bo'lib, bunda havo bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bilan ajratilgan
ko'pik hosil qiluvchi moddadan tashkil topadi. Mexanik ko'piklar esa 90
370
77-rasm.
Qattiq moddalar va asosan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonib
ketganda ko'pik bilan o'chirish yaxshi natija beradi. Chunki yengil
alangalanuvchi suyuqliklar solishtirma og'irligi suvdan yengil va ularni
suv bilan o'chirib bo'lmaydi.
Ko'pik bilan o'chirishning asosiy xususiyiti shuki, u yengil
alangalanuvchi suyuqlik yuzasini yoki qattiq jism yuzasini yupqa ko'pik
qavati bilan ko'plab, yonayotgan modda bilan havodagi kis-lorod o'rtasida
to'siq hosil qiladi. Bu to'siqning mustahkamligi ko'pikning turg'unlik
xossasiga bog'liq bo'ladi. Ko'pik tez alangalanuvchi suyuqlikdan ancha
yengil bo'lganligi sababli, uning yuzasida muhofaza qobig'i tashkil etadi,
bu qobiq suyuqlik bug'lari hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, shuningdek,
kislorodni kiritmaydi. Agar ko'pikning turg'unligi kam bo'lsa, unda
suyuqlik yuzasida uzilish hosil bo'lishi mumkin, ya'ni tarang tortilib turgan
parda ochilib ketishi mumkin, bu esa, albatta, alangalanishning qaytadan
boshlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari ko'pikning issiqlik
o'tkazish xususiyati juda past bo'lganligidan, yonayotgan yuzadan
issiqlikning suyuqlik yuzasiga ta'sir etishiga to'siqlik qiladi.
78-rasm.Ko'pik hosil qilish generator
Kimyoviy ko'piklar asosan qo'lda ishlatiladigan o't o'chirgichlarda
keng qo'llaniladi (78-rasm). Ularning muhim o'rnatiladigan va
zambilg'altakda olib yuriladigan turlari ham bor (79-rasm). Mexanik
ko'piklar esa 4—6 ko'pik hosil qiluvchi poroshoklar yoki aralashmalarni
371
suv va havo bilan aralashtirilishi hisobiga ko'pik generatorlari, ko'pik hosil
qilish stvollarida ko'pikka aylantirib foydalaniladi.
O'chirish uchun ishlatiladigan ko'piklarning tavsifli belgalari,
ularning turg'unligi va ko'pik hosil qilish darajasidir. Ko'pik hosil qilish
darajasi bu ko'pikni hosil qilish uchun sarflanadigan mod-dalarga nisbati
hisoblanadi. Ko'pik hosil qilish darajasi kimyoviy ko'piklar uchun 5,
mexanik ko'piklar uchun 8—12 bo'lishi mum-kin. Yuqori ko'piruvchi
mexanik ko'piklarda bu miqdor 100 va un-dan katta bo'ladi. Ko'pikning
turg'unligi esa uning katta haroratda so'nmasdan, ma'lum vaqtgacha
chidash berishi hisoblanadi. Kimyoviy ko'piklar suyuqlik yuzasida bir
soatgacha, PO-I yor-damida olingan mexanik ko'piklar 30 min, PO-6
yordamida hosil qilingan ko'piklar esa 40-45 minut turg'unlikka ega
bo'lishi mumkin.
Sanoat korxonalaridagi o't o'chirish tizimlarining asosiy qis-mini suv
va ko'piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, suv
va ko'pik bilan hamma yerda va har qanday yong'inlarni o'chirish mumkin
emas. Chunki ba'zi bir holatlarda kimyoviy reaksiyalar sanoat chiqindilari
ta'sirida yetarli darajada unumdor ko'pik ajratmasdan, ulardan boshqa
moddalar ajralib chiqishi yong'inning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ko'pikni xilma-xil qurilmalarda hosil qilish mumkin: bular doimiy
o'rnatilgan, ko'chirib yurish mumkin bo'lgan yoki harakat-lanuvchi
qurilmalar va qo'lda ishlatiladigan o't o'chirgichlardir.
Qo'lda ishlatiladigan ko'pikli o't o'chirgichlar juda keng tarqalgan.
Bunga sabab o't o'chiruvchi moddani xohlagan vaqtda ishlatish mumkin.
Uni bir odam bir necha sekund davomida ishga tayyorlashi va oson
ishlatishi mumkin. Bundan tashqari, undan ajralib chiqadigan ko'piksimon
modda oqim sifatida anchagina bosim yordamida (6-8) bir necha metr
masofadagi yonayotgan zonaga (6-8 m) yo'naltirilishi mumkin.
Yonayotgan xonaga kiritiladi. SO bilan o'chirganda uning zaharliligini
hisobiga olish kerak, uning hattoki 10 foiz miqdorida nafas olish, o'limga
olib keladi. Shuning uchun undan foydalanganda maxsus signal tizimlari
bo'lishi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, 1 1 suyultirilgan karbonat
kislotasi 506 1 gazga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: