1 - rasm. Multiservis tarmog‘i tuzilmasiga misol.
Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli va IPTV ma'lumotlarni uzatish asoslari. Telekommunikastiya bozorida zamonaviy texnologiyalarning xilma–xilligi, operator tarmoqlarini tuzish va rivojlantirish uchun mos keladigan yondashishni tanlash imkonini beradi. Lekin buni tanlash oson emas. Yangi standartlarning, ayrimishlab chiqaruvchilarning xususiy protokollarini paydo bo’lishi, shuningdek uzluksizravishda magistral tarmoqlarida va imkoniyatli abonent uchastkalarida qo’llaniladigantexnologiyalarni kuch nisbatini o’zgartiradi. Birinchi navbatda operatorlar o’zining tarmoq bazasida qaysi xizmat turlarini tanlash lozimligi, har xil trafik turlarini nisbatini baholashi va yaqin kelajakdagi holatini aytib bera olishi lozim.
Hozirgi kunda operatorlar uchun quyidagilar odatdagi xizmat turlariga kiradi:
-telefonlashtirishda odatdagi trafiklarni uzatish; internet trafiklarini uzatish (xususiy va kompaniyalar uchun); korporativ tarmoqlarning ma’lumotlar trafigini uzatish;
-IP telefoniya trafiklarini uzatish; uncha yuqori bo’lmagan video trafiklarni uzatish, videokonferenstiyalarni tashkilashtirish va serverlar bilan videotranslyastiyalarni tashkilashtirish;studiyadan video trafiklarni uzatish. Bunday xizmatlar, bugungi kunda mavjud bo’lgan, yuqorida aytib o’tilgan, birpaketga birlashtiriluvchi ko’pgina xizmatlar tendenstiyasi servis – provayder orasidakonkurent kurash bilan bog’liq. Masalan video tarmoqning operatorlari va odatdagitelefon operatorlari o’zining abonentlariga internetga ulanishni taklif qilishmoqda, yirik Internet–provayderlar esa IP telefoniyaning alternativ tarmoqlarini tashkil qiladi.
Xizmat turlarini aniqlagandan keyin operator o’zining uchastkasi yoki tarmog’i uchun magistral texnologiyalarini tanlashi lozim. Magistralni yaratish uchun tanlangan texnologiyalarni va ,,oxirgi mil” muommolarini hal qilishda operator quyidagi iqtisodiy omillarni nazarda tutishi lozim: tarmoq iqtisodiy jihatdan samarali va rentabilli bo’lishi; operator o’zining xizmatlarini faol shakllantira bilishi lozim, chunki uni bozorga bog’lovchi, shakllantiruvchi va tekshirishlar o’tkazish uchun marketing texnologiyasini qo’llash lozim; tarmoq xizmati, uchta tashkil topuvchisi bo’yicha imkoniyatga ega bo’lishi lozim, operastion, kamfort va haq to’lash. Birinchi tashkil topuvchi yaqin kelajakdagi rivojlanishni hisobga olgan holdagi va hozirgi paytdagi talablarni qondiruvchi abonent qurilmalarini joylashtirish deb faraz qilinadi. Komfort esa qurilmalarning soddaligi va ularni qo’llashning qulayligi bilan bog’liq. haq to’lash, xizmat haqini to’lashning sodda va qulayligi (masalan plastic kartalar yordamida)dir.
Yuqorida sanab o’tilgan xizmatlar va ularga bo’lgan talablarga asoslangan holda, hozirgi paytda raqamli kanallar bo’yicha ma’lumotlarni uzatishda IP protokollari (Internet protokollar) keng qo’llanilmoqda. Bu asosan ajratilgan kanallarning oshishi va o’zaro bog’langan tarmoqning oxirgi istemolchilarining ulanuvchi nuqtalarini uzoqda joylashgani narxga bog’liq emaslik xususiyati bilan bog’liq. Natijada aloqaning narxi zudlik bilan kamayadi. IP telefoniyaning eng asosiy afzalligi internet telefoniyada aloqa sifatining yuqoriligi va real vaqtda fakslarni uzatish imkoniyatidir.
Bundan tashqari IP telefoniya telekommunikastiya sohasida yangi yondashishni yuzaga keltiradi: audio va videokonferensiya, abonentlarni zudlik bilan topish va boshqalar. IP telefoniyada kanalning aloqa sifati, ikkita asosiy xarakteristika bilan baholanadi: birinchisi – signalni uzatganda vaqt bo’yicha paketlarning kechikishi; bu muammo nafaqat Internet uchun balkim IP–telefoniya uchun ham xarakterlidir; ikkinchi asosiy xarakteristikasi juda ko’p faktlarga bog’liq, masalan mikrofon va abonent kalonkalarining sifati, IP paketlarining yo’qolishi (kanal orqali uzatilganda). Bundan tashqari IP telefoniyada bir punktdan ikkinchi punktga paketlarni uzatganda, paketlar 4 qismga bo’linadi, uzatiladi, bunda 1,2,3,4 kanallarning tezligi har xil bo’lishi mumkin, natijada video va ovozli ma’lumotlarni uzatish qoniqarli darajada bo’lmaydi. IP telefoniyaning yana bir yetishmovchiligi, IP tarmoqlarida ortiqcha yuk yuzaga kelganda marshrutizatorlar judayam kechikishi yoki paketlarni tashlab yuborishi (tushirib qoldirishi) mumkin. Natijada regenerastiyalanadigan ovozli signalda muammolar yuzaga keladi, ya’ni bu abonentlarga ,,chiqillash” shaklida eshitiladi.
Bunday noqulay hollarni yo’qotish uchun xatoliklarni niqoblash prosedurasi qo’llaniladi. Yuqorida bayon etilgan kechikishlar umuman olganda kanallarni uzatishda trafiklarni doimiy ravishda kechikishi, marshrutizator va kommutatorlarni kirish/chiqish navbatini qayta ishlashdagi o’zgaruvchan kechikishlar tufayli yig’iladi. Agar tarmoqda turli xil servislar soni ko’p bo’lsa, masalan: web—navigatsiya, fayllarni jo’natish, elektron pochta, IP telefoniya va hakozolar, albatta har xil o’lchovdagi juda ko’plab paketlar uzatiladi. Paketlar ketma-ketliklarini aniqlash imkonining yo’qligi va navbatga tushayotgan paketlarning kechikishi, turli oqimlarning juda katta darajada kechikishiga olib keladi. Shuning uchun ham haqiqiy vaqtda trafiklarni IP tarmog’i bo’ylab uzatishda asosiy muammolar yuzaga keladi va bunday trafiklarni maxsus qayta ishlash zarur. Korporativ tarmoq minglab turli komponentlarni o’ziga birlashtirgan murakkab tizim hisoblanadi. Bunga oddiy kompyutyerdan murakkab kompyutergacha tizimli dasturli ta’minotlar, tarmoq abonentlari, konsentratorlari, kommutatorlari, marshrutizatorlari, kabel turlari kiradi. Tizimli integrator va ma’muriyatning asosiy vazifasi korxona xizmatchilari orasida katta konkurent kurashda korxonani ta’minlash uchun lozim bo’lgan ratsional muammolarni o’z vaqtida yechish va hal qilish imkonini beruvchi axborot oqimlarining aylanishini ta’minlashdan iborat. Korporativ axborotlarni avtomatik qayta ishlash texnologiyalarining zudlik bilan o’zgarishi Internet va Internet texnologiyalarini yanada rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu asosan korporativ tarmoqlarni tuzishda barcha korxonalar uchun undan foydalanishni arzonga tushishi va ishonchlilik masalalarini hal qilishda yaqindan yordam beradi. Bunday tarmoqlarni hosil qilish, millionlab aholining umumiy imkoniyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda korporativ ma’lumotlarni uzatish, himoyalash muammolarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun bunday muammolarni hal qilishda IP(Internet protokollari) ni qo’llash maqsadga muvofiq deb topildi.
Korporativ tarmoqlarda Internetni qo’llash nafaqat texnik va texnologik ta’sirga ega, balki Internet umumjahon tarmoqlarida insonlarni o’zaro bir–biri bilan bog’lanishi ham intaraktiv amalga oshirmoqda. Undan nafaqat axborotlarni uzatishdafoydalaniladi, balki e’lonlarni, shu yuzasidan amalga oshiriladigan operastiyalarni,tovarlarni sotib olish va sotish, bank xizmatlari, elektron pochta va shunga o’xshaganbir qancha xizmatlarni amalga oshirish mumkin, shuningdek bunga korxonalar orasidaaxborot almashish va biznes portlari bilan amalga oshiriladigan ishlar ham kiradi.
Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek korporativ tarmoqlarda ham internet protokollari, ya’ni IP qo’llaniladi. Agar yuqorida aytilgan kamchiliklarni nazarda tutadigan bo’lsak, unda zamonaviy talablarga javob beruvchi texnologiyalarni qo’llashga to’g’ri keladi. Tarmoqda bunday kamchiliklarga ega bo’lgan texnologiyalar o’rniga yangisini qo’llash qimmatga tushadi. Shuning uchun IP protokollari va marshrutizatorlari bilanbirgalikda ishlashga mo’ljallangan MPLS (Multi Protocol Laber Switching) texnologiyasini qo’llash maqsadga muvofiq keladi. Shu tufayli belgilarni multiprotokol kommutatsiyalash texnologiyasi (Multi Protocol Label Switching – MPLS) juda qisqa vaqt ichida IP-trafiklarini uzatish uchunfaol qo’llanila boshlandi. MPLSning muvoffaqiyatlari kommutatsiyalashningboshqacha turini yaratish kerak degan g’oyani ilgari surdi. Bu g’oya, MPLS prinspidanfoydalangan holda ma’lumotlarni uzatuvchi turli texnologiyalarni boshqarishfunksiyasini takomillashtirish yotadi. Bu g’oyaning asosiy mazmuni,marshrutlashtirishni optimallashtirishdan iborat edi. 2001 yillardan boshlab paketlarni qayta ishlash vaqti muhim bo’lgan, tarmoqning magistral uchastkalarida MPLS texnologiyasi qo’llanila boshladi. MPLS marshrutizatorlari yoki LSR (Label Switched Router), domen deb ataladigan sohanihosil qildi. Bunda belgilar asosida paketlar marshruti amalga oshadi. G’oyaningmaqsadi shundan iborat ediki, paketlarni jo’natishda keyingi qadamni tez tanlashuchun kanal va tarmoq satxlari orasida, IP-sarlavhalarini tahlil qilmasdan marshrutnitanlash uchun paketlarga allaqanday identifikatorni joylashtirishdan iborat edi.
MPLS-ikkinchi sath kommutatsiyasiga boqliq bo’lmagan texnologiya bo’lib, uchinchi sathda qo’llaniladi, lekin ikkinchi sathda qanday xizmatlar amalga oshsa uchinchi satxda ham xuddi shu xizmatlarni amalga oshiradi va uning ishi belgilarni almashlashga asoslangan. U ikkinchi sathga bog’liq emas, kadrlarni uzatishga ega bo’lgan tarmoqlardagi kabi, yacheykalarni uzatishga ega bo’lgan tarmoqlarda ha qo’llaniladi. MPLS belgilarni translyatsiyalash jadvalini tuzish uchun IP marshrutizatorlari kabi uchinchi satx funksiyalaridan foydalanadi. U, ikkinchi sathgamos keluvchi xizmatlarni amalga oshiradi, bunda belgilarni kommutatsiyalash yo’lisifatida virtual aloqa liniyalaridan foydalaniladi. Yo’l belgilangan manzilga asoslanganholda yoki xizmat sinfiga va boshqa talablarga asosan tanlanadi.
Bu texnologiya bir necha standart va boshqaruv protokollaridan tashkil topgan bo’lib, ularning har biri ma’lum bir muammolarni hal etadi. MPLSning ma’lumotlaroqimi kanallarni kommutatsiyalashni eslatadi. Xuddi shu ma’noda ATMni eslatadi,lekin u yacheykalarni emas kadrlarni kommutastiyalashni amalga oshiradi. MPLS quyidagicha afzalliklarga ega:
MPLS texnologiyasi tarmoqda mavjud bo’lgan eski xizmatlardan foydalangan holda trafiklarni optimallashtiradi (Masalan, IP tarmoqlarini olsak, tarmoqda uning xizmatlari qoladi, faqatgina har bir kommutatsiyalash manzili yangilanadi);
MPLS texnologiyasi xuddi oldingi mavjud bo’lgan xizmat-larni IP infrastrukturasiga samarali o’tish yo’lini yaratgan holda paketlarni uzatadi;
MPLS mavjud bo’lgan (DS3, SONET) eski va yaratilgan yangi infrostruktura
(10/100/1000/10 G Ethernet)ni va tarmoq (IP, ATM, kadrlarni retransiyastiyalash, Ethernet va TDM) ni funkstionallashtiradi;
MPLS trafiklarni shakillantirish imkoniyatiga ega. Aniq belgilangan
marshrutlashtirish va trafikni shakllantirish funkstiyasi, o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan chegarada juda katta ma’lumotlar hajmini zichlashtirishga yordam beradi;
Natijasida SDH tizimining chiqishida standart S -12, S-3 va S-4 konteynerlardan tashqari konkatenirlangan S-4-4s, S-4-16s, S-4-64s va S-4-256s konteynerlari hosil bo’ladi. Bu yerda “S” harfi ketma-ket konkatenastiya usulini bildiradi. Konkatenastiya usuli SDH tarmog’ida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ma’lumotlar uzatish tezligini kengaytirish imkonini berdi va aniq o’lchamdagi “virtual trubalarning” ma’lum to’plamini shakllantirdi.
Biroq konkatenatsiya ko’rinishida SDH tizimlarida yuqori tezlikdagi trafikni uzatish muammosining yechimi bitta muhim kamchilikka ega bo’ldi: u sezilarli darajada uzatish tizimsining FIK ni kamaytirdi. Masalan, kankatenastiya metodlari bilan Gigabit Ethernet (1,05 Gbit/s) trafigini uzatish uchun koridorni shakllantirish VC-4-16s konteyneridan foydalanishni talab qiladi, bu 2,5 Gbit/s tezlikka mos keladi.
Shunday qilib, SDH tizimsining resursi faqat 42% ishlatiladi. SDH resursini boshqa ilovalar uchun ham ishlatish samaradorligi uncha yuqori emas. Bunday holat resurslardan foydalanish samaradorligi muammosi SDH texnologiyasida vujudga kelmaganda edi operatorlarni qoniqtirgan bo’lar edi. Ma’lumki, SDH tizimlarida uzatilayotgan oqimning 1:1 rezervlashi ishlatiladi. Bu degani, SDH tizimlarining FIKg’oyaning o’zida 50% ni tashkil etadi. Ma’lumotlarni uzatishda egallaydigan sarlavhalarni ishlatish hisobiga, “klassik” SDH ning FIK yanada kamayib 42-45% tashkil etadi. Agar endi konkatenastiya prostedurasini ishlatish hisobiga FIKni kamaytirsak, unda biz yuqorida ko’rilgan GE texnologiyasi uchun tizim maxsuldorligini 17,6 %da olamiz. Bu hatto birinchi parvozlarning FIKdan ham kam.
Albatta bunday mahsuldorlikni optimal deb bo’lmaydi. Maqbul echim virtual konkatenastiya (VCAT) prinstipida topildi. VCAT g’oyasi konteynerlarni to’g’ridan-to’g’ri “yopishtirish” o’rniga virtual “yopishtirish” qo’llanilishidan iboratdir. Chetki multipleksorda GE oqim tarqatiladi (Splitting) VC-4 konteynerlarga joylashtiriladi (mapping). So’ngra konteynerlar tarmoq bo’yicha oddiy SDH konteynerlar kabi avtonom ravishda uzatiladi. Keyingi chetda multipleksor yuklamani demultipleksorlaydi (demapping) va kontey-nerlarni yagona GE oqimiga birlashtiradi(recombining). Shu bilan birga koridorni shakllantirishda uning o’lchamini VC-4 gakarrali qilib o’rnatish mumkin. Konvergensiya, qurilmalarni takomillashtirish va funksional imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli vazifali texnologiyalarni asta sekinlik bilan yaqinlashish jarayoni.
Keyingi avlodning aloqa tarmog'i -NGN (Next Generation Network) - boshqarish orqali, moslashuvchan imkoniyatlarga ega bo'lgan chegaralanmagan turli xizmatlar majmuasini taqdim etishni, tarmoq masalalarini takomillashtirish hisobiga yangi xizmatlarni yaratishni, taqsimlangan kommutatsiyaga ega bo'lgan universal transport tarmog'ini qo'llashni, odatdagi aloqa tarmoqlari bilan integratsiyani ta'minlovchi aloqa tarmoqlarini qurilish konsepsiyasi. Moslashuvchan (dasturiy) kommutator (Softswitch) - chaqiriqlarni qayta ishlash, ilovalar serveriga, axborot tizimiga ulash, statistik ma'lumotlarni yig'ish, tarifikatsiya, TUF tarmoqlari bilan va paketli tarmoq ichida signal orqali o'zaro bog'lanish, ulanishlarni o'rnatishni boshqarish funksiyalarini bajaradi. Bu kommutator kommutatsiyani boshqarish va ma'lumotlarni uzatish pog'onasi funksiyalarini qo'llovchi asosiy qurilma hisoblanadi.
SHlyuz (Gateways)-tarmoqga ulanovchi va mavjud tarmoqlar bilan birlashtiruvchi qurilma. SHlyuz qurilmalari, paketli kommutatsiyaga ega bo'lgan tarmoqlarning signal ma'lumotlarini paketli tarmoqlarning signal ma'lumotlariga o'zgartirish, shuningdek transport kanallarining ma'lumotlarini IP paketlarida ATM yacheykalariga o'zgartirish va IP paketlarining ATM yacheykalarini marshrutlashtirish bo'yicha funksiyalarni qo'llaydi. SHlyuzlar, tarmoqning transport pog'onasida ishlaydi. Terminal qurilma, paketli tarmoqlarda ishlash uchun mo'ljallangan, ovozli va multimediali aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun qo'llaniladigan qurilma. Signalizatsiya shlyuzi (SSH), signalizatsiyani o'zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o'rtasida tiniq uzatishni ta'minlaydi. U signalizatsiyani terminallashtiradi va xabarni media-shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi. Media-shlyuz kontrolleri (MGC), ro'yxatga oladi va media-shlyuzning o'tkazish qobiliyatini boshqaradi. Mediashlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi. N.323 shlyuzlari - paketli va kommutasiyalanadigan tarmoqlar tomonida, N.323 oxirgi nuqtalar o'rtasida o'zgartirishlarning funksionalligini ta'minlaydigan qurilmadir. O'z ichiga uzatish tarmoqlarini o'zgartirish, kommutatsiya protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog'lanishlarni o'rnatadi va uzib qo'yadi. N.323 geytgipperi - paketli kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan adreslar (IP, telefon raqamlari) o'zgartirishni ta'minlaydigan qurilmadir.
lRADIUS serveri, foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi va xizmatlar doirasida o'tuvchi tovush va ma'lumotlarni uzatish seanslari to'g'risidagi ma'lumotlar qayd etilishini ta'minlaydi.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari yangi xizmatlar va ma'lumotlar
trafigi sosiy bo'lgan, katta hajmli axborotlarni tarmoq bo'ylab uzatishda yangi texnologik vositalarni talab qiladi. Bugungi kunda operatorlarning asosiy vazifasi, foydalanuvchilarga cheklanmagan spektrda xizmatlarni taqdim etishga mo'ljallangan universal tarmoqlarni qurish hisoblanadi. Hech kimga sir emaski zamonaviy tamoqlarning asosiy kamchiligidan biri, har bitta aloqa turi uchun hech bo'lmaganda bitta mustaqil tarmoqning mavjudligidir. Bunday ko'p sonli ajratilgan tarmoqlar, o'z navbatida qayta ishlash, ishlab chiqish va texnik xizmat ko'rsatishni talab etadi.
Bunda qoida bo'yicha bir tarmoqning resursi boshqa tarmoq resursi bo'lishi mumkin emas. Natijada, tarmoq funksionalligini va xizmatlar ro'yhatini bir vaqtda kengaytirgan holda axborot resurslarini samarali boshqarish masalalari yuzaga keladi shuningdek istemolchi alohida aloqa xizmatlari uchun turli kompaniyalarga murojaat qilishi, ko'pgina shartnomalar tuzishi, o'zining korxonasida har xil turdagi hisoblarni amalga oshirishga majbur.
Zarur bo'lgan xizmatlar majmuasiga ega bo'lishni xohlagan shu va boshqa muammolarni foydalanuvchida yuzaga kelishi barcha xizmatlar birlashgan tarmoqni talab etadi. Bularning barchasi to'liq funksionallashgan multiservisli tarmoqlarga aylantirishni talab etadi. Ularning yaratilishi keyingi avlod (NGN) aloqa tarmoqlarining asosiy bo'lib qoladi. Allaqachon shakllangan integral aloqa xizmati sektorini telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga o'z shartlarini qo'yishi NGN ni yaratish zaruratini tug'diradi. Telefondan umumiy foydalanish tarmog'i, aloqa liniyasini yuqori o'tkazuvchanlik qobiliyatini bera olmaydigan kanallarni kommutatsiyalash prinsipiga asoslangan. Aynan shu tufayli hozirgi kunda, yaxshi sifatga ega bo'lgan ovoz, real vaqtda videoni uzatish, yuqori o'tkazuvchanlik qobiliyatini talab qiladigan konferensaloqa, TUF kabi zarur bo'lgan xizmatlarni qo'llash uchun qo'shimcha qurilmalarni o'rnatishga to'g'ri keladi. Biroq zudlik bilan NGN tarmoqlariga o'tish juda qimmat va katta mehnat talab qiladigan jarayondir. Shuning uchun unga o'tish asta-sekinlik bilan amalga oshadi.
Demak, TUF va NGN tarmoqlarini o'zaro bog'lash imkonini beruvchi protokollar kerak bo'ladi. Shu tufayli keyingi avlod tarmog'i NGN (New Generation Network) biznesni rivojlantirish natijasida, ehtiyojlarlar uchun o'z shartlarini qo'yadigan bozorda yuzaga keluvchi barcha yangiliklar kabi yuzaga kelgan. ITU-T ta'rifiga binoan NGN tarmog'i, operatorga ma'lum bo'lgan barcha aloqa xizmatlarini taqdim etish va buning uchun yuqori sifatli keng polosali transport texnologiyalarini qo'llashga ega bo'lgan paketli kommutatsiyalash tarmog'idir. NGN tarmoqlarining eng asosiy farq qiluvchi fazilati xizmatlarni taqdim etish funksiyasini transportlashtirish funksiyasidan ajratilganligidir. Bunday ajratish natijasida turli provayderlarga taqdim etiladigan xizmatlarga foydalanuvchilar chegaralanmagan ulanishga ega bo'ladilar. NGN texnologiyasi asosida, to'liq ulanish tamoyillari yordamida jamiyatni qayta qurish koncepsiyasi yotadi.
Bunda barcha axborot resurslari istalgan muhitda umumiy qulayliklarga ega bo'ladi va foydalanuvchi qayerda bo'lishidan qat'iy nazar axborotni o'z vaqtida yetkazilishini ta'minlaydi. O'z navbatida Internetning paydo bo'lishi (foydalanuvchi tarmoqqa ulanganda har qanday ma'lumotni olish imkoniga ega bo'lishi), tarmoqning keng yoyilishiga sababchi bo'ldi. NGN, internetdan keng polosali foydalanish (100 Mbit/sek), paketli telefoniya, VPN (virtual xususiy tarmoq), "talab bo'yicha video" va ajratilgan keng polosali kanallar kabi xizmatlarni taqdim etish imkoniga ega. Shunday qilib, NGNkeyingi avlod aloqa tarmog'i (New step generation) hisoblanadi, media trafikning barcha turlarini uzatishni va taqsimlangan tarifikatsiyani qo'shish hamda tahlil qilish imkoni bilan telekommunikatsiya xizmatlarining cheklanmagan spektrini taqdim etishni ta'minlaydigan geterogen multiservisli tarmoqdir. Tovush, video xizmatlari va ma'lumotlarni uzatish bo'yicha xizmatlarni birlashtiruvchi, yangi texnologiyalardan foydalanib qurilgan integratsiyalangan tarmoqlar insonlarga nimani taklif etishlari mumkin? Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, multimedia markaziga ulanadigan uyning bitta universal rozetkasi orqali ulanganda, kabel bo'ylab oddiy televideniya, talab bo'yicha video, boshqa bir abonentga kerakli bo'lgan axborotni tarmoqqa yuborishi mumkin. Undan keyin maishiy texnika bilan foydalanuvchi mos ravishda jixozlansa, yagona tarmoqqa ulash orqali "aqlli uy" konsepsiyasini ommaviy amalga oshirish to'g'risida gapirish mumkin.
Ushbu yangi usulning muhim aspekti - ijtimoiydir. Kelajakda ushbu tizim yordamida imkoniyatlari cheklangan yoki kasalmand insonlar jismoniy holatining monitoringini amalga oshirishi mumkin. Bunda ular ijtimoiy va tibbiy yordamni tez olishlari mumkin. Wi-Fi rivojlanishini bugun kuzatish mumkin. Maishiy texnika qurilmalarida audio yozuv va fotografiyani qayta chiqarish imkoniga ega media adapterlar chiqariladi. Aniq muammolar mavjud, xususan "Sony" mediaadapterlar ushbu firma qurilmalari bilan va 802,11a standarti bazasida ishlashi mumkin. Bundan tashqari, ular yordamida video signalni qayta ishlab chiqish mumkin emas, ishlab chiqishlar yetarlicha intensiv ravishda olib boriladi va takomillashgan qurilmalarning yuzaga kelishi tez sur'atda olib borilmoqda. Yagona standart to'g'risidagi bitim belgilovchi hisoblanadi, Hozirda u keng tarqalgan 802,11v yangi takomillashgani paydo bo'lganda umum qabul qilingan deb hisoblanmaydi.
Masalan, 802,11n standart 320 mbit/s tezlik bilan axborotni qabul qilishi mumkin. Integratsiyalangan tarmoqqa xonadonlardan tashqari mobil abonentlar va korporativ mijozlar ham ulanadi. Mobil telefonlar orqali uyga, axborotning tashqi manbaiga kira olish mumkin. Mobil telefonlarga - adaptatsiyalangan (video fayllar) kabi, spetsifikka (o'yinlar, viktorinalar, musiqa, logoturlar va boshqalar) mo'ljallangan kontent mos ravishda yaratilishi kerak. NGN tarmog'iga ulangan korxona va tashkilotlar individual abonentlardan farq qiladi, ular qo'shimcha resurslardan foydalanish imkoniga ega. Xususan, ularga xususiy kontentni yaratish va sotish kiradi.
Hozirgi kunda gazetalar va boshqa ommaviy axborot vositalari (OAV) mobil bozoriga ega. Ommaviy materiallar (kontent)ni sotish to'g'risidagi takliflar bilan chiqmoqda. Yana bir shema elementi - media saqlash joyi, bu yerda butun zarur kontent: sayt materiallaridan video arxivgacha to'planadi. Bunday saqlaydigan joylar yetarlicha ko'p bo'ladi, shuning uchun "Port Vision" kompaniyasi ularning talabiga tayyorgarlikni hozirdan boshladi. Yaqinda u HDS - "Hitachi Data Systems" ma'lumotlar saqlashning eng yaxshi tizimlaridan bo'lgan ishlab chiqaruvchi bilan rasmiy sherik bo'ldi. Shahardan shaharga kontentning ko'chishi qimmatdir, mahalliy saqlash joylarini yaratish extimoli ko'proq. Har bir shaharda yetarlicha bo'lgan kutubxonalarga o'xshash bo'lishi kerak.
Shunday qilib, mahalliy saqlash joylarida joylashgan o'zining kontenti shaharlarda yuzaga keladi, bunda esa qulay va arzon bo'ladi. NGN tarmog'i va u bilan bog'laydigan barcha elementlar ishining to'liq modeli kimlar uchun fantastika bo'lganda, jahonni zaif bo'lmaguncha o'zgaradigan texnik taraqqiyot sababli shunga o'xshashliklar bo'lib turadi. Uchinchi avlod texnologiyasining tamoyili farqili multimediali kabel, multimediali bo'lmagan zamonaviy xizmatlarning to'liq ro'yxatini ta'minlash imkoniyatidan iboratdir.
Yangi aloqa tarmoqlarini yaratish bilan yuqori tezlikli turlarini, birinchi navbatda, video oqimlari, video konferensiya, video pochta, online savdo, joylashgan o'rniga asoslangan servislar, online bankning, birja savdosi, sport reportaj va bosh?qalar kabi inter faolni yuritish kerak.
Konvergensiya xolatiga o'tishga quyidagilar asosiy sabab bo'lishi mumkin: -oxirgi 30 yilda jaxon telekommunikatsiya sektori uchun xarakterli bo'lgan chuqur o'zgarishlar; -telekommunikatsiya va texnologik trendlarda moslashtirish prinsiplarini o'zgartirish; -elektr aloqaning liberallashuvi; -jaxon iqtisodining globallashuvi; -raqobatbardoshlik muhitining yuzaga kelishi; -dasturiy ta'minot masalalari; -yangi xizmatlarning yuzaga kelishi va hakozolar. Bunday holatlarni bartaraf qilish uchun konvergenciya holatiga o'tish talab qilinadi. Tarmoqda konvergensiya jarayoni, tarmoq operatorlarining talablariga mos holda amalga oshadi. Bu asosan ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish, ishlab chiqarishni kuchaytirish, mijozlarning xizmat turlariga va uning sifatiga bo'lgan talablarini yaxshilash bilan bog'liq.
Axborot va telekommunikatsiya infratuzilmasining xarajatlarini kamaytirishga quyidagilar kiradi: -yangi tizimda umumiy yagona infratuzilmani yaratish; -tarmoq ortiqchaligini kamaytirish; -magistral tarmoq to'lovlarini kamaytirish; -tarmoqning standart komponent va serverlarini qo'llashga asoslangan mustahkam moslashuvchanlik. Ishlab chiqarishni kuchaytirish quyidagilar bilan aniqlanadi: -xizmatlar konvergensiyasi, tizimlar integratsiyasi va ularni qo'llashning soddaligi; -yangi intelektual asboblar bazasi asosida aloqa tizimlarining samaradorligini oshirish.
Mijozlar bilan ishlashni takomillashtirish quyidagilar bilan bog'liq: -yangi multimedia xizmatlari va ilovalar; -kompyuterlarni tizimli rivojlantirish. Umumiy qilib aytadigan bo'lsak, xizmat turlarini birlashtirish va turli tarmoq infratuzilmalarini yagona ko'rinishga olib kelish. Yaratilayotgan har bir xizmatlarni telekommunikatsiyaning har bir sektoriga, masalan, biznes, tashkilot va foydalanuvchilar qatlamiga yetkazib berish hamda yagona platformaga o'tish va xizmatlarni sifatli taqdim etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |