Elektromagnit maydonlari va ularning ta`sirini oqibatlari.
Kompyuterning ishlash jarayonini tahlil qilishda videoterminallardan
foydalanish paytida yuzaga keladigan elektromagnit maydonlarining
(EMM) bevosita ta`siriga aloxida ahamiyat berilishi darkor, chunki ular
terida toshmalar paydo bo’lishiga, ko’z qorachig’ini xiralashishiga,
homiladorlikning yomon kechishiga va sog’liqqa jiddiy zarar keltiradigan
bonshqa o’zgarishlarga sababchi bo’lishi mumkin.
Videoterminallar
rentgen,
ultrabinafsha
(UB), ko’rinadigan
spektrdagi, infraqizil (IQ), radiochastotadagi, juda past, sanoatdagi bilan,
chastotadagi elektromagnit nurlanishning manbaidir. Bundan tanshqari
ular aeron oqimlarni va elektrostatik maydonni yuzaga keltiradi. EMM
manbai bo’lib kuchli transformatorlar (50 Gs), displeydlash 15-53 kGs
chastotada ishlovchi elektron-nurli trubkaning (ENT) gorizontal og’uvchi
nurlar tizimi, ENTning modulyatsiya bloki - 50-81 Gs, monitor ekrani (IQ
va UB nurlanish), yuqori voltli kenotronlar va kineskoplar (roentgen
nurlanishi) hisoblanadi. Yuqori voltli qurilmalar (10-15 kV ortiq)
kineskopning ichki yuzasida elektron nurni tormozlanishi tufayli paydo
bo’ladigan va odatda ekrandan tashqariga chiqadigan yengil roentgen
nurlanishini yuzaga keltirsada, ekrandan va displeyning boshqa yuzasidan
5 sm masofada tarqalayotgan nurlar quvvatining ekspozitsion miqdori
o’rnatilgan miqdordan, ya`ni 100 mkR/sdang bir necha marta kichikdir.
Shuni ham qayd etish darkorki, kompyuterlarning xavfsizligi bo’yicha
butun dunyoda mavqega ega Stokgolmdagi radiatson himoya Milliy
instituti monitorning rentgen nurlanishi darajasining yetarlicha keskin
standartini belgiladi,uning aytishicha, ushbu rentgen nurlanishi darajasi
shunchalik kichik bo’lishi kerakki, o’lchashlar bilan ularni qayd qilishni
iloji bo’lmasin. Ekrandan 20-30 sm masofada uskunalar xaqiqatda ham
xech nimani qayd qilishmaydi.
Ekranning havorang lyumenofori ENT tezlashgan elektronlari bilan
birgalikda ultrabinafsha nurlanish manbai bo’lib hisoblanadi. Uning ta`siri
kompyuterda uzoq ishlaganda yoki ko’z to’rpardasining kasallanganida
467
namoyon bo’ladi. Real sharoitda UB nurlanish o’rnatilgan darajadan bir
necha barobar kamdir, chunki oddiy displey ekranining trubkasi uchun
ishlatiladigan shisha ultrabinafsha nurlar uchun yetarlicha himoya vositasi
bo’lib, deyarli nurlanishni o’tkazmaydi.
Buyuk Britaniyadagi 200 dan ortiq videoterminallari bor 60 ta
firmadagi tekshiruvlar ultrabinafsha nurlanish intensivligi 10-100
mVt/m2, infraqizil nurlanish to’lqinining uzunligi esa 700-1050 nm - 50
mVT/m
2
ni tashkil etishini ko’rsatdi. Bu darajalar ruxsat etilgan
ko’rsatkichdan ancha kamdir.
EMMning eng kuchli ta`siri ekrandan 30 sm masofagacha bo’ladi,
lekin nurlanishning nafaqat ekrandan, balki VDT yuzasining yon va orqa
tomoni (manbai –chiziqli transformator)da intensivligi kam emas. Bu
holatga displey sinflarni va boshqa kompyuterlar soni ko’p ish joylarini
tashkil etishda e`tibor berish zarurdir. EMM ta`siri katarakta va
glaukomani rivojlanishiga, homiladorlik paytida nohush hollarni vujudga
kelishiga, amalgama asosida og’iz bo’shlig’ida simob paydo bo’lib, tish
plombalarini yemirishiga sababchi bo‘lishi ta`kidlanadi.
Hozirgi paytda ko’pgina izlanuvchilar shu davrgacha zararsiz deb
hisoblangan past chastotali EMMning biologik ta`siriga e`tiborni
tortayapti. Past chastotali EMMning chastotalar diapazoni ionlashgan
nurlanishdan, xususan rentgen nurlanishidan deyarli 20 darajaga past.
Ionlashmagan nurlanishni organizmga ta`siri, agar issiqlik effektini yuzaga
keltirmasa, zararsiz deb hisoblangan edi, lekin rentgen nurlaridan farqli
elektromagnit to’lqinlari g’aroyib xususiyatga, ya`ni nurlanish intensivligi
kamayishi bilan ularning ta`siri kamayishi shart emasligi aniqlandi.
Ma`lum EMM chamasi organizm kataklariga faqat nurlanish kichik
intensivligida
yoki
konkret
chastotalardagina,
ya`ni
"shaffof
oynachalar"da ta`sir etadi.
Kompyuter terminallarining nur tarqatish muammosi ilk bor 1977
yil AQSHning mehnatni muhofaza qilish va kasalliklarni oldini olish
Milliy instituti hodimlari EMM, xususan ishchi chastotadagisi tirik
organizmga manfiy ta`sir etishini aniqlaganliklaridan so’ng paydo bo’ldi.
Faqat shu maydonlargina kataklardagi biologik siljishni (xattoki DNK
sintezini bo’zishgacha ) yuzaga keltirishga qodirdir.
Ma`lumotlarning guvoxlik berishicha, kuchsiz EMM allergiya va
boshqa buzulishlarni, shu jumladan, ko’ngil aynashni, charchashni, bosh
og’rig’ini yuzaga keltiradi. Xar qanday elektromagnit maydoni organizm
kataklaridagi natriy va kalsiyni xarakatlanishiga ta`sir etuvchi rezonans
effektini yuzaga keltirishga qodirdir.
468
Qat`iy xavf birinchi navbatda past chastotali magnit maydonlardan,
avvalambor sanoat chastotadagisidan kelib chiqadi. Bir qator izlanishlar
tasdiqlashicha, kompyuter yaqin-atrofdagi 30- 50 sm radiusda 50 Gs
chastotali magnit maydoni xatto 0,2- 0,3 A/m intensivlikda xam yomon
sifatli xususan qon va miya, kasalliklarni paydo bo’lishiga sababchi
bo’lishi mumkin. XK operatorida miya shishi boshqa kasbdagilardan
ko’proq kuzatiladi.
Ta`kidlanadiki, kichik intensivlikdagi EMM Tlimfotsitlarining shish
mavjud katakchalarni o’ldirish qobiliyatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi, buning
natijasida organizmning umumiy immun statuey kamayadi. Bunday
maydonlar immun tizimni yo’qotib, shishlarni, shu jumladan yomon
sifatlilarini paydo bo’lishiga olib kelishi mumkinligini bildiradi. Juda
kichik chastotadagi pulslanuvchi nurlanishlar oq qon katakchalariga
to’g’ridan-to’g’ri negativ ta`sir ko’rsatadi.
Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (BSST) 1989 yildayok;
kichik chastotadagi maydonlarning nafaqat rak kasalligining, balki yana
quyidagi kasalliklarni paydo bo’lishiga sababchi bo’lishini xam
ta`kidladi:
- ba`zi bir teri kasalliklari displeyda ishlaganda zo’rayadi (turli
toshmalar, sebboroid ekzema, pushti temiratki va boshqa)
- katakchalardagi qonning metabolizmiga va biokimyoviy
reaktsiyasiga ta`siri natijasida operatorda stress simptomlari paydo bo’ladi,
- xomiladorlikni kechishi buzuladi,
- xomilador ayollarda bolani chala tug’ish xollari ikki barobar
ortadi,
- reproduktiv funktsiyani bo’zilish extimoli bo’ladi.
BSST
espertlarining
ta`kidlashicha,
elektrostatik
maydon
foydalanuvchilarga xam salbiy ta`sir o’tkazadi, xususan ko’z gavxarining
xiralashishiga, glaukoma bilan kasallanish chastotasini ortishiga, past
voltli razryadlar esa katakchalarni bo’lib tashlashga va o’zgartirishga
qodirdir.
Xaqiqatdan, o’zidan elektron "zambarak"ni namoyish qiluvchi
displeyning elektron-nurli trubkasi ekranning tashqi tarafida musbat
zaryadlangan zarrachalarni to’planishiga yordam beradi. Agar havodagi
manfiy ionlar musbatlisidan bir necha barobar ortsh bo’lsa, inson o’zini
yaxshi xis etadi, lekin monitor ekrani yaqinida musbat ionlarning
ortiqchalari yig’iladi. Havoda mavjud mikrozarrachalar (chang, tamaki
tutuni va b) ushbu ionlar yordamida xaydaladi va monitor oldida o’tirgan
foydalanuvchining yo’ziga, ko’ziga o’tiradi. Bunday "bombardimon"
469
natijasida operatorda bosh og’rig’i, Uyqusizlik, ko’z charchashi, yuzlarda
toshmalar hosil bo’lish ehtimoli oshadi, allergik va asmatik ko’rinishlar
paydo bo’ladi.
Buyuk Britaniyada, Kanadada, AQSHda, Norvegiyada,
Yaponiyada displeyda ishlovchilarda yo’zi, gardonida,
ko’kragining yuqori qismidagi teri buzulgani, terining qizarishi va
qurishi qayd qilingan. Inson bir necha kun displeyga
yaqinlashmaganidayoq allergik reaktsiya yo’qolgan. Bundan
tashqari, manfiy ionlarsiz atmosferada uzoq vaqt qolib ketish
operatorning asab tizimiga, ruxiy azoblanish xolatiga ta`sir qiladi,
metabolizmga ta`sir qilishi natijasida katakchalardagi qon darajasining
biokimyoviy reaktsiyasini o’zgarishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida
boshqalardan ko’ra bunday sharoitda ishlaydiganlarda uchrash ehtimoli
ko’proq leykemiya kasalligining vujudga kelishiga sababchi bo’lishi
mumkin.
Avval
ta`kidlanganidek,
EMM
xomiladorlik
paytida
ayol
organizmiga ta`siri aloxida xavf tutdiradi. Bir xaftada 20 soat ish vaqtini
displey ekrani oldida o’tkazadiganlarda xomilani chala tutish extimoli
shuncha vaqtda displeysiz ish bajaradiganlarnikidan 60 % ga baland ekan.
AQSHda, Shvetsiyada, Yaponiyada olib borilgan izlanishlar kampyuterda
ishlaydigan xomiladorlarning 30 %da xomiladorlikning qiyin kechishi, 20
% ga yaqinida esa bolani chala tutish xolatini qayd etgan. AQSH havo
yo’llari Birlashgan markazining ma`lumotlariga ko’ra, kompyuterda
ishlaydigan 48 xomilador operatorning 15(!) tasiga yaqinida xomilasi
chala tug’ilgan, 2 tasi vaqtidan oldin tug’gan, ikkitasida esa bola tug’ma
mayib-majrux bo’lgan.
Kanadalik izlanuvchilar bir xaftada to’rt soatdan ortsh ishlaydigan
ayollarda xomiladorlikni yaxshi kechishi kamayishini, 15 soatdan ortiq
ishlaydiganlarda esa xomilani chala tug’ish xolati 10% ni tashkil etishini
ko’rsatdilar. Shvetsiyalik olimlar XK operatorlarida tug’ma kasalliklar
bilan tug’ish xolati boshqa ayollarga nisbatan 2,5 marta ortiqligini qayd
etdilar.
Bu ma`lumotlarni xayvonlarda o’tkazilgan tajribalar xam tasdiqaydi.
Shvetsiyalik radiobiologiya mutaxassislari sichqon embrionlariga displey
monitorlaridagidek impulsli kuchsiz maydonlar ta`siri natijasida tug’ma
kasalliklar, nurlanmaganlarnikidan ko’proq uchrashini aniqadilar.
Izlanishlar yana shuni ko’rsatdiki, nurlangan xayvonlarda embrionni chala
tug’ish va o’lish xolatlarining chastotasi nurlanmaganlarnikidan keskin
ko’tarilgan. Bularning barchasi nurlanish displey monitorlari yuzaga
470
keltiradigani kabi, organizm rivojiga salbiy ta`sir etishini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |