Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Reja



Download 39,53 Kb.
Sana14.12.2019
Hajmi39,53 Kb.
#30131
Bog'liq
keynsning makroiqtisodiy muvozanat m


Aim.Uz

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli

Reja:

  • Klassik iqtisodchilarningg iqtisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari.

  • Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.

  • Xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.

  • «Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi.

  • Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori.

  • Retsession va inflyatsion uzilish.



1. Klassik iktisodchilarningg iktisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari.
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iktisodiyotda fakatgina to`lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar konuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra mexnat taksimotiga asoslangan iktisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chikarishi bir vaktning o`zida boshka sub`ektlarning ishlab chikarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-okibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iktisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar mikdori etishmay kolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish xaki va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar mikdorining kamayishi ishlab chikarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar mikdorining kamayishiga olib kelmaydi.

Makroiktisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chikarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chikarish texnologiyalarining funktsiyasi xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor iktisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`lik bandlilgini ta`minlab turadi.

Klassik makroiktisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chikarishga xech kanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga fakatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal kiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orkali ta`minlab turadi deb xisoblanadi.

Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini xamda to`lik bandlik sharoitini ta`minlaydi. Fakatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuktasida ishlab chikarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng. Iktisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamgarilishi yalpi talabning yalpi taklifni koplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamgarilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi.

R

S

R


I


I, S

I=S


14-chizma. Jamgarish-investitsiya grafigi.
Agarda, tadbirkorlar uy xo`jaliklarining jamgarmalari mikdorida investitsiya kilishsa, ishlab chikarish xamda bandlik darajalari doimiy bo`lib koladi.

Klassik iktisodchilar ta`kidlashlaricha, kapitalizmning o`ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamgarma va investitsiyalarning tengligini ta`minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o`taydi (14-chizma). SHuning uchun xam to`lik bandlik mavjud bo`ladi. Bu iktisodchilar davlatning iktisodiyotga aralashuvi kiska muddatli samara bersada, uzok muddatga, oxir-okibat bozor iktisodiyotining tabiiy xarakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy okibatlarga olib keladi deb xisoblashadi.


2. Keynsning makroiktisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.
1936 yili ingliz iktisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iktisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iktisodiy muvozanat nazariyasini izoxlab berdi.

Keyns makroiktisodiy muvozanatga to`lik bo`lmagan bandlik sharoitida xam erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik konuniy xolat emasligini, balki tartibga solinmagan iktisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. SHuningdek, bu nazariyada iktisodiyotdagi tebranishlar fakat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina boglik emasligini, balki u tinchlik yillarida xam ichki omillarning salbiy okibatlaridan kelib chikishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chikishi investitsiya va jamgarmalarga bevosita boglik. Narxlarning oshishi va ish xakining pasayishi boshka salbiy omillar bilan birga iktisodiyotning bekarorligiga olib keladi.

Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamgarmalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi.(16-chizma).

Bunga sabab birinchidan, jamgarish va investitsiyalash to`grisidagi karorlarni xar xil guruxlardagi odamlar turli maksadlarda kabul kilishi bo`lsa. ikkinchidan, jamgaruvchilar va investorlarni jamgarish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamgarma va investitsiyalar bitta omilga boglik bo`lmagan xolda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar kiymati o`zining ish xaki mikdoridan ortik bo`lgan maxsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil’ yoki televizor xarid kilish uchun jamgarishadi. Jamgarmalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste`molini kondirish maksadida, ya`ni, uy xo`jaliklari oila boshligining nafakaga chikkandan keyingi xayotini yoki bolalari kelajagini ta`minlash maksadida amalga oshiriladi. Bundan tashkari jamgarmalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maksadida xam amalga oshiriladi.

Investorlarni investitsiya kilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi xamdir.

Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamgarma va investitsiyalar mikdorini aniklaydigan asosiy omil foiz stavkasi xisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamrok iste`mol kilib, ko`prok jamgarishga xarakat kilishadi. Uy xo`jaliklarida jamgarmalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaktida investitsiyaning o`sishini ta`minlaydi.

Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki axolining ixtiyoridagi daromadi iste`mol va jamgarish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan xolda Keyns o`zining makroiktisodiy muvozant modelini ishlab chikdi.
3. Xakikiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
Ishlab chikarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`kotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. SHuning uchun xam Keynsning iktisodiy nazariyasini ko`p xollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniksa investitsiyalarning o`zgarishi makroiktisodiy bekarorlik sabablaridan biridir.

Xakikiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar mikdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamgarma va investitsiyalar mikdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiktisodiy muvozanatni ta`minlaydi.

Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashki dunyoning maxsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chikarilgan maxsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar kilishga olib kelsa, xakikiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan fark kiladi.

Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste`mol funktsiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp mikdorda yukoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib, uning funktsiyasi esa kuyidagi ko`rinishga ega:

Xp = g - m’Y

Bu erda :g – avtonom sof eksport;

m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.

Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o`zgarish mikdorini bunga sabab bo`lgang daromadlardagi o`zgarish mikdoriga bo`lib topiladi.



m’ = ΔM / ΔY;
Bu erda: ΔM - importga xarajatlarning o`zgarishi;

ΔY - daromadlarning o`zgarishi.

YAlpi daromadlarning oshishi bilan import xam oshadi. CHunki, bunda iste`molchilar va investorlar xam milliy xam import maxsulotlarga bo`lgan xarajatlari mikdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti xajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) mikdoriga bevosita boglik bo`lmaydi, balki tovar olib chikib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga boglik bo`ladi. SHuning uchun xam mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bogliklik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.

Keynsning makroiktisodiy muvozanat modelini ko`rib chikish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport mikdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga boglik emas deb olinadi. SHuning uchun sof eksport to`ligicha avtonom xarajatlar mikdoriga ko`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (S + I + G +Xp) yigindiga teng deb olinadi.


4. «Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat

darajasiga erishish mexanizmi.
Rejalashtirilgan xarajatlar chizigi xakikiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo`lgan (Y=E) chizikni kaysidir a nuktada kesib o`tadi. Kuyida keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida kiska muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo`lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chizikda xakikiy investitsiyalar va jamgarmalar tengligi saklanadi. a nuktada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo`ladi. SHuningdek, bu erda rejalashtirilgan xamda xakikiy investitsiyalarning o`zaro tengligiga erishiladi. YA`ni, makroiktisodiy muvozanat ta`minlanadi.

Agarda, ishlab chikarishning xakikiy xajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko`p bo`lsa, iste`molchilar maxsulotlarni ishlab chikaruvchilar taklif kilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko`ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zaxirasining kamayishi xisobiga kondiriladi. Natijada, YAMM asta sekin Y2 dan Y0 ga karab o`sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.

Milliy ishlab chikarishning muvozanat xolati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining xar birining (iste`mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o`zgarishi natijasida

E ( rejalashtirilgan Y=E

xarajatlar)
Y1 E=C+I+G+Xn
E1 Zaxiralarning

E0 jamgarilishi


Zaxiralarning

E2 kamayishi


Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real

xarajatlar)

14-chizma. Keyns xochi (Keynsning makroiktisodiy muvozanat modeli)
tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning mikdorining o`sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizigini yukoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
5. Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori.
Avtonom xarajatlarning xar kanday o`sishi, ya`ni ΔA = Δ (S+I+G+Xn)

mul`tiplikator samarasi xisobiga yalpi daromadlarning ko`prok mikdorga (ΔY) oshishiga olib keladi.

Avtonom xarajatlar mul`tiplikatori muvozanatli YAMM o`zgarishning avtonom xarajatlarning xar kanday komponenti o`zgarishiga nisbatini ko`rsatadi: m = ΔY /ΔA:

Bu erda: m - avtonom xarajatlar mul`tiplikatori;

ΔY – muvozanatli YAIMning o`zgarishi;

ΔA – avtonom xarajatlarning Y o`zgarishiga boglik bo`lmagan o`zgarishi.

Mul`tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o`sishi (kamayishi)dan necha marta ortik o`sganligini (kamayganligi) ko`rsatadi.

Avtonom iste`mol ΔSA mikdorga o`ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (U) ning o`sha mikdorda o`sishiga olib keladi. Bu esa, o`z navbatida iste`molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi xisobiga) MRS x ΔSA mikdorda o`sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRSxΔSA mikdorda yana o`sadi. SHunday kilib, «daromad-xarajat» ko`rinishidagi doiraviy aylanish bo`yicha jarayon davom etaveradi.


ΔSA↑ >AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑ va xokazo.
Ushbu oddiy vaziyatdan ko`rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste`molning dastlabki o`zgarishi ΔSA↑ ga nisbatan bir necha marta ko`p o`zgaradi. Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xp mikdorlardagi oddiy o`zgarishlar xam ishlab chikarish xajmi va bandlik darajalarida katta o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. SHunday kilib, mul’tiplikator iktisodiy bekarorlik omili xisoblanadi. SHuning uchun xam davlatning byudjet-solik siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo`lib, o`rnatilgan barkarorlashtirgichlar tizimini yaratish xisoblanadi. Bu tizim iste`molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orkali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi.

Mul’tiplikator samarasi moxiyatini kuyidagi misolda ko`rib chikamiz. Aytaylik, dastlab iktisodiyotga investitsiyalar mikdori 5 mlrd. so`mga ko`paysin. Bu, o`z navbatida ish xaki, renta, foyda ko`rinishda uy xo`jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste`molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo`jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya`ni 3,75 mlrd. so`mni iste`mol xarajatlariga sarflaydi, kolgan 1,25 mlrd. so`mni jamgaradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so`m boshkalar uchun daromad xisoblanadi. O`z navbatida ular xam 3,75 mlrd. so`mning 75 foizini iste`mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamgaradilar. Bu jarayon oxirgi so`m jamgarilmaguncha davom etadi.


Bunda: m = ΔY / A = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4

va bundan : ΔY 1



m = --------- = -----------

A 1- MPC

Demak iste`molga chegaralangan moyillik kancha katta bo`lsa multiplikator samarasi xam shuncha yukori bo`ladi.

Multiplikatorning matematik moxiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, ya`ni m=1+b+b1+b2+b3+b4+…+bn, bu erda b=MPC. Tenglikning ikki tomonini b ga ko`paytiramiz: mb=b+b2+b3+b4+…+bn+1

endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz:

m-mb=1-bn+1 , m(1-b) =1-bn+1

Xisob kitob natijalarini kuyidagicha tasvirlaymiz:



m = ( ‘n+1) / (1-b)

b kasr son va bn+1 nolga juda yakin bo`lgani uchun

m = 1/ (1-b ) tenglik to`gri bo`ladi.

Avtonom xarajlar multiplikatori mikdorining katta yoki kichikligi byudjet solik siyosati samaradorligiga ta`sir ko`rsatadi. Davlat o`z xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko`rayotganda, bu xarajatlar jami talabni kancha mikdorga oshirib yuborishi mumkinligini xisobga olishi zarur.



6. Retsession va inflyatsion uzilish.
Agarda ishlab chikarishning xakikiy xajmi (U0) potentsial (U*) xajmidan kam bo`lsa, jami talab samarasiz xisoblanadi. YA`ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo`lsada, yalpi xarajatlar mikdori resurslarining to`lik bandligi darajasini ta`minlamaydi. YAlpi talabning etishmasligi iktisodiyotga depressiv ta`sir ko`rsatadi.
E Y=E

B E2 =E1 + ΔE

E1=C+I+G+Xn

Retsession uzilish

E

A

Uo Y* Y


15-chizma. Ishlab chikarishning xakikiy va potentsial xajmi o`rtasidagi retseession uzilish.

YAMM (YAIM)ni to`lik bandlilikning noinflyatsion darajasiga kadar o`stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko`paytirilishi zarur bo`lgan mikdor retsession uzilish deyiladi (15-chizma).

Ishlab chikarishda to`lik bandlikka erishish va retsession uzilishni yo`kotish uchun jami talabni ragbatlantirish va muvozanatni «A» nuktadan «V» nuktagacha surish lozim. Bu erda muvozanatli yalpi daromadning o`sishi ΔU kuyidagiga teng bo`ladi:

ΔU=Retsession uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori

YAIMni to`lik bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo`lgan mikdor inflyatsion uzilish deyiladi.



Agarda, ishlab chikarish xakikiy xajmi (Uo) potentsial (U*) xajmidan ko`p bo`lsa, jami xarajatlar ortikcha xisoblanadi. Jami talabning ortikchaligi iktisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshkacha aytganda jami talab xajmining jami taklif xajmidan kiska muddatda katta bo`lishi okibatida xakikiy va potentsial YAIM xajmlari o`rtasida inflyatsion uzilish ro`y beradi (16-chizma).. Bu uzilishni bartaraf kilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshkacha kilib aytganda jami talabni cheklash zarur.
E

Y=E


E1=C+I+G+Xn

A E E2=E1-ΔE


inflyatsion

uzilish

B

45


Y* Y0 Y
16-chizma. Ishlab chikarishning xakikiy va potentsial xajmi o`rtasidagi inflyatsion uzilish.
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuktadan V nuktagacha surishni anglatadi. Bu erda jami muvozanatili yalpi daromad xajmidagi (ΔU) kiskarish kuyidagicha bo`ladi:

ΔU= -Inflyatsion uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori.

Keynsning makroiktisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini kiska muddatli makroiktisodiy siyosat maksadlarida aniklashtirgan bo`lib, uning xususiy xoli xisoblanadi. YAlpi talab va yalpi taklif modelidan farkli o`larok bu modelda baxolar darajasi va ish xaki o`zgarmas mikdorlar xisoblanadi. Ayni shu sababga ko`ra tovar moddiy zaxiralarining o`sishi kiska muddatda makroiktisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo`ladi.


Kiskacha xulosalar

Klassik iktisodchilar makroiktisodiy muvozanat fakat to`lik bandlik sharoitida ro`y beradi, kiska mmuddatlt buzilishlar esa bozor mexanizlari tomonidan, ya`ni tbaxo, ish xaki kabi dastaklarning ishga tushishi bilan bartarafts etiladi deb xisoblashishadi.

Klassik iktisodchilar nazariyasidan farkli o`larok ingliz iktisodchisi J. Keyns o`zining to`lik bandlik mavjud bo`lmagan sharoitda xam makroiktisodiy muvozanat ro`y beradi, tartibga solinmagan iktisodiyotda to`lik bandlilik fakatgina tasodifiy ro`y beradi deb xisoblaydi.

Keyns modelida makroiktisodiy muvozanat ishlab chikarishni ta`minlovchi ikkita omil yalpi xarajatlar va yalpi daromadlarning kesishuv nuktasida ro`y beradi. Bu modelda tovar zaxiralarining o`zgarishi makroixtisodiy muvozanatni ta`minlovchi omil deb karaladi.

YAlpi daromadlarning avtonom xarajatlar mikdoridagi dastlabki o`sishdan (kamayishi)dan necha marta ortik o`sishi (kamayishi) mul’tiplikator samarasi deyiladi. Mul’tiplikator iktisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil xisoblanadi.

Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori iste`molga chegaralangan moyillik darajasi bilan belgilanadi va u bilan to`gri bogliklikka ega..



Makroiktisodiy muvozanat potentsial YAIM xajmidan kamrok bo`lgan xakikiy YAIM xajmida o`rnatilsa retsession uzilish, aksincha bo`lsa inflyatsion uzilish ro`y beradi.
Asosiy adabiyotlar

  1. Agapova T.A.Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab.

    1. i dop.-M.:Izdatel’stvo “Delo i servis”, 2005. 98-119 s.s.

  2. Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiktisodiyot» T.: O`zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti 2004, 72-83 b.b.

  3. Ivashkovkiy S.N. Makroekonomika: Uchebnik.-2-e izd., dop.- M.: Delo, 2002, 59-79 s.s.

  4. . Makroekonomika. Teoriya i Rossiyskaya praktika/ Pod redaktsiey

Gryaznovoy A.G. i Dumnoy N.N. M., KNORUS, 2005., 92-101 s. s.

  1. Saidova G., SHadibaev T. Makroekonomika T., IPAK «SHark» 2003, 31-35 s.s.

Download 39,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish