605
butun hududida harbiy holat joriy etiladi.
Oliy Bosh ko`mondonning vazifalari harbiy holat e`lon qilinishi
bilanoq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklanadi. Uning
huzurida Mudofaa Kengashi tuziladi, Kengash harbiy davrda Qurolli
Kuchlarga va xalq xo`jaligiga rahbarlik qiladi.
Harbiy holat tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
15-modda. Safarbarlik
Urush holati e`lon qilinishi yoki harbiy holat joriy etilishi bilanoq
Qurolli Kuchlarni safarbar etib joylarga tarqatish va iqtisodiyotni urush
davri ish tartibiga o`tkazish maqsadida umumiy yoki qisman safarbarlik
e`lon qilinadi.
Safarbarlikni o`tkazish tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: