20-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektida avariya yuz bergan
holda zarar etkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug’urta
qilish.
Ish beruvchining javobgarligi
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektida avariya yuz bergan holda boshqa
shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga
zarar etkazganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlarida belgilanadigan
tartibda majburiy sug’urta qilinishi kerak.
Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish ob`ekti xodimlarining hayoti,
sog’lig’i va mol-mulkiga zarar etkazganlik uchun mehnatga oid qonun
hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |