RADIATSIYAVIY XAVFSIZLIK TO’G’RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda.Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar
hayoti, sog’lig’i va mol-mulki, shuningdek atrof muhitni ionlashtiruvchi
nurlanishning zararli ta`siridan muhofaza qilishni ta`minlash bilan bog’liq
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda.Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
ionlashtiruvchi nurlanish
- radioaktiv parchalanishda, yadroviy
evrilishlarda,
moddadagi
zaryadlangan
zarralar
harakatining
sekinlashuvida hosil bo`ladigan hamda muhit bilan o`zaro ta`sir etish
chog’ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbai
- o`zidan ionlashtiruvchi
695
nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodiр bo`lgan qurilma va (yoki)
radioaktiv modda;
Do'stlaringiz bilan baham: |