6-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga
solish
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat
organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida
ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarida qo`llaniladigan texnika
qurilmalarini sertifikatlashtirishnи;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |