451
XX
bob
. VIDEOTERMINALLARDAGI XAVFSIZLIK
MUAMMOLARI
Yigirmanchi asr inson faoliyatining ulkan yutuqlari bilan
nishonlandi, atomning bo’linishi va atom energiyasidan foydalanish,
insonning kosmosga chiqishiyu, turli sayyoralarni chuqur o’rganish, yurak
va miyada noyob operatsiyalar qilish. Lekin XX asrning ikkinchi yarmini
xaqli ravishda kompyuter asri deb atash joizdir, chunki behisob
imkoniyatga ega kompyuter texnikasisiz ulkan yutuEqlarni qulga
kiritishni, umuman kompyuter ishtirokisiz xech qanday soxani tasavvur
qilib bo’lmaydi. Lekin ular ba’zi bir insonlar uchun xatto yashash joyigina
bo’lib qolmay, balki kompyuter ekrani oldida o’z o’limini topayotgan
aloxida virtual dunyoga aylandi.
Kompyuter avvalboshdan xuddi shu maqsad uchun, ya’ni insonlarni
va texnikani yo’qotish uchun yaratildi. Birinchi elektron hisoblash
mashinasi (EXM) Pensilvaniya universitetida ikkinchi jaxon urushi
tugashi bilanok; AQSH xarbiy maxkamasi mablag’iga yaratilib, artilleriya
snaryadlarining uchish traektoriyasini hisoblashga mo’ljallangan edi. Bu
baxaybat mashinaning og’irligi 50 tonnaga yaqin bo’lib, bir paytni o’zida
20 ta sonni eslab qolar edi. O’sha davr uchun bu mashina, yaratilishiga bir
yarim yil va 480 ming dollar sarf bo’lganiga qaramay, texnika mo’jizasi
edi. Bu mashina 12 soat talab qiladigan masalalarni 30 sekundda "chaqib"
452
tashlar edi.
Lekin hisoblash texnikasini takomillashtirish ildam qadamlar bilan
borardi va 1975 yil birinchi xususiy kompyuter paydo bo’ldi. Xozirgi
paytda o’zining ixchamligi, ulkan imkoniyatlari va xotirasi, fenominal
hisoblash tezligi bilan inson faoliyatining turli soxalarida ishonchli
yordamchiga ailandi. Xatto yaqin orada o’zining yaratuvchisi bo’lgan
insondan 16 milliard neyronlarning o’zaro aloqasiga asoslangan
miyasining fikrlashi borasida o’zib ketishi mumkin.
Shuni qayd qilish lozimki, ishlab chiqarishda ilk bora EXM
afzalliklarini turli yo’nalishda ishlovchi operatorlar (energotizim,
aerodispetcherlar, marten pechlari operatorlari, uchuvchilar) xis etdilar.
Ular videoterminallar (VDT) - axborotlarni aks ettiruvchi monitor
ekranlari yordamida ko’zatilayotgan obekt xolati yoki texnologiya va
boshqa jarayonlarning o’tishi xaqida, nazoratdagi va boshqaruvdagi
parametrlarning dinamikasini ko’rish kabi to’laqonli tasavvurga ega
bo’ldilar. Ijod bilan mashg’ul shaxslar uchun turli ilmiy, texnikaviy,
evristik masalalarini qo’yish va xal qilish, turli intellektual va kompyuter
o’yinlarini yaratish imkonini berdi, bu o’yinlar nafaqat bolalarni, xatto
kattalarni xam jalb qilib, o’zining ishlab chiqarish funktsiyalariga xam
zarar keltira boshladi, taxminan 30 % mashina vaqti muassasalarda turli
xil kompyuter o’yinlariga sarf bo’la boshladi. Shuning uchun AQSH 1994
yil davlat ishlarida jalb bo’lgan xodimlarga ish paytida o’yinlar bilan
mashg’ul bo’lishni taqiqlovchi qaror qabul qildi.
Kompyuterlar operator, iqtisodchi, redaktor, boshqarma xodimi,
deputat va xatto prezidentlarning ishlarida sodiq yordamchiga aylandi (67-
yoshli Djordj Bush 1991 yili "O’qish xech qachon kech emas" deb, o’zi
uchun yangi ish bo’lgan Oq uyning Oval honasiga o’rnatilgan xususiy
kompyuter klaviaturasiga o’tirdi), (Kompyuterlar kundalik xayotga
shaxdam kirib keldi, millionlab insonlarning ishida, uyidagi turmush
tarzini butkul o’zgartirib yubordi, bu o’z yo’lida kompyuterlarni inson
xayotiga turlicha ta`siri bir qator betobliklarning sababchisi bo’lib, xozir
xam tibbiyot hodimlarni, sotsiolog va boshqa mutaxassislarning e`tiborini
jalb qilib kelayapti, ya`ni keng ma`noda ijtimoiy muammoga aylanib,
hisoblash texnikasi foydalanuvchisining sog’ligiga ta`sir etmoqda. Bu
ta`sir ancha oldin kundalik hayotda mustahkam o’rin olgan davlatlarda
paydo bo’ldi. Chet el ko’rsatkichlarga ko’ra 1998 yili AQSH da 100
kishiga 57 ta ( 1995Y.- 48) kompyuter to’g’ri kelgan bo’lsa,
Shveytsariyada - 48 (43), Shvetsiyada - 43 (34), Finlyandiyada - 31 (24),
Fransiyada - 24 (18)q, Italiyada - 14 (11), Ispaniyada - 12 (11) bo’lib,
453
O’zbekistan Respublikasida xozirgi paytda xususiy elektron-hisoblash
mashinalar xar turli hisoblar asosida 50-60 ming donani tashkil etadi.
Shunga qaramay, kompyuterlar bizning turmush tarzimizga xam ildam
kirib keldi. Kompyuter davrining "suvosti toshlari" xaqida dasturchi-
muxandis E. Golomolzin" Sankt-Peterburgski vedomosti" jurnalida
qiziqarli fikrlarni bayon etdi. Uning fikricha, umumiy kompyuterlashtirish
o’z ichiga bir necha kamchiliklarni oladi, ulardan birinchisi, qanchalik
xayratli bo’lmasin, axborotni kirishning shyinlashuvidir.
Agar ilgari biror axborotni olish uchun kitobni olib, kerakli betini
o’qish kifoya bo’lsa, xozir kerakli axborotni magnit yozuvidan tushuna
oluvchi tovushga, matnga, shaklga keltira oladigan tarjimon-kompyuter
darkor bo’lib, tarjimon yo’qligi axborotga ega bo’lishdan maxrum etadi.
Yana bir xavf bu texnikaning tashqi ta`sirlarga (elektr toki, kuchlanishning
o’zgarishiga) beriluvchanligi bo’lib, kuchli tabiiy yoki sun`iy
elektromagnit maydoni ta`sirida axborotlarni butkul o’chib ketishidir
Ta`sirchan, asabi bo’sh insonlarda kompyuter bilan muloqot xuddi
narkotik singari bog’lab qo’yadi. Ko’pgina o’rta yosh ayollar, kundalik
hayot qiyinchiliklaridan chalg’ish maqsadida navbatdagi lotin amerika
seriallarini berishini kutishi, televidenieni dasturlariga bog’langanliklari
bilan, ular passiv ko’zatuvchi bo’lib, aktivligini oshirish televidenieni
boshqa dasturiga yoki kanaliga o’tishi bilan kifoyalanadi.
Kompyuter bilan muloqot esa butkul o’zgacha bo’lib, foydalanuvchi
ekrandagi xayotga bevosita kira oladi, uni boshqaradi, jarayonni
o’zgartiradi, qaror qabul qilishga aralashadi, ya`ni shu reallikda yashaydi,
Virtual Xayot imkoniyatlari realdagidan ancha keng bo’lganligi (kosmik
sayoxatlar qilishi, katta tezlikda avtomobilda yurishi, shu bilan birga xech
qanday jaroxat olmaslik kafolati) o’z domiga maksimal darajada tortadi,
unga qayta-qayta murojaat etishga undaydi.
Aralashib ketolmaydigan insonlar uchun kompyuter tarmog’i
muloqot extiyojini qondiruvchi deyarli yagona imkoniyatga aylandi.
Elektron "narkotik”ka bog’lanib qolishdan boshqa yana bir noxushlik
mavjuddir. Ko’pgia izlanishlar shuni ko’rsatdiki, kompyuter o’yinlarini
an`anaviy o’yinlardan ustun qo’ygan bolalar tasavvur qilish, fikrlash,
qiziquvchanlik kabi sifatlarning rivojida orqada qolib, o’rniga faqat tez
ta`sirchanliknigina olayapti.
Kompyuter texnikasining o’ziga xosligiga yana bir muloxaza. Agar
avvalgi texnika yangiliklari: telefon, avtomobil, samolyot insonga faqat
mexanik qo’shimcha bo’lgan bo’lsa, kompyuter esa insonni mashinadan
ustun quyuvchi ongiga ta`sir ko’rsatmoqda Shu sababli taniqli amerika
454
fantast yozuvchisi Ayzek Azimov robototexnika qonunining ma`nosini
shu uch jumlada "Insonga zarar keltirma" deb ifodalaydi.
Kompyuterlarni xayotimizga kirishining ijtimoiy va boshqa
aspektlarida yana to’xtamasdan, "qora qutidan" bilmay foydalanish,
afsuski ko’plab xavf-xatarlarni o’z ichiga qamrab olganligini qayd etish
joizdir.
Xar qanday xodisa: tabiiy yoki texnogen, ijtimoiy yoki sun`iy –
o’zida avval boshdan ijobiy va salbiy asosga ega bo’ladi. Inson
faoliyatining turli soxalariga kirib kelgan kompyuterlashtirish xaqiqiy
ilmiy-texnik revolyutsiya bo’lib, ijobiy taraflari bilan bir qatorda xar
qanday ilmiy-texnik progress kabi inson sog’ligiga va yashash muhitiga
xam salbiy ta`sir ko’rsatadi. Videoterminallar bilan ishlaganda bu ta`sir
ko’rishni yomonlashuvida, tayanch-xarakat tizimini kasallanishida,
xomiladorlik jarayonining yomon kechuvida, teri kasalliklarida, allergik
reaktsiyalarda, asab kasalliklarida namoyon bo’ladi.
Hisoblash texnikasidan ishlab chiqarishda va boshqa faoliyat
soxalaridagi foydalanish afzalliklarini bir chekkaga surib, bu kitobda
kompyuterdan
keng
foydalangandagi
negativ
oqibatlar
aloxida
foydalanuvchi va personalning ishlash qobiliyatiga va salomatligiga
ta`siri, xamda ularni profilaktikasi va ximoyasi uchun zarur chora-tadbirlar
taklif etiladi.
Shu
maqsadda
Videoterminallar
bilan
ishlaganda
nafaqat
kompyuterning, balki ishlab chiqarish muhitining o’ziga xos zararli va
xavfli faktorlarining o’zgacha xususiyatlari taxlil qilinadi. Bu
faktorlarning ta`sirini chegaralovchi me`yoriy talablarga, ish joyini tashkil
etishga, mexnat va dam olish tartibini yaxshilashga, asbob-uskunalar
parametrlarining ergonomik talablariga, o’lchov usullariga, atrof-muhit va
monitorlarning parametrlarini baxolashga va x.k.ga asosiy e`tiborni
qaratamiz.
Bu va boshqa savollar bayonini chet el nashrlarining ma`lumotlarini
umumlashtirib, xususiy kompyuterda (XK) ishlash xususiyatlarini ko’rib
chiqishdan boshlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |