308
xartumsimon
havo
harakati
paydo
bo'ladi,
uning
markazi
siyraklashtirilgan havo bosimiga ega bo'ladi va u yer yuzasiga
yaqinlashganda uning asosi 30 m va balandligi 800—1500 m bo'lgan
bahaybat aylanuvchi voronkaga o'xshash havo harakati vujudga keladi
hamda 40—60 km masofaga harakatlanib boradi. Uning markazidagi
bosimning siyraklashishi shunday kattaki, uning yo'lida uchragan
qurilmalar o'z ichki bosimlari natijasida portlab ketishi mumkin.
Uyurma bo'ronlar hayron qolarli darajada katta havo harakati
tezligiga ega bo'ladi, ba'zi hollarda uning tezligi tovush tezligidan ham
oshib ketishi mumkin. Uning so'rish kuchi shunday kattaki, yo'lida
uchragan binolami o'z o'qi bo'ylab aylantirib yuborishi, daraxtlarni ildizi
bilan sug'irib olishi, binolar tomini olib ketishi mumkin. Yo'lida uchrab
qolgan narsalarni, hattoki hayvonlar va odamlarni ham bir necha kilometr
masofaga ko'chirib borishi mumkin. Yo'lida uchragan suv havzalari va
ko'llarni suvini va undagi o'simlik hamda hayvonot dunyosini butunlay
so'rib olib, juda katta masofalarga eltib tashlashi mumkin, ba'zi narsalar
bir necha muddat o'tgandan keyin yomg'ir bilan birga yog'ishi mumkin.
Uyurma bo'ronlarning veitikal ko'tariladigan turlari ham bo'ladi.
Ular yuqorida aytib o'tilganidan farqi shuki birinchisi momaqaldiroqli
bulutlardan hosil bo'lsa, bunisi butunlay bulutsiz ochiq havoda ham paydo
bo'ladi va butunlay mustaqil pastdan tepaga qarab harakatlana boshlaydi.
Ularning so'rib ko'tarib ketayotgan narsasining turiga qarab changli,
qumli, olovli va qorli turlari bo'ladi.
Dovullar, bo'ronlar va uyurma bo'ronlar oqibatlarini tugatishda
quyidagi ishlar bajariladi: tabiiy ofat yuz beigan rayonga olib boriladigan
yo'llar va ko'priklar tuzatiladi; undan keyin injenerlik qutqarish ishlari
amalga oshiriladi bunda bosib qolgan va buzilib tushgan vayronalar
orasidan
jabrlanganlarni
qutqazib
oladi,
yong'inlarni
o'chiradi,
jabrlanganlaiga suv, oziq-ovqat va kiyim-boshlar bilan ta'minlaydi. Undan
keyin buzilgan joylarni tartibga keltirish ortiqcha narsalardan tozalash,
buzilgan joylar orasidagi yo'llar tiklanadi. Bo'ronlar ta'siridan zararlangan
binolar aniqlanadi. Bo'ron keltirib chiqaigan tepalar va boshqa qurilish
konstruksiyalar bo'laklaridan o'tadigan yo'llar tiklanadi. Turar joylar,
korxonalar va suv bilan ta'minlash vositalari, skladlar va boshqa hayot
faoliyati uchun zarur bo'lgan obyektlar tekshirilib, yaroqliligi aniqlanadi.
Elektr ta'minoti va aloqa vositalari tiklanadi, kommunal — xo'jalik
obyektlarining ishlash imkoniyati tiklanadi. Ishdan chiqqan va yiqilishi
mumkin bo'lgan binolar buzib tashlanadi. Undan keyin kundalik hayot
faoliyatini tiklashga qaratilgan ishlar bajariladi.
309
Bo'ronlarning qanday xili bo'lishidan qat'i nazar, ulardan asosan
aholini, uy hayvonlarini va moddiy boyliklarni saqlab qolish
qutqaruvchilarning
va
boshqa
favqulodda
hodisalar
sohasida
ishlovchilarning asosiy va bosh vazifasi hisoblanadi. Aholini bu kabi
tabiiy ofatlardan saqlashning asosiy imkoniyati ularni bu xavfdan xabardor
qilish va imkon boricha ularni xavfsiz oldindan tayyorlangan joylarga
yuborish, mustahkam qurilgan podval va yerto'lalarda saqlanish
kerakligini oldindan tayinlash kerak bo'ladi. Bo'ronlar bo'lishini oldindan
aytib berish hozirgi zamon obi-havo xizmati xodimlarining qo'lidan
keladi. Buning uchun yerning sun'iy yo'ldoshlari orqali olingan
ma'lumotlar ham bularning aniq ishlash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: