10-modda. OIV kasalligini yuqtirgan va OITS ga duchor
bo`lgan bemorlar huquqlarining kafolatlari
OIV kasalligini yuqtirgan va OITS ga duchor bo`lgan bemorlarda
OIV kasalligi/OITS mavjudligiga asoslanib, ular bilan mehnat
shartnomasini bekor qilish, ularni ishga qabul qilishdan (O`zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi belgilagan ro`yxatdagi ayrim
kasbiy faoliyat turlari bundan mustasno), ta`lim muassasalariga hamda
tibbiy yordam ko`rsatuvchi muassasalarga qabul qilishdan bosh tortish,
hamda ularning boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi
shuningdek ular oila a`zolarining turar joy huquqlari, boshqa huquq va
qonuniy manfaatlarini cheklash taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |