II.11. Atmosfera havosi tarkibidagi zaharii moddaltr
miqdorini aniqlash
Ishlab chiqarish muhitidagi zaharii moddalarning miqdorini
aniqlashdan oldin ish zonasi havosida qanday zaharlar va qanday
davrlarda tushishini aniqlash maqsadida teinologik jarayon va uskunalar
puxta o'rganib chiqilishi lozim.
Shuningdek, havoda aniqlanishi taxmin qilinayotgan moddalarning
flzik-kimyoviy xossalari bilan, xususan nisbiy zichligi, uchuvchanligi,
agregat holatini o'zgartirish qobiliyati, tashqi muhitda chidamliligi va
boshqalar bilan tanishish lozim. Ayrim og'ir bug'lar va gazlar, masalan,
simob bug'lari quyi zonalarda yig'ilishi va yuqori qavatlardagi havo bilan
pastki qavatlarga oqib tushishi mumkinligini unutmaslik kerak. Issiq havo
oqimlari bo'lganda hatto og'ir bug'lar ham yuqori va o'rta zonalarga
ko'tarilishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonini o'rganishda texnologiya, uskunalar va
ishchilar bo'ladigan zonalarni hisobga olib, sinama olish joylarini va
davrlarini aniqlash lozim. Bu sexning chizma rejasini tuzish imkoniyatini
beradi, unda tanlash nuqtalari ko'rsatilgan bo'ladi va maxsus tahlil kartalari
to'ldirilib, bu kartada tahlil natijalariga ta'sir qiladigan tanlashning eng
muhim shartlari yozib qo'yiladi.
Ishlab chiqarishda havo sinamasini tanlash usuli vaqt bo'yicha
davomli yoki bir lahzali bo'lishi mumkin.
Aspiratsiya usulida tahlil qilinadigan moddani filtrda yoki yutadigan
eritmada yig'ib, kimyoviy usulda aniqlash sezuvchanligidan yuqori
darajada turgan loaqal minimal miqdorini aniqlash imkoniyatini beradi.
Ayrim hollarda sinama olish 30—60 minutga cho'ziladi. Sinama olishning
qiyinligigina emas, balki o'rtacha zichlik miqdorlarining olinishi uning
kamchiligi hisoblanadi. Ular uzoq davr mobaynida havoga tushgan
zaharning umumiy miqdorini aks ettiradi, vaholanki, ish zonasidagi
zaharlar zichlik miqdori aksari hollarda juda tez o'zgarib turadi.
Sinama olish uchun aspirator va tahlil qilinadigan moddani tutib
qolish moslamalari: aerozollarni aniqlashda-filtrlar, bug' va gazlarni
aniqlashda yutgich asboblar zarur. Havo so'rgich sifatida odatda elektr
aspirator ishlatiladi. Unda aerozol holatidagi zaharli moddalarni aniqlash
uchun sinama olish usuli changlarniki bilan bir xil. Farqi og'irlik usuli
56
bilan emas, balki kimyoviy usulga o'tkazilib, qattiq moddani oldin
kislotalar, ishqorlar va boshqa erituvchilarda eritib suyuq holatga
aylantiriladi.
Bug' va gazlarni aniqlashda havoni tortish tezligi katta bo'lmasligi
kerak, shunga ko'ra 0 dan 11/min gacha darajalangan reometrlar juftidan
foydalaniladi. Ayrim hollarda, masalan, elektr aspirator ishlatib
bo'lmaydigan portlashga xavfli korxonalarda, havo sinamalarini olish
uchun suv bilan to'Idirilgani darajalangan va rezina shlang bilan
biriktirilgan ikkita shisha idishni qo'llash mumkin. Ularni turli sathlarga
qo'yilganda suv yuqoridagi shishadan pastkisiga oqib tushadi; buning
hisobiga birinchisida siyraklanish vujudga keladi va tahlil qilinishi zarur
bo'lgan havo yutgichga so'riladi. So'rilgan havo miqdori to'g'risida oqib
tushgan suyuqlik miqdori bo'yicha xulosa chiqariladi, tezlikni esa
biriktiruvchi shlangga o'rnatilgan qisqich yordamida boshqariladi. Tezkor
sinama olish usulida uchta variandan biri qo'llanilishi mumkin: 1)
Suyuqlikni idishdan to'kish usuli, to'kilgan suyuqlik o'rniga sinama havo
to'ladi va idish tiqin bilan berkitilib tahlilga yuboriladi.
6-rasm. Universal gaz tahlil qilish qurilmasi UG-2.
2) Havo almashtirish usuli, bu usulda sinama olinishi kerak bo'lgan
idish orqali ko'p marta sex havosi o'tkaziladi va tiqin bilan berkitilib
tahlilga yubpriladi. 3) Oldindan vakuum hosil qilingan idishni to'ldirish
usuli. Idish ochilishi natijasida sexdagi havo bilan to'ladi va tiqin bilan
berkitilib tahlilga yuboriladi.
Havo muhiti tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini SO asbobi va
UG-1 va UG-2 gaz tahlil qilish asboblari yordamida aniqlanadi. Bu
asboblarda tahlil qilish usuli, tahlil qilinadigan havo so'riladigan shisha
naychaga sepilgan indikatorli poroshok bilan tahlil qilinayotgan
modda o'rtasidagi rangli reaksiyaga asoslangan.
“SO asbobi” yordamida tahlil qilishdan oldin, ma'lum moddani
57
tahlil qilish uchun mo'ljallangan idikator poroshogi to'ldirilib
kavsharlangan naychaning ikkala uchi qirqiladi va konusli uchi bilan
asbobga strelka bo'yicha o'rnatiladi. Indikator to'ldirilgan naychani 30—35
°C haroratgacha isitish uchun chap qo'lda qisib turiladi, rezina nokni
bosiladi.
So'ngra
nokni
qo'yib
yuboriladi,
u
bo'shashadi
va
tekshirilayotgan havoni so'rib oladi. Indikator naychani mushtda ushlashni
30 sek davom ettiriladi, so'ngra uning bo'yalganligini tekshirib ko'riladi.
Rangi o'zgargan bo'lsa, naycha uchlarini tiqin bilan berkitilib va 10 minut
o’tgach sinama rangini doimiy standartlar shkalasi bilan solishtiriladi va
havodagi uglerod oksidi aralashmasi zichlik miqdori belgilanadi.
UG-2 universal gaz tahlil qilish - qurilmaisining umumiy ko'rinishi
6-rasmda ko'rsatilgan. Asbob ichida prujinali rezina xaltacha bo'lib, shu
tufayli u cho'zilishi mumkin. Dastak bosilsa, rezina xaltachaning qisilishi
ro'y beradi. Bunda ozmi-ko'pmi darajada qisilish sodir bo'lib, dastakdagi
ikkita botiq shunga mos keladi.
Rezina xaltacha biriktiruvchi rezina shlang orqali indikator
paroshogi to'ldirilgan naycha bilan biriktiriladi. Sinama o'tkazilganda
naychadagi indikatorning ma'lum qismi bo'yaladi, bunda bo'yalgan qism
uzunligi zaharli modda zichlik miqdoriga Proporsionaldir. Asbobda
ishlatilgan dastakda havoning ikkala ehtimoliy hajmlari ko'rsatilgan bo'lib,
ular so'rilgan havo miqdorini ko'rsatadi. Har bir zaharli modda uchun
zichlik miqdorini aniqlash 1nikoniyatini beradigan shkalali aniqlagich
biriktirilgan bo'ladi. bo'yalgan ustunchaning qanday uzunligiga qancha
zichlik miqdor mos kelishi ko'rsatilgan bo'ladi.
5-jadval
Moddalarning nomi
YQOD
mg/m
2
Sutka davomida o’rtacha
miqdori
Azot ikki oksid
0.085
0.085
Ammiak
0.2
0.2
Atseton
0.35
0.35
Benzol
1.5
0.8
Butan
200
-
Benzin
5
1.5
Butilatsetat
0.1
0.1
Butililin
3
3
Butil spirit
0.1
-
Vanadiy besh oksidi
-
0.002
Dixloren
3
1
Ksilol
0.2
0.2
58
Maganets
va
uning
birikmalari
-
0/01
Mishyak
-
0.003
Naftalin
0.003
0.003
Metal holidagi simob
-
0.0003
Qo’rg’oshin
va
uning
birikmalari
-
0.0007
Sulfat kislota
0.3
0.1
H SO molekulasi
0.006
0.002
Vodorod ioni holati
0.1
0.03
Xlor
0.6
0/6
Toluol
0.1
0.01
Fentalon
0.02
0.005
Ftor birikmalar
5
5
Etalon
0.1
1.0
Do'stlaringiz bilan baham: |