9-modda.Vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida:
o`z tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning favqulodda
vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shay bo`lib turishini ta`minlashlari;
tarmoqning va o`z tasarrufidagi ob`ektlarning favqulodda vaziyatlar
sharoitida barqaror ishlash imkoniyatini oshirish tadbirlarini ishlab
chiqishlari va amalga oshirishlari;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha harakatlar
rejasini, nizomlar, qoidalar va yo`riqnomalarni kelishib olish uchun
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim
etishlari;
o`z tasarrufidagi ob`ektlar xodimlarini qutqaruv xizmatlari va
qutqaruv tuzilmalari tarkibida favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish
usullariga va qarakat qilishga o`rgatishlari;
favqulodda vaziyatlar to`g’risida xabar berish mahalliy tizimlarini
yaratishlari va ularni doimo shay holatda saqlab turishlari;
aholining va hududlarning muhofazalanish holati to`g’risida
belgilangan tartibda axborot berishlari, shuningdek tarmoq xodimlarini
favqulodda vaziyat taqdidi borligi to`g’risida xabardor qilishlari;
moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish
rejalariga muvofiq o`z tasarrufidagi ishlab chiqarish va ijtimoiy
ob`ektlarda hamda ularga tutash hududlarda avariya, qutqaruv ishlari va
kechiktirib bo`lmaydigan boshqa ishlar tashkil etilishi, moliyalanishi va
o`tkazilishini ta`minlashlari;
611
o`ta muhim ob`ektlar va ularning xodimlarini favqulodda vaziyatlar
sharoitida ўз faoliyatlarini davom ettirishlari ta`minlanadigan punktlarga
evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishlari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish
maxsus kuchlari va vositalari tashkil etilishini, tayyorgarlikdan
o`tkazilishini va shay bo`lib turishini ta`minlashlari;
o`z tasarrufidagi ob`ektlar loyihalanishi, qurilishi va rekonstruktsiya
qilinishi chohida aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalariga oid
talablar bajarilishini nazorat qilib borishlari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishlari
shart.
Vazirliklar
va
idoralar
O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi tomonidan ro`yxati belgilab qo`yiladigan, potentsial xavf
manbai bo`lgan ob`ektlarda
aholini
va hududlarni
favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha mutaxassislar shtat lavozimlarini
joriy etadilar. Boshqa ob`ektlarda esa mas`ul shaxslar tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |