13-modda.O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
O`zbekiston Respublikasining havo bo`shlig’i xavfsizligini,
mamlakat ma`muriy, sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlari, muhim
harbiy va boshqa ob`ektlarning havodan beriladigan zarbadan himoya
qilinishi va qo`riqlanishini ta`minlaydi;
o`z tasarrufidagi harbiy ob`ektlarning qo`riqlanishi va mudofaa
qilinishini amalga oshiradi;
terrorchilikka qarshi operatsiyalarda ishtirok etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |