10-modda. Transport vositalari egalarining yo`l harakati
xavfsizligini ta`minlash borasidagi majburiyatlari
- yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida transport
vositalarining egalari:
- texnik jihatdan soz transport vositalaridan foydalanishlari;
- transport vositalarini tegishli malakasi bo`lgan va tibbiy ko`rikdan
o`tgan shaxslar boshqarishiga ijozat etishlari;
- yo`l harakati xavfsizligi to`g’risidagi qonun hujjatlariga va
ekologiya normalari talablariga rioya etishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |