Shovqin yo'nalishini o'zgartirish.
Shovqin chiqayotgan manba,
agar biror bir tomonga yo'naltirilgan bo'lsa, uning qarama-qarshi tomonida
tovushning bosim darajasi 10— 15 dBgacha kamaytirish imkoniyati
bor.Bu hodisani ba'zi shovqin tarqatuvchi qurilmalarni, shuningdek,
sanoat korxonalarini loyihalash ishlarida shovqinga qarshi chora-tadbir
sifatida foydalanish mumkin. Masalan, siqilgan gazlarni chiqarib
yuboruvchi sistemalar, shamollatish va kompressorlarning chiqarish
shaxtalari va h.k.lar ma'lum yo'nalishda yo'naltirilgan bo'lishi yaxshi
natija beradi.
Bunda chiqarish trubalari albatta ish joylari va aholi yashash
punktlaridan qarama-qarshi tomonga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |