Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


II.8. Atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

 

II.8. Atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash 

 


 

 

46 



Sanoat  ishlab  chiqarishi  zonalaridagi  havo  tarkibidagi  chang 

miqdorini  aniqlash  muhim  ahamiyatga  egadir.  Ishlab  chiqarish  jarayoni 

bilan  tanishishda  chang  manbalarini  va  chang  hosil  bo'lish  sabablarini 

belgilash,  ma'lum  hajmdagi  havoda  bo'lgan'changning  sifat  tarkibi  va 

uning miqdorini hisobga olgan holda gigienik baho berilishi zarur. Buning 

asosida  chang  omilining  ahamiyati  baholanadi,  zarur  bo'lganda 

ishchilarning  salomatligi  haqidagi  ma'lumotlar  to'planadi  va  bu  dalillar 

asosida changga qarshi kurash chora-tadbirlari belgilanadi.  

Sanoat  korxonasida  mavjud  bo'lgan  chang  omillarini  o'rganish, 

texnologik jarayonni, jihozlarni, xomashyoni, uning tashilishvva ishlanish 

usullarini, o'rganishdan boshlanadi. Shu bosqichdayoq, odatda, changning 

kimyoviy  tarkibini  belgilash  mumkim  Biroq  xomashyoga  har    xil  usullar 

bilan ishlov berilganda ajralib chiqadigan chang xomashyo changidan farq 

qilishi  mumkin.  Bunday  holatlarda  chang  tarkibidagi  salomatlik  uchun 

zarari  ko’proq  chang  turlari  masalan,  kremniy  (II)  oksidini  qo'shimcha 

aniqlash zarur bo’ladi.  

Texnologiyani  o'rganishda  xomashyo  mexanik,  termik  va  boshqa 

ishlov  berishning  qaysi  turiga  uchrashini,  ishlab  chiqarish  jarayonlarida 

aerozollar  ajralishi  mumkinligi  va  ularning  tarkibi,  shuningdek;  oxirgi 

olingan mahsulotning fagregatv holati  qandayligi belgilanadi. Maydalash 

yoki tumansimon aerozollar hosil bo'ladigan maydalash, charxlash, sayqal 

berish,  silliqlash,  tashish,  sochiladigan  materiallarni  tortish  va  joylash, 

metallarva  boshqa  detallardan  bug  Earning  uchishi,  ularning  keyin 

tumanga  aylanishi  va  chang  zarralarining  hosil  bo'lishiga  olib  keladigan 

boshqa  ishlar  borligini  aniqlash  zarur.  Texnologik  jarayonning  to'xtalib-

to'xtalib borishiga va odatda havo muhitining ifloslanish imkoniyati ko’p 

bo'lgan qo'l ishlarining borligiga alohida e'tibor berish kerak. Bunda yana 

changning  havoda  doimo  yoki  davriy  qo'shilishi  aniqlanadi  vaashunga 

qarab  turli  ish  joylaridangina  emas,  balki  turli  smena  davrlarida  ham 

havodan  sinama  olish  planlashtiriladi.  Ba'zidalyilning  turli  yaqtida  tahlil 

qilish  zarurati  tug'iladi.  Havoda  chang  miqdorining  o'zgarish  holatini 

tegishli davrlar muddati xronometrik kuzatishlar yordamida aniqlanadi.    

Ish  zonasidagi  havo  tarkibidagi  chang  miqdorim  aniqlashda,  havo 

sinamasi  taxminan  1,5  m  balandlikda  (bu  nafas  olish  zonasiga  to'g'ri 

keladi)  ish  joyiga  bevosita  yaqin  joydan  olinadi.  Sex  bo'ylab  changning 

tarqalishini  ,  baholash  uchun neytral  nuqtalar  deb  ataladigan,  ya'ni  chang 

hosil  bo'ladigan  yerdan  ma'lum  masofada  (1-3-5  m  va  undan  ortiq), 

shuningdek, o'tish yo'llaridagi havo muhitidan sinama olinadi. 

 

Ba'zida  ishlatilayotgaa  tozalovchi  qurilmaning  yoki  ular  qayta 




 

 

47 



jihozlangandan  keyin  samaradorliginir  aniqlash  uchun  havo  sinamasi 

qurilma  o'rnatishdan  oldin  va    o'rnatilgandan  keyin,  ularning 

ishlamayotgan,  va  ishlayotgan  holatlarida  olinadi.  Havo  sinamasini  olish 

davridagi sharoitlar: ish joyidagi harorat, bajarilayotgan ish turi, havoning 

changligiga  ta'sir  ko'rsatishi  mumkin  bo'lgan  omillar  (deraza  va 

eshiklarning  ochiq  yoki  yopiqligi,  shamollatishning  ishlayotgan  yoki 

ishlamayotganligi  va  boshqalar):  havo  sinamasi  olish  yaqti  va  muddati, 

havoning so'rilish tezligi albatta yozib boriladi. 

Havodagi  chang  miqdorini  aniqlashda  ihavoning  hajm  birligida 

(1m


3

)  changning.  og'irligi  milligramlarda  belgilanadi  va  luning 

dispersligiga  har  xil  kattalikdagi  chang  zarrachalarining  foiz  nisbatiga 

ta'rif beriladi.  

Sanoat korxonasi havo  muhitidagi chang miqdorini aniqlash asosan 

og'irlik  usuli  asosida  olib  boriladi.  Bu  usul  changlangan  havoning  chang 

zarrachalarini  ushlab  qoladigan  filtr  orqali  so'rilishiga  asoslangan.  Havo 

sinamasi  olinguncha  va  olingandan  keyin  filtr  og'irligini,  shuningdek, 

so'rilgan  havo  miqdorini  bilish  bilan  hajm  birligidagi  havoda  bo'Igan 

chang miqdorini aniqlash mumkin. 

 

Filtrlarni  tayyorlashda  ko'pincha  perxlorvinil  mato  ishlatiladi  (AFA 



filtrlari, FPP  matosidan ishlangan filtrlar). Bu  matolar  havoni katta tezlik 

bilan  o'tkazishga  imkon  beradi  (100  1/min  gacha).  Bundan  tashqari,  bu 

filtrlar  kimyoviy  zararli  va  yemiruvchi  muhitga  chidamli  bo'lib,  har 

qanday zarrachalarni yuqori samaradorlikda ushlab qoladi.  

Tayyorgarlik  ishlari  laboratoriyada  analitik  torozilarda  flltrlarni 

tortishdan, filtrlarning nomeri va og'irligini jurnalga yozishdan boshlanadi. 

Taxmin  qilingan  analizlar  soniga  qarab,  bir    nechta  ortig'i  bilan  tegishli 

sondagi filtrlar tayyorianadi. 

Korxonada  sinashga  havo  olishdan  oldin  filtrlar  maxsus  chang 

patronlariga  joylanadi,  ularga  rezina  trubkaning  bir  uchi  ulanib,  ikkinchi 

uchi  havoni  harakatga,  keltiradigan    va  uning  hajmini  o'lchaydigan 

asbobga  (reometr)  ega  bo'lgan  elektr  aspiratoriga  ulanadi.  Agar  tok 

manbayi  bo'lmasa  yoki  portlash,  xavfi  bo'lgan  joylarda  elektr  aspiratori 

o'rniga AERA qo'llaniladi.  

Elektr  aspirator  (5-rasm)  havoni  so'rib  chiqaradigan  ventilator, 

elektromotor va to'rtta reometrdan iborat. Reometrlardan ikkitasi 0 dan 20 

1/min  gacha  darajalarga  bo'lingan  bo’lib,  changni  aniqlash  uchun 

olinadigan havo sinamalarini olishga mo’jallangan, boshqa ikkitasi 0 dan 1 

1/min  gacha  darajali  bo'lib,  gazlar  va  bug’lar  miqdorini  aniqlash  uchun  

olinadigan havo , sinamalariga mo'ljallangan. 

 



 

 

48 



Patronlar  filtri  bilan,  rezina  trubkalar  orqali  havo  so'ruvchi  reometr 

uchlariga  ulanadi.  Havo  filtrdan  o'tish  tezligi.  Selgilanib,  masalan,  15 

1/min,  aspirator  to'xtatiladi,  patronlar  havo  sinamasi  olinadigan  zonaga 

joylashtiriladi  va  sinama  olishning  boshlanishini  sekundomer  bilan 

belgilab, qaytadan aspirator ishga tushiriladi. 

Havo  sinamasini  olishda  patron  gorizontal,  holatda  namuna  olish 

yeriga  o'rnatilgan  shtativga  bog'lanadi,  ba'zida  esa  patronni  nafas  olish 

zonasiga maksimal yaqinlashtirish uchun ishchining yelkasiga bog’lanadi. 

Sezilarli  chang  oqimi  bo'lgan  yerlarga,  masalan,  patron  og'zi  charx 

toshidan  otilayotgan  oqim  qarshisiga  o'rnatmaslik  kerak,  chunki  yirik 

chang  zarralarining  tasodifan  kirishi  (odatdagi  sharoitda  ular  havo  oqimi 

bilan  tortilmaydi)  analiz  natijalarini  o'zgartirib  yuborishi  mumkin. 

Havoning  changlanish  darajasiga  qarab,  sinama  olish  muddati  2—5 

minutdan 20—30 min gacha va undan ko’proq  bo’lishi mumkin. Sinama  

olib  bo'lingandan  keyin  aspirator  to'xtatiladi  va  vaqt  belgilanadi.  Filtr 

chiqarib  olinib  laboratoriyaga  keltiriladi,  qaytadan  tortiladi  va  havo 

tarkibidagi chang miqdori hisoblanadi. 

 

 



5-rasm Elektr aspiratori allonji bilan 

 

Filtrdan o'tkazilgan havo hajmini me'yoriy sharoitga keltirish uchun 



quyidagi fbrmuladan foydalaniladi:  

 

V



o

= VxV/760x273/273+t 

bu  yerda,  Vo  —  me'yoriy  sharoitga  keltirilgan  havo  hajmi;    V  — 

so'rilgan  havo  hajmi;  V  —  sinama  olish  vaqtidagi    barometrik  bosim; 

273— mutlaq hjarorat; t— sinama olish  vaqtidagi havoning harorati. 

Amalda  haroratga  tuzatish  kiritishning    o’zi  odatda  yetarli  bo’ladi, 

chunki bosimga tuzatish kiritish natijaning aniq bo'lishiga juda kam ta'sir 

ko'rsatadi. Oddiylashtirilgan formula bilan hisob olib boriladi:     



t

Vx

v



273

273


0

 

Havo tarkibidagi chang miqdoii quyidagicha aniqlanadi: 




 

 

49 



1000

0

1



x

V

q

q

G



 

bunda, q


1

— changlangan flltrning og'irligi; q—toza filtrning 

og'irligi; 

Vo—filtrdan o'tkazilgan havoning me'yor sharoitga tkeltirilgan hajmi 

mg larda olinadi. 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish