129. Elektr tokidan jarohatlanganda
– birinchi navbatda
jarohatlangan shaxsni elektr kuchlanishidan ajratish, uni qulay, yumshoq
joyga yotqizish, puls urishini, nafas olishini va ko’z qorachig’i holatini
tekshirish lozim. Agar jarohatlangan shahs hushsiz bo’lib, puls urishi va
nafas olishi sezilmasa unga sun’iy nafas berib, yurakni tashqi massa qilish
lozim.
130. Sun’iy nafas berish va yurak massajini
– bir kishi bir vaqtda
bajarganda dastlab 2-3 marta sun’iy nafas berish, keyin 10-12 marta
yurakni tashqi massaj qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |