotlarda kameralistikaning nemis maktabi vakillari sifatida kiritilgan. I.Yusti 1746 yilda nashr etilgan “Moliya mohiyatining tizimi” asarida moliya to’g’risidagi kameralistik maktab vakillarining qarash-larini umumlashtirdi. Bu asrda birinchi marta moliya fani va moliyaviy siyosat ajratilib ko’rsatilgan (chegaralangan).
Fiziokratlarning o’tmishdoshlari ham iqtisodiyotni o’rganganlar. Ularning asarlarida moliyaning turli yo’nalishlari (aspektlari) tahlil va tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatoriga T.Gobbs, Dj.Lokk, D.Yum, V.Petti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.Styuartlarni ko’rsatish mumkin. Aynan V.Petti (1623-1687 yillar) o’zining “Soliqlar va yig’imlar xususida traktatlar” asari bilan burjua siyosiy iqtisodining ilk namoyandasi (boshlovchisi) hisoblanadi.
Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi (tug’ilishi) va rivojlanishi XVIII asrga to’g’ri keladi. Bu maktabning vakillari moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (frantsuzlar – A.Tyurgo, F.Kene va V.Mirabo, inglizlar – A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil bo’lishiga qaramasdan mumtoz maktab vakillarining moliya to’g’risidagi ta’limotlarini quyidagi to’rtta asosiy yo’nalishga keltirish mumkin:

  • davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi;

  • davlatni saqlash (ushlab turish) arzon bo’lmog’i lozim, chunki davlatning boshqaruv xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;

  • davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini, buza olmaydi, cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o’rnatish yo’li bilan ham mamlakatning xo’jalik hayotiga aralashmasligi kerak;

  • davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy printsip-lariga qat’iy rioya etmog’i lozim:

- o’z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to’lashi kerak (bu qoida ruhoniylar va asozodalarning soliq immunitetiga qarshi yo’naltirilgan);
- soliqni oldindan aniq belgilash (aniqlash) zarur;
- soliqni soliq to’lovchi uchun qulay bo’lgan vaqtda undirish lozim;
- soliqlarning undirilishi (olinishi) arzon bo’lishi kerak.
Kapitalistik tizimning feodalizm ustidan g’alabasi yangi ishlab chiqarish munosabatlarini u yoki bu darajada himoya qiluvchi iqtisodiy maktablar va qarashlarning vujudga kelishiga olib keldi. Sho’rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy maktabning vakillari vulgar iqtisodchilar guruhiga birlashtirilgan edi. Chunki ular, asosan, davlat daromadlarini shakllantirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, uning xarajatlarini tahlil etish burjua hukumatlari to’g’risida salbiy tasavvur hosil qilishi mumkinligi to’g’ri deb hisoblagan edilar.



1 Qarang: O’zbek tilining izohli lug’ati: 80 000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati: T.Mirzaev (rahbar) va boshq.; O’z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 611-b.

2 Qarang: o’sha manba, 610- va 611-betlar.

3 “Moliya” atamasining kelib chiqishi xususida iqtisodiy adabiyotlarda turlicha qarashlar, tasavvurlar mavjud. .

Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish