13-modda. Urush holati, harbiy davr
Urush holati O`zbekiston Respublikasiga harbiy hujum qlingan
taqdirda e`lon qilinadi va bu holat bir-biriga qarshi urushayotgan tomonlar
sulh tuzganlaridan keyingina bekor qilinadi.
Urush holati e`lon qilinishi bilanoq yoki harbiy harakatlar amalda
boshlab yuborilgan daqiqadan e`tiboran harbiy davr amal qiladi hamda u
qarbiy qarakatlar amalda to`xtatilgan kunda va soatda tugaydi.
Respublika hududiga qo`shinlar yoki qurolli guruhlar qo`qqisdan
hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy boshqaruvning mahalliy
idoralari urush e`lon qilinishini kutmay hujumni qaytarishning barcha
choralarini ko`rishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |