134
VII.3. Elektromagnit maydonining normalari.
Muhofaza usullari
Respublikamizda yo'lga qo'yilagan nurlanishning ruxsat etilgan
darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. Shuning uchun organism uzoq
vaqt nurlanish ta'sirida bo'lgan taqdirda ham hech qanday o'zgarish
bo'lmasligi mumkin.
Me'yoriy huijat bo'yidia ko'zda tutilgan «Yuqori, o'ta yuqori va
haddan
tashqari
yuqori
chastotadagi
elektromagnit
maydonlari
manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha
ruxsat etilgan norma tva chegaralarni belgilaydi: ish joylarida
elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo'yicha
100 kGs - 30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGs chastota
diapazonida 5 V/m dan oshmasligi kerak. Magnit tarkibi bo'yicha esa 100
kGs - 1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo'lishi kerak.
SVCh 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat
etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm
2
, ish
kunining 2 soatidan ortiq bo'lmagan vaqtdagpnurlanish 100 mk Vt/sm
2
,
15—20 minutdan oshmagan vaqtdagi nurlanish esa 1000 mk Vt/sm
2
dan
oshmasligi kerak. Bunda albatta muhofaza ko'zoynagi taqilishi kerak.
Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/ sm
2
dan
oshmasligi kerak.
SVCh diapazonida kasbi nurlanish bilan bog'lanmagan kishilar va
doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mkVt/sm
2
dan
oshmasligi kerak.
Yuqorida keltirib o'tilgan formulalarni tahlil qilish, elektromagnit
maydonidari ish joylarini uzoqroq joylashtirish va elektromagnit
maydonlari oqimlarini yo'naltiruvchi antennalar bilan ish joylari
orasidagi masofanr uzaytirish, generatorning nurlanish kuchlanishini
kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar
orasiga yutuvchi va qaytaruvchi ekranlar o'rnatish, shuningdek, shaxsiy
muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi elektromagnit
maydonlaridan muhofazalanishning asosiy vositalari hisoblanadi.
Oraliqni uzaytirish yo'li bilan erishiladigan muhofaza usuli eng
oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektromagnit,
maydonlaridan tashqarida bo'lgan ishchilar va shuningdek, nurlanuvchi
ustanovkalarni uzoqdan turib (boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda
foydalanish mumkin.
135
Bu usuldan foydalanish imkoniyati ish bajarilayotgan xona
yetarlicha kattalikda bo'lgandagina muvaffaqiyatli chiqadi.
Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish
generatorini, kuchsizroqi nurlanish generatori bilan almashtirishdir.
Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish.
Nurlanishi kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga
ekvivalent bo'lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni
attenyuatorlarni
qo'llash,
generatordan
nurlanish
tarqayotgan
qurilmagacha bo'lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo'qotishi yoki
kamaytirishi mumkin.
Nurlanishni yutuvchi qurilmalar koaksial va to'lqin qaytaruvchi
bo'lishi mumkin. Bu qurilmalarning sxemasi 28-rasmda keltirilgan.
Energiya yutgich sifatida grafit yoki boshqa uglerodli qotishma
ishlatiladi. Shuningdek, ba'zi bir dielektrik materiallardan foydalanish
mumkin.
Bunday materiallar qatoriga rezina, polistirol ya boshqalarni kiritish
mumkin.
O'zgaruvchan so'ndirish kuchiga ega bo'lgan to'lqin o'tkazgich
attenyuatorlarning pichoqli va plastinkali turlaridan foydalalanish
mumkin. Bunday energiya yutuvchi qurilmalarning energiya ta'sirida
qizishini hisobga olib, ularda sovitish yuzalari hosil qilinadi
(qovurg'asimon; yuzalar. 28-rasm, e), shuningdek, suv oqimlari
harakatidan foydalaniladi (28-rasm, d, f).
28-rasm. Nurlanishni yutuvchi moslamalar.
Koaksial va to'lqin qaytaruvchi va yutuvchi qurilmalarni
muvofiqlashtIrish maqsadida ular qiyshiq yuzali (28-rasm, a, e),
ponasimon (28-rasm, b, d) va pog'onali (28-rasm, f) shuningdek, dielektrik
shaybalar (28-rasm, g) sifatida bajarilishi mumkin.
Nurlanish
quvvatini
kamaytirish
maqsadida
ishlatiladigan
attenyuatorlar doimiy va o'zgaruvchan bo'lishi mumkin. Doimiy
136
attenyuatorlar elektromagnit to'lqinlarini yutish koeffitsiyenti katta bo'lgan
materiallardan ishlanadi.
Bu attenyuatorlarning pichoqlari va plastinkalari dielektrik
materialdan tayyorlanadi va ustki qavati yupqa metall plastinka bilan
qoplanadi. Ular elektromagnit kuchi chiziqli maydoniga parallel ravishda
o'rnatiladi.
Attenyuatorlarning
so'ndirish
kuchi
pichoqni
to'lqin
o’tkazgichga chuqurroq botirish yoki plastinkalarni bir-biriga
yaqinlashtirish yo'li bilan oshiriladi yoki kamaytiriladi.
Nurlanish yutuvchi qurilmalardan va attenyuatorlardan to'g'ri
foydalanish elektromagnit energiyasini tashqi muhitga tarqalishini 60 dB
dan ko'proq miqdorda kamayishini ta'minlaydi va nur kuchlanish oqimi 10
mk Vt/sm
2
dan bo'lmagan miqdorini ta'minlash imkoniyati mavjud bo'ladi.
Elektromagnit
nurlanishlaridan
muhofazalanishning
asosiy
usullaridan biri—ekranlar usulidir. Ekranni to'g'ridan-to'g'ri elektromagnit
to'lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o'rnatish mumkin.
Nur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o'tkazadigan materiallardan-
alyuminiy, po'lat, mis, latun kabi materiallardan yasaladi. Ekranlarning
muhofazalash xususiyati, elektromagnit maydoni ta'sirida ekran yuzasida
Fuko tokining hosil bo'lishiga asoslangan. O'z navbatida Fuko toki
elektromagnit maydoniga qarama-qarshi zaryadga ega bo'lgan maydon
hosil qiladi.
Natijada ikkala maydonning qo'shilishi kuzatiladi va ikkala
maydondan uncha katta kuchga ega bo'lmagan maydon qoladi.
Ekran yuzasida bo'lgan yo'qotilgan energiya va ma'him miqdordagi
nurlanishni yo'qotish mumkin bo'lgan ekran qalinligini hisoblash mumkin.
Ekrandan o'tib kelayotgan nur oqimi quwati va zichligini Ro va lo bilan,
ekransiz nur oqimi quvvati va zichligini R va I bilan belgilaymiz.
Bunda kuchsizlangan nurlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi:
L=10lg
Do'stlaringiz bilan baham: |