FUQARO MUHOFAZASI TO`G’RISIDA
Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni,
ularni amalga oshirishning huquqiй asoslarini, davlat organlarining,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (bundan buyon matnda
tashkilotlar deb yuritiladi) vakolatlarini, O`zbekiston Respublikasi
fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro
muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda.Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
fuqaro muhofazasi
- harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu
harakatlar oqbatida yuzaga keladigan xavflardan O`zbekiston Respublikasi
aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish
maqsadida o`tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
Do'stlaringiz bilan baham: |